Telegram Group Search


Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi Bosh direktor oʻrinbosari Kristian Frutigerlar bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat oʻrtasida olib borilayotgan qator hamkorlik aloqalari, jumladan “Uzbekistan Vision 2030” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar  xususida toʻxtalib oʻtildi.

Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad:


inklyuziv taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholining barcha qatlamlari uchun sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
taʼlim muassasalari inftratuzilmasi hamda sanitariya-gigiyena sharoitlarini yanada yaxshilash;
pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.


👉 Tadbir davomida mazkur loyiha doirasidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda kelgusi muhim vazifalar belgilab olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


😎O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlarining Respublika bosqichi boshlandi.

😎Unda pedagoglar o‘z metodik ishlanmalarini maxsus ishlab chiqilgan 20 ballik baholash mezonlari asosida taqdim etmoqda.

Bu bosqich pedagoglarning kasbiy mahoratini namoyish etish, zamonaviy yondashuvlarni almashish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand

Bugun Samarqandda Pedagogik mahorat markazi huzurida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimida ishtirok etdim.

Ushbu markaz Vazirlik, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Loyiha doirasida 11 ta shunday Markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlar hamda direktorlar uchun bevosita o‘z hududida malaka oshirish imkonini beradi.

Shu o‘rinda xalqaro hamkorlarimiz, ayni vaqtda mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel xonimga ham o‘z minnatdorligimni bildiraman.

@hilola_umarova
#malaka_oshirish

Bugun 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🔺Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi.

Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi yoki mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

➡️Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali yangi metodikalarni qo‘llash va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirganligini ko‘rsatishi belgilangan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/05/30 02:22:20
Back to Top
HTML Embed Code: