Telegram Group Search
#HalollikTamoyili
#MirzoUlugbekTETK

⚡️HALOLLIK — ASOSIY TAMOYIL! NOQONUNIY ULANISHLAR VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUCHAYTIRILMOQDA

🤔 Bugun, 24-oktyabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tuman elektr ta’minoti korxonasida tuman boshliq muovinlari, EEHO va NQAT (ASKUE) bo‘limlari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🤔 Tadbirni jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi rahbari O.O‘. Yaxshiyev, shuningdek, tuman prokuraturasi vakillari olib bordi.

🤔 Unda korrupsiyaning zararli oqibatlari, jazoning muqarrarligi haqida ma’lumot berilib, qonunbuzarliklarning oldini olish, ASKUE tizimidan samarali foydalanish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


🤔 Yig‘ilish yakunida halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Президент провел встречу с ведущими представителями деловых кругов Европы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

⚡️MIRZO ULUG‘BEK TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

🍁🛠 Mirzo Ulug‘bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur tayyorgarlik jarayonida iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida mavjud elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, zarur hollarda ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🍁🛠 Shu bilan birga, tuman hududidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar natijasida elektr tarmoqlarining barqarorligi yanada oshib, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.

🍁🛠 Shuningdek,tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan, elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda, aholiga esa xonadon va ob’ektlarda elektr qurilmalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Shanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🍁 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌤 25 - oktyabr haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁  Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyaliklar Qiroli Filipp Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.

Президент Шавкат Мирзиёев и Король бельгийцев Филипп провели встречу во дворце Лакен.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tabrigi

🇺🇿 🇺🇿 Bayram muborak!

25-oktyabr – O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari, tinchligimiz va osoyishtaligimiz posbonlari!

Siz azizlarni ushbu qutlug‘ kasb bayramingiz — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!

Yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va tartibni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga sazovordir.

Sizlarning mas’uliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va vatanimizga bo‘lgan sadoqatingiz tufayli xalqimiz tinch va osuda hayot kechirmoqda.

Barchangizga sog‘lik-salomatlik, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz!

Doimo faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati va jamoasi

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 16:04:40
Back to Top
HTML Embed Code: