Telegram Group Search
Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Erishilgan natijalar:

– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;

IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;

– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;

– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;

– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;

startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.

Facebook|Instagram|X
2
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:

"Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;

– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;

Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;

– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;

– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hisobot

"Navbahor" mahallasida deputat va mahalla yettiligining hisobotlari tinglandi


Ayni kunlarda tumanimiz mahalliy kengashi deputatlari tomonidan joriy yilda o‘z saylovchilari manfaati uchun olib borilgan ishlari yuzasidan hisobotlar berilmoqda.

Shuningdek, "Navbahor" mahallasida ham Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati Lola Murotovaning hisoboti tinglandi. Shu bilan birga aholi vakillariga mahalla yettiligi ham joriy yil davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan o‘z hisobotlarini taqdim qildi.

👉👉👉 Videoxabarimizda jarayonlar

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
👍1
#Экологик_вазиятни_яхшилаш

Туман бўйлаб умумий овқатланиш шаҳобчалари фаолияти ўрганилди

Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси Чилонзор тумани бўлими мутахассислари томонидан атмосфера ҳавосига зарарли тутунлар чиқариши мумкин бўлган умумий овқатланиш шаҳобчалари ўрганилди.

Ўрганишлар жараёнида очиқ ҳавода ўтин ёки кўмир ёқиб таом тайёрлайдиган ошхона ва кафелар эгаларига таомлар тайёрлаш жараёнида ҳавога зарарли тутунлар чиқаришнинг олдини олиш бўйича кўрсатмалар берилди ва таомларни белгиланган тартиб-қоидаларга амал қилган ҳолда тайёрлаш лозимлиги бўйича тавсиялар берилди.

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
❗️ Chilonzor tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2025-yil I chorak yakuni mahalliy budjet yakunlari ijrosi to‘g‘risida yakuniy hisoboti.

Ushbu hisobotda tumandagi mavjud mahalliy budjet tashkilotlarining joriy yil birinchi choragi davrida daromad va xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
❗️ Chilonzor tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2025-yil II chorak yakuni mahalliy budjet yakunlari ijrosi to‘g‘risida yakuniy hisoboti.

Ushbu hisobotda tumandagi mavjud mahalliy budjet tashkilotlarining joriy yilning ikkinchi chorak davrida daromad va xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
2025/12/06 18:40:25
Back to Top
HTML Embed Code: