Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Mahallamiz ichki yo‘llari tekis va ravon bo‘lmoqda

Sirdaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati Davlat muassasasiga ko'ra, 2025-yilda viloyatimiz mahallalarida taʼmirlangan ichki ko‘chalar masofasi quyidagicha:

▪️Guliston shahrida — 25,5 km;
▪️Yangiyer shahrida — 20,7 km;
▪️Shirin shahrida — 5,3 km;
▪️Boyovut tumanida — 39,7 km;
▪️Guliston tumanida — 45,7 km;
▪️Mirzaobod tumanida — 43,8 km;
▪️Oqoltin tumanida — 36,8 km;
▪️Sayxunobod tumanida — 52,6 km;
▪️Sardoba tumanida — 28,3 km;
▪️Sirdaryo tumanida — 52,3 km;
▪️Xovos tumanida — 62,5 km.

Bu esa o'z navbatida mahallalardagi yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud muammolar bartaraf etilishiga — yog‘in-sochinli kunlarda aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

👉 @SirdaryoMahalla
1🔥1🤝1
🌦 O'zgidromet: O‘zbekistonga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

▪️3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

▪️4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
#Adliyadan_qulaylik

Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida ID-kartani rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi


Endi fuqarolar ID-karta olish uchun Guliston shahar Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan tez va qulay tarzda foydalanishlari mumkin.

▪️ID-karta berish uchun 366 680 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.
▪️Agar ariza my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda yuborilsa, to‘lov miqdori 330 012 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida mazkur xizmat eksterritoriallik tamoyili asosida ham ko‘rsatiladi. Ya’ni, fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, Markazda ID-karta rasmiylashtirish imkoniyatiga egadirlar.

Mazkur qulaylik fuqarolarga vaqtni tejash, navbat kutish holatlarini kamaytirish va davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
2🔥2🤔1
Forwarded from Sirdaryo.uz
Сирдарё делегацияси Фужианнинг етакчи саноат корхоналарида бўлди


Хитой Халқ Республикасининг Фужиан музофотида бўлиб турган вилоятимиз делегацияси бугун қатор йирик корхоналарда бўлди. Ташриф доирасида ишлаб чиқариш жараёни билан танишилди.

Дастлаб делегация аъзолари Snowkey Group компаниясида бўлиб, катта ҳажмли музлатгичлар учун компрессор ва двигателлар ишлаб чиқариш лойиҳаси билан танишишди. Компания маҳсулотлари Хитойнинг турли минтақалари ҳамда хорижий бозорларга экспорт қилинади.

Шунингдек, Hoardsun Technology Group корхонасида учрашув ўтказилиб, замонавий технологиялар ва саноат ускуналарини ишлаб чиқариш соҳасидаги ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди.

—————

Делегация Сырдарьи посетила ведущие промышленные предприятия Фуцзяни


Делегация Сырдарьинской области, находящаяся с визитом в провинции Фуцзянь (Китайская Народная Республика), сегодня ознакомилась с деятельностью ряда крупных промышленных предприятий.

Первым пунктом программы стало посещение компании Snowkey Group, где представители делегации познакомились с проектом по производству компрессоров и двигателей для крупногабаритных холодильных установок. Продукция компании поставляется как на внутренний рынок Китая, так и за рубеж.

Затем делегация посетила предприятие Hoardsun Technology Group, где состоялась встреча, на которой обсудили перспективы сотрудничества в области производства современных технологий и промышленного оборудования.
👍3
Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Guliston shahri hokimligi tomonidan har haftaning juma kuni «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi. O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga (yoki takliflaringizga) shahar hokimi yoki hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan javob beriladi.

➡️ Ma’lumot uchun:

Jamoliddin Xodjimanov, Guliston shahri hokimi
▪️+998672260008, +998884077070

Gʻayrat Botirov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari;
▪️+998672254040, +998933270337

Sanjar Po‘latov, shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
▪️+998672251500, +998994778700

Hamidulla Ergashev, shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
▪️+998672251087, +998904020201

Aziza Payziyeva, shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;
▪️+998915001610

Jamshid Xolmuhammedov, shahar hokimining o‘rinbosari - shahar investisiya, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i.
▪️+998972772229

Yunusov Shuhrat, matbuot kotibi.
▪️+998994762325

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirish uchun ariza onlayn beriladi

Kelib tushgan arizalarni Ijtimoiy himoya milliy agentligi bir oy muddatda ko‘rib chiqadi.

➡️ Reyestrga kirgan fuqarolar quyidagi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin (tegishli qaror talablari asosida):

▪️ kommunal to‘lovlarga kompensatsiya;
▪️ bolalar nafaqasi va moddiy yordam;
▪️ subsidiya;
▪️ uy-joy ta’mirlashga 20 yillik ipoteka krediti;

Ariza berish uchun:
https://my.gov.uz/uz/service/587

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Isitish mavsumida tabiiy gaz me’yori 5 barobarga oshiriladi - Hududgazta’minot

2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholi uchun tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga ko‘ra, noyabrdan fevralgacha har bir oy uchun 500 kub metrgacha, martdan oktyabrgacha esa 100 kub metrgacha bazaviy me’yor belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa kuz-qish mavsumida gaz sarfi yuqori bo‘lgani sababli, oktyabrdan fevralgacha 500 kub metr me’yor amal qiladi.

Bundan tashqari, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga har oyda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya beriladi.

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish mavsumida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda beriladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
2
Yoshlar va prokuror uchrashuvi: yangi tashabbuslar!

Guliston shahri prokurori Anvar Shukurov yoshlar bilan «Korrupsiya taraqqiyot dushmani» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda u o‘z faoliyati, prokurorlikka olib kelgan hayot yo‘li va vatanga sadoqat haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida fidokor yoshlar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan «Qalqon» jamoasi faoliyati bo'yicha  muhokama o'tkazildi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Shuningdek Guliston shahrida yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda tungi reyd tadbirlarini tashkil etish, tungi vaqtda bemaqsad yurgan voyaga yetmagan yoshlar bilan tizimli ishlar tashkil etish bo'yicha ham fikr almashildi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
2025/11/01 07:18:29
Back to Top
HTML Embed Code: