Telegram Group Search
🎓 2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi!

📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda.
Eslatmalar:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart
▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi
📎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
41🏆8🔥7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlari davom etmoqda!

Abituriyentlar uchun muhim kunlar!
Bugun ham sinovlar qizg‘in davom etmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
23👍4🔥3
Chat GPT ga @milliy_sertifikat kanalida reklama chiqarish uchun chegirma e'loni tayyorlab ber. Chegirma Iyul oxirigacha davom etadi degan so'rov yubordik. Natija quyidagicha:

---

🎯 @milliy_sertifikat kanalida REKLAMA uchun MAXSUS CHEGIRMA!
📣 Reklama berishni rejalashtirganlar uchun ajoyib imkoniyat!

🗓 Chegirma muddati: faqat iyul oxirigacha
💸 Maxsus narxlar, yuqori qamrov va samaradorlik!

Kanalda testlar, sertifikatlar va ta’limga oid auditoriya mavjud — sizning mahsulotingizga mos auditoriya!
🚀 Shoshiling, joylar soni cheklangan!

📥 Batafsil ma'lumot va buyurtma uchun: @ms_adminn
🤣4314🔥3🍌3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlari davom etmoqda!

Bu testlar nafaqat bilim, balki iroda, sabr va halollik imtihonidir. Xuddi film qahramonlari kabi, har bir abituriyent ham bugun o‘z “chinori” ostida qaror qilmoqda – men kimman, va kim bo‘lishni xohlayman?

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
29😁6👍5🤣4🥰3🤯2😐2🔥1
🟦🟦

TOEFL iBT xalqaro imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda Educational Testing Service (ETS) hamkorligida tashkil etilgan TOEFL iBT xalqaro imtihoni uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi!

Imtihonda ishtirok etishni istagan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur: www.ets.org

Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency - 12, Bogishamol street, 1st floor, Tashkent, 100084, Uzbekistan) ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

🗓 Imtihon sanasi:
🔸 2025-yil 20-avgust
🔸 2025-yil 6-sentabr
🔸 2025-yil 13-sentabr
🔸 2025-yil 20-sentabr
🔸 2025-yil 27-sentabr


🔹 Manzil: Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy

🚇 Mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati

🗺 Joylashuv: Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi

TOEFL iBT - xalqaro miqyosda tan olingan va sertifikatlar ro‘yxatiga kiritilgan rasmiy imtihon hisoblanadi. Batafsil: lex.uz havola

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish, imtihon to‘lovi to‘g‘risida ma’lumot olish, shaxsiy kabinet yaratish, shuningdek tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan tanishish uchun:
www.ets.org saytiga tashrif buyuring.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
23❤‍🔥1👍1🔥1
⚡️ 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
31🔥5💔4💯1💘1
#Qabul2025 #Natija

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍2🔥2💘1
Chet tili imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi

👍 Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkaziladi.

📆 Avgust oyidagi imtihonda:
🌐 Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18-avgust kunlari
💳 To‘lov muddati: 19-avgust
📝 Imtihon sanasi: 28-avgust


💻 Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.

📍 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.

Izoh: Ushbu qoʻshimcha imtihon oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga qabul jarayonining boshlanishiga qisqa muddat qolganligi hamda boshqa ko'plab talabgorlarning murojaatlarini inobatga olgan holda belgilanmoqda.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
🔥2017🥱6👎5👍4❤‍🔥1😍1🤓1💘1
🇹🇷Turk tilini Premium tarzda o‘rganing!

📌Azizbek Ahmadjanov bilan maxsus “TurkTili Online Premium” dasturi:

Haftada 3 kun video darslar – to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchi tomonidan yozilgan 45 daqiqalik grammatik video dars!
🗓 Dushanba – Chorshanba – Juma: soat 20:00 da video dars yuboriladi.

Mashq va testlar bilan mustahkamlash (Seshanba – Payshanba – Shanba):
📖Lug‘at bo‘yicha quiz testlar
💻Onlayn avtomatik testlar
📑Mavzulashtirilgan savollar
📝Amaliy topshiriqlar

Har Yakshanba – jonli dars: Telegram orqali Azizbek Ahmadjanov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol-javob va tushuntirish.

🎯Afzalliklari:
Okuma - (o’qib tushunish)
Dinleme - (tinglab tushunish)
Yazma - (yozish)
Konuşma - (gapirish)

4 bo’limga bir xil tizimda tayyorgarlik - Milliy Cefr va TYS imtihonlari uchun ajoyib tanlov!

🟥”Premium” - guruh narxi 1 oy uchun - 150.000 so’m

⭐️Haftada 7 kun dars bilan shug’illanish imkoniyati!

📍O‘qituvchi: Azizbek Ahmadjanov – 🇹🇷Turk tilidan mutaxassis, @TURKTILI_ONLINE kanali asoschisi.

👇Erishilgan natijalar!

⭕️  NATIJALAR
⭕️  NATIJALAR
⭕️  NATIJALAR
⭕️ NATIJALAR
⭕️  FIKRLAR

🌐Kursga yozilish uchun: @ahmadjanov_azizbek profiliga murojaat qiling!

🕊 Telegram kanalimizga obuna boʻling 👇👇👇
🇹🇷 T.me/Turktili_Online 📺

📹YOU TUBE 📱İNSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍3🥰2🤬2
#Qabul2025

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18–19-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 28 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
30 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📌 Eslatma: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar Bilimni baholash agentligiga ma’lumot taqdim etgach, alohida e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
6👍4
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
🔖Matematikadan Milliy Sertifikat olishni xohlaysizmi?
🟢Kuzgi milliy sertifikat imtihonidagi taxminiy (RASH modelidagi) balingizni bilmoqchimisiz?

📊Sizni 3 kunlik (19-20-21-avgust) "Matematikadan Milliy sertifikat" amaliy vebinariga taklif qilamiz!

Vebinar rejasi quyidagicha:
➡️19.08.2025 kuni 19.00-22:30 RASH MODELIdagi test va uning tahlili
➡️20.08.2025 kuni 20:30 "MILLIY SERTIFIKAT ORGINAL BAZASI" dan jonli tahlil
➡️21.08.2025 kuni 19:30-22:00 "Sovrinlik" RASH MODELIdagi test bo'lib o'tadi

📅 Vebinar davomida matematikadan Kuzgi Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgalik uchun "Turbo 3.0" online kursimizning taqdimoti ham bo'ladi!

👍Testlar BMBA standartiga to'liq javob beradi

🎁DIQQAT: VEBINARDA QATNASHISH MUTLAQO BEPUL!
Vebinarda qatnashganlarni ajoyib sovg‘alar va SUPER CHEGIRMA kutmoqda!


📌Vebinarda qatnashish uchun hoziroq kanalimizga o‘ting:
🔗 @muhriddin_milliy
🔗 @muhriddin_milliy
🔗 @muhriddin_milliy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👏3👍1
🧾 Oktyabrdagi tarix imtihonida sertifikat olmoqchimisiz?

Agar qaroringiz qatʼiy boʼlsa, mening ham qatʼiy taklifim bor. Bizda 1,5 oy vaqt mavjud va har kuni 2 soatdan ishlab, natijaga erisholamiz.

Men — Ramish Mansurov, 10 yillik tajribaga ega tarix ustoziman. Shu vaqtga qadar, 100 dan ortiq oʼquvchim sertifikat qoʼlga kiritdi, 300 dan oshigʼi talaba boʼldi. 


Agar siz siz ham oktyabrdagi tarix majburiy fan sinovlarida sertifikatli boʼlishni istasangiz, darslarimga taklif qilaman.

👨‍💻 Ertaga, 20-avgust soat 21:00'da siz uchun bepul sinov darsi oʼtiladi.


Darsni ushbu kanalda koʼrishingiz mumkin:
https://www.group-telegram.com/+XOSuaMH7w85kNGEy
https://www.group-telegram.com/+XOSuaMH7w85kNGEy
https://www.group-telegram.com/+XOSuaMH7w85kNGEy
15🔥3👎1🥰1🤯1
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

👍 Talabgorlar sentabr, oktabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

📆 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
👍24😭1811🔥11🤡2💅1
2025/08/20 18:20:35
Back to Top
HTML Embed Code: