Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zilar biz "o‘lim" so‘zidan foydalanmaslik orqali undan qochishga urinayotganimizni aytishadi, ammo men uchun bunday emas. Boshimdan o‘tgan tajribadan so‘ng o‘lim degan narsa aslida mavjud emasligini bildim. Siz shunchaki bir bosqichdan boshqasiga o‘tasiz. Masalan, boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga, keyin esa kollejga...

"O‘limdan keyingi hayot” kitobidan

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 205 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
21🔥9👏3
“SENTYABR — XAZON FASLI”

Tarjimon: Umida Adizovadan

“Bu butunlay boshqacha muhabbat… Uni qo‘lga kiritolmasligi, o‘ziniki qilolmasligi uchun sevadi. Boshqa hech qaysi ayolda topolmagani, nigohlari, tabassumi uchun…”

Noyabrni his qilolsmasang, sentyabr(xazon fasli)da qolib ketgansan…

Davomi…
🔥1411🥰42👏1🕊1


“Ali va Fotima r.a. misolida saodatli oila bayoni” kitobi qayta nashrda!

💗 Sevgi makon va zamon bilan bogʻliq emas. Inson oʻzi hech qachon koʻrmagan, bilmagan kishisini ham yoki biror marta boʻlsin bormagan manzilini ham sevaveradi, sogʻinaveradi. Shuning uchun ham sevgi masofa bilmaydi, unga makonning ham zamonning ham ahamiyati yoʻq, deydilar..

🪶 “Ali va Fotima r.a. misolida saodatli oila bayoni” kitobidan

• Muqovasi - qattiq;
• Sahifasi - 235 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30🔥7🥰2👏1🏆1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌇 Kunduzlar – kulrang, tunlar – zimiston.

🌁 Dunyo – kimsasiz, tirik qolish – dargumon.

🌉 Bir erkak, uning oʻgʻli, arava va YOʻL. Umid… chalajon.

🎞️ Miyangizda muayyan bir sahna gavdalandimi? Inson shunday muhitdagi ogʻir sinovlardan oʻta oladimi, sizningcha? Bunday vaziyatda qanday ilinj kishini hayotda tutishi mumkin? Qanday kuch haddan ortiq ochlik, oʻta madorsizlik, qoʻrquv, vahima baravj hukmronlik qilayotgan bir paytda odamni maxluqqa aylanib qolishdan saqlaydi?

Javobni yoʻlovchilarga “YOʻL” boʻylab hamrohlik qilib, bilib olasiz.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 254 bet;
• Narxi – 50.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Bosh doʻkon: Alisher Navoiy 42, mo‘ljal Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
📌 2-filial: Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat
Moʻljal: “Moscow ice cream” yonida

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🥰4🏆3❤‍🔥1
Jek Londonning “Dengiz bo‘risi” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish men uchun oddiy ijodiy jarayon emas, balki insoniyat va hayot haqidagi eng og‘ir savollarga yuzma-yuz qarash jarayoni bo‘ldi.

Bu roman faqat dengizdagi sarguzashtlar, bo‘ronlar va kema hayoti haqida deb o’ylasangiz, yanglishasiz. U insonning ichki dengizi, ruhiy bo‘ronlari va o‘z “men”i bilan kurash haqidagi asar.

Bo‘ri Larsen obrazi meni o‘ylantirdi. U kuchli, ammo yolg‘iz. U bilimdon, ammo rahmdan yiroq. Uning mavjudligi orqali London bizni shunday savol bilan yuzlashtiradi: insonni inson qiladigan narsa — aqlmi, kuchmi yoki rahm-shafqatmi? 

Har bir sahifa bu savolga yangi, og‘riqli, ammo rost javoblar beradi. Bo‘ri Larsenni butkul ayblab ham bo‘lmaydi, chunki u o‘zi kabi boshqalarning ham o‘z oyog‘ida turishini, kuchli bo‘lishini istaydi.

Undagi iroda, bilimga tashnalik, hayotga bo‘lgan ishtiyoqqa qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Chunki maktab ko‘rmagan bolakay, umri kemalarda yugurdaklikdan boshlangan bo‘lsa-da, kapitan darajasiga yetgunicha o‘qish, yozishni o‘rganish uyoqda tursin, biz bilgan va bilmagan kuchli asarlarni mustaqil o‘qib chiqadi. O‘z mulohazalari bilan oliy ma’lumotli yozuvchi Hamfrini ba’zan dovdiratib qo‘yadi.

Tarjima davomida men har bir so‘zni, har bir satrni muallifning asl ohangi bilan ona tilimizga ko‘chirishga harakat qildim. Uning yozgilarida insonning hayot bilan olishuviozodlikka tashnaligi va taqdir oldidagi jur’ati seziladi.

Jek Londonning har bir satri go‘yo to‘lqin singari urilib, yana orqaga qaytadi, lekin o‘quvchi qalbida iz qoldiradi. Bu hisni o‘zbek kitobxoni ham tuyishini istayman. Men uchun bu tarjima o‘z ruhimni sinovdan o‘tkazgan yo‘l bo‘ldi. Umid qilamanki, siz uchun ham bu kitob yurakka yaqin bir sayohatga aylanadi.

Ziyodaxon G‘ayratova,
Tarjimon
 
@qamarnashriyoti
12🔥3😍1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hazrat Mavlono Rumiyning tilidan quyidagi jo‘shqin satrlar to‘kilgan:

"Men birovni yig‘latsam, rahmatim jo‘shadi; yig‘lab qalbi toshgan kishi ham rahmatga erishadi. Rahmatim ko‘z yoshga bog‘liqdir. Nabotot olami ham yig‘lagan bulut tufayli yashaydi. Mum yig‘lagan sari yog‘dusi ortib boradi".

"Bulut ko‘z yosh to‘kmasa, yashillik ko‘payadimi? Chaqaloq yig‘lamasa, sut buloqlari jo‘sh uradimi?".

📚 "Huzurbaxsh tasallilar" kitobidan

• Muqovasi - qattiq;
• Sahifasi - 298 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🥰2🤩1


📖 Siz Alisher Navoiyning asarlarini o‘qib tushunasizmi?

📚 Nima uchun Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur yoki boshqa turkiy tilda asar bitgan yozuvchilarni kitoblarini o‘qib to‘la anglamaymiz? Buning sababi bizning so‘z boyligimiz cheklanganida!

📕 E’tiboringizga taqdim etilayotgan tasavvuf lug‘ati — ana shu so‘zlar olamiga kalitdir. U orqali biz Navoiy, Bobur, Jomiy va boshqa oriflarimizning qalb tilini tushunishga yaqinlashamiz. Chunki so‘z — tasavvufda faqat ma’no emas, ruhning ifodasidir.

Bu kitob sizni unutilgan so‘zlar, chuqur ma’nolar va oriflarning ruhiy merosiga eltadi.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 458 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
131🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ojiza…

💡 Insonda hamisha oʻzida yoʻq narsalar orzu. Ota-onasi bagʻridagi bolalarda istaklar koʻp boʻlsa, yetimxonadagi bolalarning eng katta orzusi bor: ota-onasini koʻrish.

"Ojiza"ligi buyuk maqomi boʻlgan ayollar, onalar haqidagi kitob – "Ojiza".

📖 Ojiza… Ota-onasiz bolalarning siniq ruhiyati, mushtoq nigohi hamda mehrga tashna qalbi bilan tanishasiz.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 166 bet.


📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👏3🕊2😢1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


“DAFINA” kitobi SOTUVDA!

☕️ Turkcha choyni damlab olib, turkcha detektiv oʻqishga tobingiz qanday?

Shifokor Shokir Fayzi oʻzi qiziqib oʻqiydigan detektiv hikoyalarning bosh qahramoniga aylanib qoladi. Keksa bemorining iltimosi tufayli sirli sarguzashtlar endi uning hayotida boshlangandi.

🤩 “Dafina” qissasida yashiringan xazina qanday koʻrinishdagi xiyonat va qaysi sirlar bilan yuzaga chiqadi?

Mutolaa jarayonida barcha kartalar ochiladi!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 144 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12😁2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yashamoq sokinlik istar”

Yaxshi kuningizda ham, yomon kuningizda ham sizga hamroh bo'la oladigan eng yaxshi do'st bu - kitob aslida.

Shiddatli hayotda rejalangan ishlarga ulgurish qiyin. Tashvishlar tugamaydi.

🌱 Ushbu kitob sizga bir lahzaga to‘xtash, hayot halovatini his qilishni o‘rgatadi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 203 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


“Fotima roziyallohu anhoning isrofsiz to‘yi” kitobi SOTUVDA!😍

Hazrat Jobir roziyallohu anhu bunday tasvirlaydi: "Ali bilan Fotimaning to‘yida qatnashdik. Ularning to‘yidan ham go‘zalroq to‘y ko‘rmadik" (Haysamiy).

Kimlardir: "O‘sha to‘y nimasi bilan chiroyli?" deyishi mumkin. Masalan, Fotima roziyallohu anhoning eng taniqli chevar tomonidan maxsus tikilgan oq ko‘ylagi yo‘q edi. Oq ko‘ylakda kuyovni qo‘ltiqlab ko‘pning ichiga chiqish degan odat ham yo‘q edi. Ulkan to‘y torti ham, pardoz-andoz ham yo‘q edi. Xullas, u yo‘q edi, bu yo‘q edi...

Ammo Alloh roziligi bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari bor edi. Begona nazar ham tushmagan kelin, haromga qaramagan kuyov bor edi...

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 112 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20❤‍🔥6🥰6🤩2😍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertaklar – bu oddiy hikoyalar emas, balki bolalarning tasavvurini, dunyoqarashini va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiruvchi sehrli kalitdir. Shuning uchun ertak kitob sotib olish — bu nafaqat farzandingizga sovg‘a, balki uning kelajagiga qo‘yilgan sarmoyadir.

Oxirgi marta qachon farzandingizga kitob xarid qildingiz?
🥰

• Muqovasi - yumshoq

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#parcha

Tushlarim. Esimni taniganimdan beri tushlarim onamga o‘xshaydi. Hayotning har bir pog‘onasiga meni tushlarim yetishtirib hozirladi. Qizlar faqat onasidan o‘rganadigan narsalarni menga tushlarim o‘rgatgandi. Ular menga tuhfa etgan hadyalarni ochgandek bolaligim, balog‘at davrim, yoshligim keldi mudom. Hatto shu ongacha mendan sir tutilgan holatda, mendan bexabar qaror qilingan to‘yimning xabari ham menga tushlarim orqali keldi.

📚 “Zamzamning onasi — Hojar” kitobidan

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 303 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
21🥰64🔥2🕊1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar qay birini tanlagan bo'lardingiz?

🌸 "Fotima roziyallohu anhoning isrofsiz to'yi" kitobi SOTUVDA!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥4🥰4❤‍🔥2
2025/10/26 13:30:53
Back to Top
HTML Embed Code: