Telegram Group Search
“E Voh–2025” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

19–20-oktyabr kunlari Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasining final bosqichi hamda “O‘zbek tili bayrami”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.

10 mingdan ziyod o‘qituvchi ishtirok etgan bellashuvning finalida 79 nafar eng sara ustoz insho va test sinovlarida bilimini namoyish etdi.

G‘oliblarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar Ombudsmani) Surayyo Rahmonova, UzReport agentligi Bosh direktori Ravshanxon Jo‘rayev hamda Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan tabrikladilar.

“E Voh–2025” ona tilimizning nufuzini oshiruvchi, ilmiy va madaniy hamkorlikni kuchaytiruvchi muhim maydonga aylandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94311

#EVoh2025 #OʻzbekTiliBayrami #Taʼlim #Olimpiada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
22👍13🎉3🔥1🤩1
Forwarded from Kongratbay Sharipov
🇺🇿 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, ustoz va muallimlar, professor-oʻqituvchilar, professional taʼlim sohasi vakillari, aziz talabalar va oʻquvchilar!

Bugun — xalqimiz uchun gʻurur va iftixor kuni. Chunki aynan shu kunda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Ona tili — millatning ruhi, tarixi va istiqbolining asosidir. Oʻzbek tili — yurtimiz mustaqilligining maʼnaviy tayanchi, xalqimiz birdamligining ramzi.

Bugungi kunda oliy va professional taʼlim muassasalarida, umumtaʼlim maktablarida davlat tilida taʼlim berish, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Ustoz va oʻqituvchilarimiz, professor-oʻqituvchilar jamoasi hamda yoshlarimiz — ona tilimizga boʻlgan mehr va ehtiromni amalda namoyon etmoqda.

Barchangizni Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ona tilimizni ardoqlab, uning jozibasi va nufuzini yuksaltirishda hamjihat boʻlaylik!

Qoʻngʻirotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri


#TilBayrami #DavlatTili

Facebook | Instagram | Telegram
18👍14
#qonunchilik_yangiliklari

Davlat organlarida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Shuningdek:

ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;

2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi. Bunda olimpiada g‘oliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

“O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi va e’lon qilinadi;

✔️ o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍2🔥2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Facebook|Instagram|X
13👍5👏2😁1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил IT-парк в Мирзо-Улугбекском районе и принял участие в церемонии закладки первого камня в строительство второго этапа проекта.

#Mirziyoyev #marosim #ITPark #start

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍157
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
10👍8😁2😱1
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

“Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”,

– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Yig‘ilishda barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍5😁1
2025/10/22 09:41:00
Back to Top
HTML Embed Code: