Telegram Group Search
⚡️To‘siqlarni yenga olgan zamondoshim!

Bugun biz koʻrish qobiliyati cheklangan boʻlishiga qaramay raqamli dunyoni insonlar uchun qulay qilishga katta hissa qo’shib kelayotgan qahramon haqida gapirmoqchimiz!

Bu – Abdulaziz Salimov! Uni minglab foydalanuvchilarning ovozi, desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Chunki tugʻma cheklovlar unga toʻsiq boʻlmadi, aksincha, butun jamiyat uchun raqamli qulayliklar yaratishga ilhom berdi.

"RHVoice" oʻzbekcha nutq sintezatorining yaratilishi, "KitobPlus" loyihasi va bugun my.gov.uz portalini barcha uchun birdek qulay qilish imkoniyati — bularning barchasi uning shaxsiy tajribasi va mehnati natijasidir.

U ko'p bora ta'kidlaydi: "Mening maqsadim – jismoniy cheklovlardan qatʼi nazar, davlat xizmatlaridan toʻsiqlarsiz foydalana oladigan raqamli muhitni yaratish!"

Ushbu hujjatli filmni tomosha qiling va Abdulaziz Salimovning hayoti, "Nurli maskan" maktab-internatidan to Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazigacha boʻlgan ilhomlantiruvchi yoʻlini koʻring!

Shunda siz shaxsiy qiyinchiliklar qanday qilib butun jamiyat uchun imkoniyatga aylanishiga guvoh boʻlasiz!

▶️ https://youtu.be/0Ddy-bimfb4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥5👏5🤩1
▶️Yoshlar bandligi va raqamli imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz

"Qulay hayot" podkastining navbatdagi sonida yoshlar bandligi va raqamli imkoniyatlarga bagʻishlangan muhim tahliliy suhbat boʻlib oʻtdi.

Unda my.gov.uz portali orqali aynan yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytiruvchi va hayotini yengillashtiruvchi qator davlat xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, iqtidori bor-u, lekin tajriba yetishmasligi yoki zamonaviy kasblarni o'rganishi moddiy ta'minotga bog'liq bo'lgan muammolar endi toʻsiq emasligi tahlil qilindi.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, zamonaviy raqamli koʻnikmalarga ega boʻlish va karerani muvaffaqiyatli qurish uchun nimalarni bilish lozim – mutaxassis bu savollarga ham javob berdi.

"Qulay hayot" podkastini tomosha qiling: https://youtu.be/bZkfM1VSi7s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5🎉3
❗️Xorijga chiqishga cheklov bor-yo‘qligini 1 daqiqada tekshiring!

✈️ Chegara postida “taqiq” aniqlanib, muammo chiqmasligi va barcha rejalar barbod boʻlmasligi uchun xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini oldindan tekshirib olishni maslahat beramiz.

📱 my.gov.uz'dagi tegishli xizmat orqali buni aniqlash juda oson. Keyin koʻngilni xotirjam qilib safarga otlanaverasiz.

🔔 Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish xizmati orqali soʻrov kiritsangiz bas. Tizim avtomatik tarzda zarur maʼlumotni taqdim etadi.

Xorij safaringiz koʻngildagidek va xotirjam oʻtsin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥15
❗️Проверьте, есть ли ограничения на выезд за границу, всего за 1 минуту!

✈️Чтобы на пограничном посту не возникло неожиданностей из-за возможного «запрета на выезд» и ваши планы не сорвались, рекомендуем заранее проверить, есть ли у вас ограничения на выезд за границу.

📱 Это очень легко сделать через соответствующую услугу на портале my.gov.uz. После проверки можно отправляться в поездку спокойно и уверенно.

🔔 Для этого достаточно воспользоваться услугой «Проверка наличия временного ограничения на выезд из Республики Узбекистан» и отправить запрос. Система автоматически предоставит необходимую информацию.

Пусть ваше путешествие пройдёт спокойно и так, как вы запланировали!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🎉4👌4👏1
⚡️Pensionerlarga yana bir qulaylik!

🟡 my.gov.uz portalida yangi raqamli xizmat ishga tushdi.

📁 Harbiylashtirilgan davlat tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borgan fuqarolarning pensiya miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma (bank, ijtimoiy va boshqa muassasalarga taqdim etish uchun) olish jarayoni soddalashtirildi.

📱 my.gov.uz da “Toʻlangan pensiyalar miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma (harbiylashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari uchun)” xizmati yo'lga qo'yildi.

Endi maʼlumotnoma olish uchun Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirligi, Bojxona yoki Milliy gvardiya kabi vakolatli organga borish talab etilmaydi.

🔔 Soʻrov my.gov.uz orqali yuboriladi va maʼlumotnoma avtomatik ravishda taqdim etiladi.

👍Ushbu maʼlumotnoma Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qaroriga asosan bepul taqdim etiladi.

🗣 Agar siz yuqorida nomi keltirilgan harbiylashtirilgan davlat tashkilotlarida ishlagan boʻlsangiz, pensiya miqdori haqidagi maʼlumotni my.gov.uz orqali osongina olishingiz mumkin.

❗️my.gov.uz — raqamli qulaylik barcha uchun!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥5🤩4💯4👏2
#fuqarolik

JShShIR
haqida bilasizmi

✔️ JShShIRda shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan va barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi.

⌨️ JShShIR raqamlari noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q. Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

🔐 Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.

▶️ https://youtu.be/P_sW_88gaf8

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥7👏3🤩3🐳3
⚡️Пенсионерам — ещё одно удобство!

🟡 На портале my.gov.uz запущена новая цифровая услуга.

📁 Упрощён процесс получения справки о размере пенсии граждан, которые работали в военизированных государственных организациях (для предоставления в банки, социальные и другие учреждения).

📱 На my.gov.uz запущена услуга «Справка о размере выплаченных пенсий (для сотрудников военизированных государственных организаций)».

Теперь для получения справки не нужно обращаться в уполномоченные органы, такие как Министерство внутренних дел, Министерство по чрезвычайным ситуациям, Министерство обороны, Таможенный комитет или Национальная гвардия.

🔔 Запрос отправляется через my.gov.uz, и справка предоставляется автоматически.

👍 Данная справка предоставляется бесплатно на основании постановления Кабинета Министров №612 от 20 ноября 2023 года.

🗣 Если вы работали в указанных военизированных государственных организациях, вы можете легко получить информацию о размере вашей пенсии через my.gov.uz

❗️my.gov.uz — цифровое удобство для всех!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏4🔥3🤩3👌2
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 1–3-noyabr va 8–9-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👏6
#kochmas_mulk

❗️Hovli-joy sotib olayotganda bu xizmatdan foydalaning!

👨‍💻 Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

📱Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

💰 Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirmaga ega bo‘lasiz.

📆 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

👍 Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥4🤩2👌1
🆕 Yangi xizmat! Parvarishga muhtojlarga ko‘mak my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

📱 My.gov.uz portalida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan yana bir qulaylik yaratildi.

🟡 Endilikda, o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida belgilangan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun vaucherni my.gov.uz orqali olishlari mumkin.

👉 Buning uchun talabgor yoki ishonchli shaxs:

🔵 my.gov.uz portalida “Ijtimoiy himoya” boʻlimiga oʻtadi.
🔵Tegishli xizmatni tanlaydi va foydalanish tugmasini bosadi;
🔵So‘rovnomaga doimiy yashash hududi, tumani, mahallasi hamda yuqumli kasalliklarning mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumotnomasini kiritadi;
🔵Shundan so‘ng to‘ldirilgan ma’lumotlar tekshirib, “yuborish” tugmasini bosadi.

📆 Talabgorga 8 ish kuni ichida ijtimoiy xizmat narxini to‘liq yoki qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi vaucher shakllantiriladi hamda bu haqida uning mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda my.gov.uzdagi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.

👉Ma’lumot o‘rnida: Vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish dasturi doirasida quyidagi 5 turdagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish mumkin.
1. Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
2. Uy sharoitida qarab turish xizmati;
3. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
4. Kunduzi qatnov asosida qarab turish xizmati;
5. Shaxsiy yordamchi xizmati.


❗️Eslatma! Talabgor vaucher berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgach 10 ish kuni ichida ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini tanlaydi.

⚡️Eng muhimi, mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

💻my.gov.uz — raqamli qulaylik barcha uchun!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏5🔥4👌2🤩1
🗣E'lon!

📱 My.gov.uz orqali 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish boʻyicha hujjatlar qabuli davom etmoqda.

🟡 Agar Sizda ilmiy salohiyatiningizni oshirish va intellektual resurslaringizni yanada rivojlantirish istagi bo‘lsa my.gov.uz portali orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlarni onlayn topshirishga shoshiling.

❗️Eslatma: Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉3👏1
🆕 Новая услуга! Помощь нуждающимся осуществляется через my.gov.uz

📱 На портале My.gov.uz создано еще одно удобство — поддержка взрослых людей, нуждающихся в уходе за другими.

🟡 Теперь взрослые, нуждающиеся в уходе, могут получить ваучер для использования социальных услуг в рамках программы "Шаг к активной жизни" через my.gov.uz.

👉 Для этого заявитель или доверенное лицо:

🔵 заходит в раздел «Социальная защита» на портале my.gov.uz;
🔵 выбирает соответствующую услугу и нажимает кнопку «Использовать»;
🔵 заполняет анкету, указывая информацию о постоянном месте проживания, районе, микрорайоне, а также информацию о наличии или отсутствии заразных болезней;
🔵 после этого проверяет заполненные данные и нажимает «Отправить».

📆 В течение 8 рабочих дней заявителю формируется ваучер, предусматривающий частичную или полную оплату стоимости социальной услуги, и об этом отправляется SMS-сообщение на его мобильный телефон, а также уведомление в личный кабинет на my.gov.uz.

👉 Для справки: в рамках новой программы предоставления социальных услуг по ваучеру доступно 5 видов социальных услуг:
1. Социально-бытовая помощь на дому;
2. Услуга по уходу на дому;
3. Медико-социальная реабилитационная услуга;
4. Уход в дневном стационаре;
5. Услуга личного помощника.


❗️Напоминание! После получения уведомления о выдаче ваучера, заявитель в течение 10 рабочих дней выбирает поставщика социальной услуги.

⚡️Главное — воспользоваться данной услугой можно абсолютно бесплатно!

💻 my.gov.uz — цифровое удобство для всех!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏6🔥4👌3💯3
E’lon❗️

⚙️ Transport vazirligining maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga ko‘chirish (migratsiya) ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2025-yil 2-noyabr soat 9:00 dan 3-noyabr soat 9:00 ga qadar (24 soat davomida) my.gov.uz portali orqali Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish xizmatidan foydalanishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38👌12👏8🔥6💯4
⚡️ Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar diqqatiga!

🇸🇱 O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan Davlat tilini bilish darajasini aniqlash xizmatidan foydalanish endi yanada oson:

🗄 my.gov.uz bosh sahifasidan “Fuqarolik” bo‘limiga o‘ting.
🗄 10% chegirma bilan to‘lovni amalga oshiring.
🗄 Imtihon natijasi 3 kunda e’lon qilinadi.

💻 Jarayondan muvaffaqiyatli o‘ting va sertifikatni “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab oling!

💬 Ariza yo‘llash tartibini bilan videoda tanishing:

▶️https://youtu.be/y3-wGzbSe7s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👌7🔥5🐳3🤩2
Qog‘ozbozlikka o‘rin yo‘q!

📱 Axir, my.gov.uz bor — davlat xizmatlari endi qo‘l telefoningizda.

📁 Hujjat yig‘ish, navbatda turish va ortiqcha vaqt yo‘qotishlar o‘tmishda qoldi.

📱Bir tugma bosish orqali barcha zarur xizmatlarni onlayn oling!

Ham vaqtingizni asrang, ham zamonaviy imkoniyatlardan foydalaning.

▶️https://youtu.be/q0_Fs9VyIMI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥36🤩5🐳1
❗️ my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishing!

📱 Bugun davlat xizmatlarini olish ortiqcha ovoragarchilikni talab qilmaydi. Buning uchun my.gov.uz portalidan foydalanishni bilish kerak, xolos. U yerda barcha muhim davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish imkoni bor.

👇 Quyidagi videoda bu haqda batafsil ma’lumot keltirilgan.

📱Savollaringiz bo‘lsa: 1242 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki @idegovuzbek telegram profiliga murojaat eting.

🟡 my.gov.uz portali orqali hayotingizni yengillashtiring!

▶️https://youtu.be/2BPWOOPd4to

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥6💯4🐳3🤩2
🎬 "my.gov.uz taksi" LOYIHASI shahrimiz ko'chalarida❗️

🗣 Aytishlaricha, taksida boradigan manzilingizdan ko‘ra, yo‘l-yo‘lakay eshitganlaringiz muhimroq bo‘lar ekan!

🚕 Bugun "my.gov.uz taksi"ning navbatdagi sonini e'tiboringizga havola etamiz! Bunda haydovchimiz sizni davlat xizmatlari olamiga olib kirib, hayotingizni yengillashtiradigan qulayliklar haqida so‘zlab beradi.

📱Unutmang, my.gov.uz har doim yoningizda – hatto taksida ham!

▶️👉🏻 https://youtu.be/KIfHG5zNdJQ

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩5💯5👏3🐳3
⚡️Barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz bir joyda!

🗂 O‘zingizga tegishli barcha muhim ma’lumotlarni my.gov.uz orqali osongina topishingiz mumkin.

📌 Jumladan:

🆔 ID-karta va xorijga chiqish pasporti ma’lumotlari
👨‍👩‍👧‍👦 Oila a’zolari haqida ma’lumot hamda onlayn tahrirlash imkoni
🎓 Ta’lim – o‘qigan va o‘qiyotgan muassasa, diplom ma’lumotlari
💼 Mehnat faoliyati – elektron mehnat daftarchasi, ish joylari
🏠 Ko‘chmas mulk – kadastr raqami, manzil, mulkdor haqidagi ma’lumot
🚘 Avtotransport va haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari
🏥 Salomatlik – oilaviy shifoxona, dispanserlar hisobida turish, mehnatga layoqatsizlik varaqasi
💳 Moliya – pensiya jamg‘armasi, ish haqi va kredit tarixi
📝 Arizalar va sharhlar – yuborgan arizalaringiz holati, fikr-mulohazalar
🗣Xabarnomalar – hujjatlar muddati haqida eslatmalar
⚖️ Jarimalar – soliq, aliment va xorijga chiqish cheklovlari
🔌 Kommunal xizmatlar – elektr, suv, gaz, chiqindi balansi
💰 To‘lovlar tarixi – amalga oshirilgan barcha to‘lovlar ro‘yxati

👉 my.gov.uz – shaxsiy onlayn ko‘makchingiz!

▶️https://youtu.be/goaysGbxIew

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29💯5🐳1
❗️Yangi bosqich: Ma’lumotlaringizni o‘zingiz to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ling!

🟡 Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari!

📱 Xabaringiz bor, Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingizda Oila ma’lumotlari bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ushbu ma’lumotlardagi ayrim texnik yoki tashkiliy nomuvofiqliklarni inkor etmaymiz.

🗄 Shu munosabat bilan, "Elektron hukumat" tizimi "Personal Data Management" yo‘nalishida yangi tashabbusni amalga oshirmoqda. Bunda ma’lumotlar dolzarbligini birgalikda ta’minlaymiz.

🔵 Ya’ni endi Siz davlat bazalaridagi o‘zingizga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘rilash yoki yangilash jarayonida bevosita ishtirok eta olasiz!

Buning uchun my.gov.uz dagi "Oila ma’lumotlarini tahrirlash" xizmatidan foydalanib:

Nomuvofiq ma’lumotlarni o‘zgartirsangiz yoki o‘chirsangiz;
Yangi ma’lumotlarni qo‘shsangiz bo‘ladi.

Agar kiritilgan o‘zgarishlar tasdiqlansa, ma’lumotlaringiz 24 soat davomida yangilanadi. Noaniq ma’lumot kiritilganda esa ariza rad etiladi.

💻 Mazkur imkoniyatdan foydalanish orqali siz nafaqat o‘zingiz, balki butun tizimdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va dolzarbligini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

👍 Hamkorligingiz uchun tashakkur!

🗣my.gov.uz bilan raqamli kelajakni birga quramiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥6🤩2
🗣Eʼlon!

⚙️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “Pensiya” dasturiy taʼminotida texnik profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 7-noyabr kuni soat 18:00 dan 10-noyabr 09:00 ga qadar my.gov.uz portali orqali pensiya boʻyicha koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏5💯4🐳1
2025/11/08 02:17:06
Back to Top
HTML Embed Code: