Telegram Group Search
#QQS_imtiyoz

Parrandachilik va chorvachilik yo'nalishidagi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda palata raisi Davron Vaxabov chorvachilik va parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Ma'lumki, Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda muhim imtiyoz — QQS bo‘yicha "nol" stavka joriy etish belgilandi.
👉 PF-153, 04.09.2025-yil.

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi.


Samimiy va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasini joriy etishning iqtisodiyotimizga ijobiy ta’siri, qishloq xo‘jaligi sohasini rag‘batlantirish orqali norasmiy aylanmani qisqartirish, eng asosiysi, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Buxoroda onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 9,5 mlrd so‘mdan oshdi

2025-yilning 1-oktabr holatiga:
🔹onlayn-NKT orqali 35,0 mlndan ortiq chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 9,5 mlrd so'mni tashkil etdi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Soliq xodimi – Soliq qoʻmitasi e'tiborida

Chekka mahallaning soliq inspektori nafaqat viloyatda, balki respublikada ham yuqori natijaga erishdi.

Uzoq Peshku tumanidagi mahalla soliq inspektoriga Soliq qoʻmitasi Raisi tashakkurnoma yubordi.

Har bir soliq xizmati xodimining mehnati eʼtiborda.

Soliqchi mahallada obroʻli insonlar bilan hamkorlikda yuqori natijalarga erishmoqda.

Dilmurod Razzoqovga Soliq qoʻmitasi Raisi nima uchun tashakkurnoma yubordi

Soliq tizimida halol mehnat qilgan xodimlar eʼtibordan chetda qolmaydi

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍5
#YUNESKO_43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so'zladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#YUNESKO_43

Davlatimiz rahbari mazkur tarixiy anjumanda bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

Xususan, Raqamli asr va taʼlim: “AI–School” tashabbusi


YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va taʼlim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri boʻldi.

Prezident SH.Mirziyoyev sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uygʻunligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Bu yoʻnalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv taʼlim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.

“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qatʼi nazar, har bir bolaga taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.


✔️ Bu tashabbuslar taʼlim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

👩Ayollar liderligi akademiyasi — tenglik va taraqqiyot yoʻlida

❗️Prezident SH.Mirziyoyevning yana bir muhim tashabbusi — Xotin-qizlar yetakchiligi boʻyicha YUNESKO akademiyasini tashkil etish boʻldi.

➡️Akademiyaning tashkil etilishi fan, madaniyat, taʼlim va boshqaruv sohalarida ayollarning salohiyatini oshirish, ularning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirishga xizmat qiladi.

➡️Shuningdek, tashabbus doirasida Samarqandda barcha qitʼalarning mashhur tadqiqotchilari, sanʼat namoyandalari, pedagog va ixtirochi xotin-qizlarning Taʼlim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini oʻtkazish taklif etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

"Soliq to‘lash — yurt ravnaqiga hissa qo‘shishdir, uni burch deb emas, sharaf deb bil"
.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#antikorrupsiya

Afsus-nadomatlardan oldin to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak


Buxoroda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan barcha soliq inspeksiyalarda "Korrupsiya – halokatga yoʻl!" shiori ostida profilakrik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbir bugun Shofirkon, Peshku va Buxoro tumanlari soliq inspeksiyalarida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida korrupsion jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan sobiq soliqchilarning pushaymonligi haqida tayyorlangan “Ishonch va nafs chegarasi” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Filmda ko‘rsatilgan holatlardan, sobiq xodimlarning afsus-nadomatlaridan har kim to‘g‘ri xulosa chiqarishi hamda belgilangan qonunchilik doirasida ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilishi lozimligi ta'kidlandi.

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida profilaktik tadbirlar barcha shahar va tumanlarda davom ettirilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha soliq hisobotini topshirish jarayoni avtomatlashtirildi

Soliq organlarining axborot bazasi “Suv hisobi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinganligi tufayli, foydalanilgan suv hajmi va soliq summasi haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq hisobotida shakllantiriladi, bu esa inson omilining ta’sirini minimal darajaga tushirish imkonini berdi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 10601_19 sonli yangi hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirildi.

❗️Eslatib o'tamiz! Qishloq xo‘jaligi korxonalari suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyi bo‘yicha soliq organlariga soliq hisobotini yiliga bir marotaba, joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay taqdim etadilar.
👉 Soliq kodeksi 447-modda

‼️ Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🗓 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 %;
🗓 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.

‼️Agar hisobotda noaniqlik va tushunmovchiliklar yuzaga kelsa:
📞 Sizga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qiling;
🧑‍💻 yoki qayta aloqa tizimi orqali xabar qoldiring.

__________
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Автоматизирована налоговая отчетность по налогу за пользование водными ресурсами для предприятий сельского хозяйства

Благодаря интеграции информационной базы налоговых органов с информационной системой "Suv hisobi" данные об объемах использованной воды и сумме налога автоматически формируются в налоговой отчетности, что позволило минимизировать влияние человеческого фактора.

Новый пакет 10601_19 по налогу за пользование водными ресурсами для предприятий сельского хозяйства размещен на my.soliq.uz.

❗️Напоминаем! Сельскохозяйственные предприятия представляют в налоговые органы налоговую отчетность по месту водопользования или водопотребления один раз в год не позднее 15 декабря текущего налогового периода.
👉 ст. 447 НК

‼️ Уплата налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период:

🗓 до 1 октября – 70 % годовой суммы налога, определенной налоговыми органами;
🗓 до 15 декабря – оставшаяся сумма налога.

‼️Если у вас возникают вопросы или неясности:
📞обратитесь к закрепленному за вами налоговому инспектору;
🧑‍💻либо оставьте сообщение через систему обратной связи.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #keshbek

Sentabrda (29-oktabr holatiga) Buxoro viloyati iste’molchilariga 5,2 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to'langan.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#QQS

QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati to‘ldirildi

Ma'lumki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi.
👉PF-153-son, 4.09.2025-yil

Prezident Farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan QQSning nol stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati tasdiqlandi.

➡️ Nol stavkadagi QQS qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 131 taga ko‘payib, qayta tasdiqlandi va Soliq qo‘mitasi rasmiy saytining ochiq ma’lumotlar bo‘limiga joylashtirildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning takliflariga asosan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
_________
#НДС

Перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС дополнен

Как сообщалось ранее, с 1 января 2026 года для реализации сельхозпродукции (за исключением хлопка и зерна), выращенной сельскохозяйственными товаропроизводителями, будет применяться нулевая ставка НДС.
👉№УП-153 от 4.09.2025

В соответствии с Указом Президента Министерством сельского хозяйства и Налоговым комитетом утвержден перечень сельхозпродукции, к которой будет применяться нулевая ставка НДС.

➡️ Перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС увеличен на 131 позицию, повторно утвержден и размещен в разделе открытых данных на официальном сайте Налогового комитета.

Министерством сельского хозяйства по согласованию с Налоговым комитетом в перечень могут вноситься изменения и дополнения на основании предложений Жокарги Кенгеса Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и субъектов, выращивающих сельхозпродукцию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_keshbek

2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoroda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan iste'molchiga 2,1 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

🛒 2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
2025/10/31 11:02:02
Back to Top
HTML Embed Code: