Telegram Group Search
🇺🇿🤝🇿🇲 Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Ashxobodga keldi.

🇺🇿🤝🇿🇲 O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi muzokara o‘tkazdilar.

🇺🇿🤝🇿🇲 Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar

Strategik islohot muvozanat va tahlilni talab etadi

Hozirgi vaqtda cheklangan energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan energiya iste’molini qoplash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Belorussiya, Xitoy va qator Yevropa davlatlarida energiya iste’molini to‘liq dekarbonizatsiya qilish, “Zero carbon – eco home” tamoyillari asosida uy-joylar qurish va iste’molni to‘liq elektrlashtirish amaliyoti muvaffaqiyatli joriy etilgan. Mazkur yondashuv dunyo mamlakatlarida keng ommalashmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham energiya iste’moli madaniyatini oshirish, yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarni to‘liq elektrlashtirish, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan ta’minlash, isitish tizimini elektr energiyasiga o‘tkazish hamda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar, yotoqxonalar va gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Mazkur takliflar loyihasiga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:

isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;

isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;

elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.

Takliflar idoralararo tartibda kelishilgan.

Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklamani qabul qilish imkoniyati bo‘yicha texnik audit davom etmoqda. Shuningdek, Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur islohotlar O‘zbekiston energetika tizimi uchun muhim transformatsiya jarayoni bo‘lib, xalqaro tajribada kuzatilganidek, bunday o‘zgarishlar chuqur tahlil, vaqt va yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Jarayonning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tizimning strategik ahamiyatidan kelib chiqadi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan mazkur jarayonning murakkabligi va mas’uliyat darajasini inobatga olmagan holda noxolis talqin qilinmoqda. Takliflarning ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi amaldagi reglamentlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan mazkur takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etilgani, audit jarayonlari davom etayotgani va ishlab chiqilgan mexanizmning kelgusi yilda joriy etilishidan umidvorligi bir necha bor ommaga ma’lum qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamoatchilikdan mazkur jarayonlarga xolisona yondashish, faktlarga asoslangan baho berish hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#Korrupsiyaga_qarshi
#SHAYXONTOHUR_TETK

SHAYXONTOHUR TET: HALOLLIK VA SHAFFOFLIK YOʻLIDA MUROSASIZ KURASH DAVOM ETMOQDA

🤔 Bugun, 12-dekabr kuni Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🤔 Tadbirni jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi rahbari O.O‘. Yaxshiyev boshchiligida tuman prokuraturasi vakillari hamda jamiyatning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.N. Nuritdinxodjayev bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🤔 Uchrashuv davomida xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari, xizmat intizomi hamda mas’uliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🤔Tadbir yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hamkorlikda izchil ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yashnobod tumanining Baku koʻchasida 3- dekabr kuni 01:51 da elektr energiyasida uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 4-dekabr kuni soat 00:52 da Yashnobod tumani Baku koʻchasi hududini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-834-sonli transformator punktidagi mavjud 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik  yuzaga kelgan. Natijada, tumanning Baku koʻchasi hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Yashnobod tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud soat 02:30 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi aholi yashash xonadonlari to'liq elektr energiyasi bilan ta'minlangan
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#UCHTEPA_TETK

⚡️HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA

🌧️🛠 Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan tumanning «Oʻrikzor» MFY Bositxon, Gʻazalxon, Samarbonu hamda Gulsanam koʻchalari hududidagi isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, hududdagi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish kabel tarmog‘ida modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌧️🛠 Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning barcha mas’ul tezkor brigadalari kuchaytirilgan 24 soatlik ish rejimida, tunu-kun uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#UCHTEPA_TETK

⚡️HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA

🌧️🛠 Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan tumanning «Oʻrikzor» MFY Bositxon, Gʻazalxon, Samarbonu hamda Gulsanam koʻchalari hududidagi isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, hududdagi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish kabel tarmog‘ida modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

❄️ Assalomu alaykum!

❄️ Shanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

❄️ Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/12/13 02:19:33
Back to Top
HTML Embed Code: