Telegram Group Search
“Korrupsiyaga qarshi kurashish – adolatli jamiyat sari qadam”

Bugun, 8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida filial direktori M. Kuchkarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayevlar so‘zga chiqib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati va halollik tamoyillarining ahamiyati haqida fikr yuritishdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyasiz, halol mehnat va adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida barchaning hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.


🔗OʻzDXAUF Matbuot xizmati
Sayt |Telegram | Facebook |Instagram
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛔️⛔️⛔️⛔️📢📢📢📢

🎬 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!

Tanlovning maqsadi:
↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
↪️O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin.


📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi

🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

↪️1-o‘rin – 15 million so‘m
↪️2-o‘rin –12 million so‘m
↪️3-o‘rin – 10 million so‘m
↪️4-o‘rin – 8 million so‘m
↪️5-o‘rin – 5 million so‘m


🏆 Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#kun_hikmati

📌 Talaba bo‘lish — bilim sari yo‘lga chiqish demakdir.

🗄Jaloliddin Rumiy

🔗OʻzDXAUF Matbuot xizmati
Sayt |Telegram | Facebook |Instagram
#tilimiz_uchun

Oʻzbekcha gapiramiz!

🔗OʻzDXAUF Matbuot xizmati
Sayt |Telegram | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

Kontraktingizni to'ladingizmi? 12% pulingizni qaytarib olishni unutmang!

🔗OʻzDXAUF Matbuot xizmati
Sayt |Telegram | Facebook |Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Тожикистон Республикасига келди. Душанбе халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Тожикистон Бош вазири Қоҳир Расулзода ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Республику Таджикистан. В международном аэропорту города Душанбе главу нашего государства встретили Премьер-министр Таджикистана Кохир Расулзода и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/09 13:03:03
Back to Top
HTML Embed Code: