Telegram Group Search
Forwarded from Sirdaryo.uz
Qomusimizning ulug‘ qadri madh etilgan tantana


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bugun Guliston shahridagi Musiqali drama teatrida viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik qadriyatlar, inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotida Asosiy Qonunning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tantanali yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida Konstitutsiyamiz jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishda mustahkam huquqiy mezon bo‘lib xizmat qilayotgani, bugungi farovonlik va taraqqiyotning asosiy kafolati ekani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tadbiri san’atkorlar ijrosidagi vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Qomusimizning ulug‘ qadri madh etilgan ushbu tantana ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
👏1
«Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi»

9-dekabr — «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Guliston shahrida «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda faollar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, bugungi kunda uchrayotgan maishiy korrupsiya ko‘rinishlari hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, Guliston shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
1
Gulistonda «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi.

Tadbir davomida adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar, bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan «Huquqiy maslahat burchaklari» faoliyati yo'lga qo'yilib, aholi va yoshlarga Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan bepul maslahatlar berildi.

«Konstitutsiya ko‘chasi» doirasida konstitutsiyaviy taraqqiyot bosqichlarini yorituvchi tarixiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shaxsiy huquqlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Shuningdek, Sirdaryo yuridik texnikumi o‘quvchilari tomonidan  Konstitutsiya bo‘yicha kuiz va chellenjlar, viktorinalar o‘tkazildi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/12/08 14:49:36
Back to Top
HTML Embed Code: