Telegram Group Search
⚡️NukusDPIda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

▪️Bugun, 4-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, nuroniy ustozlar, institut jamoasi, joriy o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bayram tadbirini institut rektori Alisher Ubbiyev ochib berdi va ishtirokchilarni mustaqilligimizning 34 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

🔸Ta’kidlanganidek, yangi o‘quv yilining boshlanishi – ham ta’lim jarayonida, ham ijtimoiy hayotimizdagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, yoshlarimizni yangi maqsadlar sari yo‘naltiradigan voqeadir.

🔹Mustaqil yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor bugun soha mutaxassislari oldiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Prezidentimiz g‘amxo‘rligi bilan yaratilayotgan keng imkoniyatlar natijasida institutda ham zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.


O‘tgan yili institutning zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, joriy yilda 500 o‘ringa mo‘ljallangan 3-sonli talabalar turar joyi, zamonaviy sport majmuasi, shuningdek, futbol, yengil atletika va basketbol uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali sport maydonining foydalanishga topshirilgani kelajak egalarining ilm-fan sirlarini chuqur o‘zlashtirishi, ham jismoniy, ham intellektual jihatdan yetuk avlod bo‘lib yetishishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Respublikamizdagi birinchi oliy ta’lim muassasasi, o‘zining 90 yildan ortiq tarixiga ega bo‘lgan pedagogika institutida o‘qishni niyat qilgan yurtimizning o‘n minglab yoshlari orasidan bakalavriatning kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlariga ikki mingdan ortiq, magistratura mutaxassisliklariga esa ikki yuzga yaqin yoshlar o‘qishga tavsiya etildi.

↪️– Bugun mening hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri. Chunki, men ushbu institutning to‘laqonli a’zosiga aylandim. Bu dargoh – ilm-ma’rifat markazi, yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratadigan ta’lim maskani. Men 7 yildan buyon Yoshlar ittifoqi tizimida sardor bo‘lib ishlab kelyapman. Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatim tufayli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida institutning milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindim. Yurtimizdagi birinchi oliy o‘quv yurti hisoblangan bu dargohda O‘zbekiston Qahramonlari, akademiklar, davlat va jamoat arboblari yetishib chiqib, xalqimizga xizmat qilgan. Men ham ularning yo‘lini ibrat qilib, shu o‘quv yurtida o‘qishni maqsad qilgan edim. Bugun o‘z maqsadimga erishdim. Albatta, institutda bilim va ko‘nikmalarimni yanada takomillashtirib, kelgusida mamlakatimiz ta’lim sohasi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman, – deydi Gulbahar Yusupbekova.


Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbayev, institutga hukumat qarorlari bilan imtiyozli davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan yoshlar so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlarning oliy ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, ilm-fan bilan shug‘ullanib, o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi borasida yaratilayotgan sharoitlarni ta’kidlab, davlatimiz, hukumatimiz rahbarlariga, institut jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Institutda yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” va “Tanishuv haftaligi” bilan davom etmoqda.

Bizni kuzating

🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook
Telegram   🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Xalıqaralıq_birge_islesiw

JICA volontyorları óz jumısın basladı

Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrligi menen birgelikte Yaponiyanıń JICA xalıqaralıq birge islesiw agentliginiń volontyorları Respublikalıq Balalar kitapxanasında yapon tili dógeregin shólkemlestiriwde óz ara kelisilgen edi.

☄️ Bul JICA xalıqaralıq birge islesiw agentliginiń volontyorları Nókis qalasına jetip keldi hám Qaraqalpaqstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministriniń birinshi orınbasarı A.Dauletbaev hám ministr orınbasarı M.Shlımbetova menen ushırastı.

➡️ Usı jıldıń sentyabr ayınan baslap grant qarjıları esabınan Yaponiyanıń JICA xalıqaralıq birge islesiw agentliginiń volontyorları Respublikalıq Balalar kitapxanasında Izumi Miazima hámde Shımbay rayonı 38-sanlı ulıwma orta bilim beriw mektebinde Mizobuchi Yuno yapon tili dógeregin shólkemlestirip, jumıs basladı.

✔️ Volontyorlar 1 jıl 7 ay dawamında elimiz jaslarına yapon tili hám mádeniyatı boyınsha sabaq beriwi rejelestirilmekte.
____________
#Xalqaro_hamkorlik

JICA volontyorlari o‘z ishini boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi volontyorlari Respublika Bolalar kutubxonasida yapon tili to‘garagini tashkil etishda o‘zaro kelishilgan edi.

☄️ Ushbu JICA xalqaro hamkorlik agentligining volontyorlari Nukus shahriga yetib keldi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev va vazir o‘rinbosari M.Shlimbetova bilan uchrashdi.

➡️ Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab grant mablag‘lari hisobidan Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi volontyorlari Respublika Bolalar kutubxonasida Izumi Miazima hamda Chimboy tumani 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Mizobuchi Yuno yapon tili to‘garagini tashkil etib, ish boshladi.

✔️ Volontyorlar 1 yil 7 oy davomida yurtimiz yoshlariga yapon tili va madaniyati bo‘yicha dars berishi rejalashtirilmoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook
Telegram   🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Joqarǵı Keńes.uz
Кегейли районы «Гүжим терек» мәҳәллесинде жаңа мектеп қурып питкерилди

Елимизде барлық тараўлар қатарында билимлендириў тараўына да айрықша итибар қаратылып, бул бағдарда кең көлемли иләжлар әмелге асырылмақта. Билимлендириў мәкемелериниң материаллық-техникалық базасы беккемленип, балалардың сапалы билим ийелеўи ушын қолайлы шараятлар жаратылмақта.

Ҳүрметли Президентимиздиң 404-санлы қарары менен «Социаллық ислеп шығарыў инфраструктурасын раўажландырыў» бағдарламасына тийкар республикамызда кең көлемли қурылыс оңлаў жумыслары алып барылды.

Атап айтқанда, Кегейли районы «Гүжим терек» МПЖ аймағынан 13,5 млрд. сум қаржы тийкарында жаңадан 330 орынлы мектеп имараты қурылды ҳәм пайдаланыўға тапсырылды.

Кегейли тумани «Гүжим терек» маҳалласида янги мактаб қуриб битказилди

Юртимизда барча соҳалар қатори таълим соҳасига ҳам алоҳида эътибор қаратилиб, бу борада кенг кўламли чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Таълим муассасаларининг моддий-техник базаси мустаҳкамланиб, болаларнинг сифатли таълим олиши учун қулай шароитлар яратилмоқда.

Ҳурматли Президентимизнинг 404-сонли қарори билан «Ижтимоий ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш» дастурига асосан республикамизда кенг кўламли қурилиш-таъмирлаш ишлари олиб борилди.

Хусусан, Кегейли тумани «Гүжим терек» МФЙ ҳудудида 13,5 млрд. сўм маблағ асосида янгидан 330 ўринли мактаб биноси қурилди ва фойдаланишга топширилди.

Каналға ағза болыў: @joqargikenes

Website|Telegram|Instagram| Facebook| YouTube


✈️Vazir Qoraqalpog’istonda — ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari o’rganilmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

📍 O‘rganishlar davomida vazir Nukus shahrida barpo etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

📊 Mazkur ta’lim maskani “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, 870 o‘quvchiga mo‘ljallangan.


🔴 Hozirda maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Vazir E’zoza Karimova shu kuni Gimnastika maktabi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

🔰
Jarayonlarni o’rganib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Joqarǵı Keńes.uz
Ғәрезсизлик адымлары

Қарақалпақстанда Ҳүрметли Президентимиз тәрепинен әмелге асырылып атырған реформалар, жаратылған имканиятлар ҳәм халық абаданлығы жолында қойылып атырған қәдемлер ҳаққында ҳүжжетли фильм.

Мустақиллик қадамлари

Қорақалпоғистонда Ҳурматли Президентимиз томонидан амалга оширилаётган ислоҳотлар, яратилган имкониятлар ва халқ фаровонлиги йўлида қўйилаётган қадамлар ҳақида ҳужжатли фильм.


Каналға ағза болыў:
@joqargikenes

Website|Telegram|Instagram| Facebook| YouTube
2025/09/05 19:07:05
Back to Top
HTML Embed Code: