Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahor mahallasida mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda

«Bir ko’cha – bir mahsulot» tamoyili asosida Guliston shahrining Bahor mahallasida tadbirkorlar faoliyati yuzasidan press-tur tashkil etildi.

👉 Batafsil

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Metan zapravkalar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.

Ertaga, 6-mart kuni soat 9:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni noqonuniy “turfirma” yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz!

Litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari orqali Umra safariga boring!

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Ulug‘ yo‘l mahallasida fuqarolar kabuli bo‘lib o‘tdi

Guliston shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i Shuhrat Raqibov tomonidan Ulug‘ yo‘l mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 10 nafar fuqarolar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llar, davolanish, ichimlik suvi va shu kabi masalalarda 10 ga yaqin murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal kilinib, qo‘shimcha muddat va o‘rganish talab etadigan murojaatlarni qisqa fursatda hal etish bo‘yicha masʼul idora vakillariga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
📊 #Infografika

▪️ Guliston shahrida tashqi savdo tovar aylanmasining statistik ko‘rsatkichlari
(2024-yil yanvar-dekabr)

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Guliston shahridagi sport obyektlari bilan tanishildi


Erkinjon Turdimov viloyat markazida joylashgan qator sport muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, “Alpomish” sport majmuasi hamda viloyat suv sporti maktabida yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, 4-tip sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi ishtirokchilari va murabbiylar bilan suhbatlashildi.

Har bir obyektda yoshlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berish, sportga keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sirdaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YHM) o‘sishida tarmoqlarning hissasi qancha?

2024- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining YHM o‘sishiga:

▪️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i - 0,5 f.p. (foiz punkt);
▪️sanoat tarmog‘i – 1,8 f.p.;
▪️xizmat ko‘rsatish sohasi – 2,1 f.p.;
▪️mahsulotlarga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Statistika boshqarmasi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Bugun qisqartirilgan ish kuni!

Bugun odatiy ish kunidan bir soat ertaroq ketishingiz mumkin va bunga qonunan haqlisiz. Chunki ertaga 8 mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Qonun himoyasida: profilaktikadan fuqarolar xavfsizligiga
#Diqqat

Joriy yilning 13-mart kuni Guliston shahri hokimining o'rinbosari Aziz Komilov «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berib o'tadi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudyalarning vakolatlarini mustahkamlash va ularning xolis qaror chiqarishi uchun sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, hanuzgacha sud mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatishga urinish holatlari uchrab turibdi.

👉🏻 Batafsil

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Sirdaryo viloyatidan 1110 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 111 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 149 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 11 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 116 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 281 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 185 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 127 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 85 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 45 tа (ko'rish)

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Rahbar kadrlar uchun navbatdagi o‘quv o‘tkazildi


Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda. Davlat xizmatchilarining kompetentligi bugungi kunning dolzarb masalasi. Kadrlar ko‘nimsizligiga chek qo‘yish, har bir ishni mahorat bilan olib boruvchi, ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llay oladigan davlat xizmatchilari safini oshirish har doim muhim.

Aynan shu maqsadda, Sirdaryo viloyatida viloyat va hududlar boshqaruvida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quvlar o‘tkazib borish an`anaga aylanmoqda.

Shunday o‘quvlarning navbatdagisi bugun viloyat hokimligida Erkinjon Turdimov rahbarligida o‘tkazildi. Unda, rahbar kadrlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish borasida ma`ruzalar qilindi. Mavjud holat, yo‘l qoyilgan xato-kamchiliklar, bo‘shliqlar tahliliy-tanqidiy ruhda aniq misollarda ko‘rib chiqildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Shaffoflik va tezkorlik - viloyat axborot siyosatining asosi
2025/08/24 12:44:39
Back to Top
HTML Embed Code: