group-telegram.com/guzorpress/37561
Last Update:
#bayramga_tuhfa
G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan G‘uzor tumani Tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida yangi zamonaviy uskunalar olib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan grant tanlovida “EKOSAN” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondining Qashqadaryo viloyati hududiy filiali taqdim etgan “Zamonaviy tibbiyot – xavfsiz hayot kafolati” loyihasi g‘olib deb topildi.
Mazkur loyiha doirasida G‘uzor tumani Xo‘jaguzar mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga 3 dona zamonaviy avtoklav uskunasi yetkazib berildi.
Uskunalarni topshirish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Muhitdinova, Qashqadaryo viloyati Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hududiy bo‘linmasi vakillari, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.
Zamonaviy avtoklav uskunalari tibbiy asbob-anjomlarni yuqori sifatli sterilizatsiyadan o‘tkazish imkonini beradi va bemorlar uchun xavfsiz xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun: Grant dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ularning barchasi hududlarda aholining dolzarb muammolarini hal etish, farovonligini oshirish hamda davlat va jamoat institutlari hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan.
Kanalga ulanish