Bahslar va tarixiy kelishuv — tilshunoslarning alifbo masalasidagi konferensiyasidan katta reportaj
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha deyarli 30 yilga cho‘zilgan ishlar va nihoyat, tez orada yakuniga yetadigan ko‘rinadi.
22-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tgan hamda o‘zbek tilshunos olimlarini jamlagan konferensiyada ayni shu masalada tarixiy kelishuvga erishildi.
Konferensiyada ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat takomillashtirilgan alifbo loyihasi taqdim etildi.
Unga ko‘ra, takomillashgan alifboda eng muammoli bo‘lgan va shu muammolar sabab hamon kirill yozuvidan to‘la voz kecholmayotganimiz – to‘rt harfni o‘zgartirish taklif etildi. Taklif esa quyidagicha: alifbodagi o‘, g‘ va sh harflarini 1993 yilgi shakllariga (õ, ğ, ş) qaytarish, ch undoshini esa lotincha c harfining aynan o‘zi, ya'ni dumsiz shakli bilan ifodalash ko‘zda tutilgan. Ch harfini S.s tarzida ifodalash shaklini shuningdek, 1928–1940 yillarda jadid bobolarimiz ta'sis etgan lotincha alifboda ham ko‘rish mumkin.
• O‘ o‘ — Õ õ
• G‘ g‘ — Ğ ğ
• Ch ch — C c
• Sh sh — Ş ş
Tadbir davomida ilgari surilgan ushbu to‘rt o‘zgarish borasida olimlar, o‘zbek tili va alifbosi muammolarini yoritib kelayotgan jurnalist va blogerlar hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari fikrlari haqidagi maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
📹👉https://youtu.be/93ewj_CjmEQ
@haqiqatdaIlyos

YouTube
O‘zbek olimlari alifbo borasida tarixiy kelishuvga erishdi
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha deyarli 30 yilga cho‘zilgan ishlar va nihoyat, tez orada yakuniga yetadigan ko‘rinadi.
22 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tgan…

👍51👎30😍2
Alifbo islohi bo'yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan CH ifodasi uchun C shakli taklifi berilishi xato bo'ldi va jamoa o'z ishini yana murakkablashtirib oldi, deya hisoblayman.
CH avvalgi yig'inlarda qaror qilingani kabi Ç ko'rinishida bo'laverishi kerak edi. Ko'pchilik shu shaklni qabul qilib boshlagandi ham.
Bugungi alifbomiz hech shubhasiz, o'zgarishi shart. Chunki, xohlaymizmi, yo'qmi, ishni boshidan chala qilganmiz va ana shu chala ish bugun savodsizlikni davomiy bo'lishini ta'minlamoqda.
Hurmatli olimlar, keling, o'zgarishi kerak bo'lgan shu to'rt harfni
Õ
Ğ
Ş
Ç
shaklida qilaveraylik. Yangilik izlasak topilaveradi, ammo maqsadga yetolmaymiz.

👍167👎30🤣10🔥4👏4😁3🤯2😐2
«Kompromatuzb ishi» bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi
Hukmga ko‘ra:
Xurshid Daliyev Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi (reabilitasiya uchun asoslar) 1-bandiga asosan jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitasiya etildi (oqlandi).
Xurshid Daliyev Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi umumiy tartibli koloniyalarda o‘ttatirilishi belgilandi.
Siyovush Xoshimov Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitasiya etildi (oqlandi). S. X. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi umumiy tartibli koloniyalarda o‘ttatirilishi belgilandi.
Ahmadillo Ahmadjonov Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitasiya etildi (oqlandi). Unga nisbatan 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha e'lon qilingan ayblovning qolgan epizodlari Jinoyat kodeksining 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 1-qismiga qayta malakalandi. Shu tariqa Ahmadullo Ahmadjonov Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mavjuda Mirzayeva Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 59-moddasi tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

🤬106😢20👍12😱7👎6🔥2🤔1
O'tgan yili shu intervyuni tayyorlash paytida Akfa universitetidagi sharoitlar bilan batafsil tanishib chiqdim. O'shanda talaba uchun degan sharoit borki, hammasi muhayyo qilingan universitet O'zbekistonda bitta bo'lsa, bu ham Akfa ekan, deya xulosa qilganman, hayratlanganman.
Ammo meni undan ham ko'proq hayratlantirgani shunday katta tizimni a'lo bahoga yuritayotgan yosh rektor – Bekzod Jalilov bo'lgandi.
O'quv standartlari dunyoning eng yaxshi universitetlarinikidan olingan, xorijdan kuchli pedagoglar jalb qilingan, texnologiyalarning eng yangilari shu universitetda, talabalar bilan yaqin do'st, sirdosh, kerak bo'lsa, har kuni oshxonada ular bilan birga ovqat yeb, yangi rejalar haqida suhbatlashadi...
O'zing o'yla, manaman degan boshqaruv tizimlarini ko'rgan rektorlar bugun shunday natijaga erisholmayapti. Jin ursin, 31 yoshli Bekzod buni qanday uddalayapti, deya o'zimga savol berganman.
Keyinchalik Bekzod Jalilovning tushunarsiz ravishda ishdan olingani, uning o'rniga 70 ga yaqinlashgan sobiq davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning kelgani-yu, talabalar bundan norozi ekani haqida xabarlarni o'qidim.
Yaqinda shu universitetda Abduvohidov ishtirokidagi mojaroli video, unda Bekzodga nisbatan turli ayblovlar va uning ortidan Bekzodning o'zi bildirgan munosabat tarqaldi.
Bugun kelgan ba'zi xabarlarga ko'ra, Bekzod Jalilov ayni paytda qamoqda emish. Nima deyishga ham hayronman. Xabarlarni o'qiganimda miyamga birinchi kelgan fikr Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning kecha jurnalistlarga qarata aytgan fikrlari bo'ldi: "chuqurlashmanglar".
O'ylab qarasam, Bekzod chindan ham yaxshi rahbar bo'lish, ishonchni oqlash, ta'limni rivojlantirish yo'lida chuqurlashib ketgan ekan. Chuqurlashishning badali esa bizda qiyinroq o'taladi.
Ilohim, o'qigan xabarim yolg'on bo'lib chiqsin.

Eng yosh rektor va Akfaning xorijdan kelgan kuchli o'qituvchilari bilan suhbat
Dunyodagi rivojlangan universitetlarda yer maydoni yoki qandaydir mantiqsiz talablarga (forma, ko‘rinish, davomat va h.k) emas, ta'lim sifati, amaliyot va bitiruvchilarning kelgusida qanday nufuzli korxonalarda ishlab keta olishi kabi ko‘rsatkichlarga e'tibor…
👍75😢37🤬12❤5🤔2💯2
Osmon jismlari quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlangani kabi, zamonaviy o'zbek she'riyatining barcha vakillari Cho'lpon, Muhammad Solih va Rauf Parfi ijodiy maydoni atrofida shunday aylanishadi.
Ey siz, to‘yganlar,
Ey Siz, bashang olomon,
Yuzingizga sepaman so‘zlarimni...
Ha, hech narsa yo‘q menda, hech narsa.
Xotin — yo‘q,
Farzand — yo‘q,
Do‘st — yo‘q
Vatan — yo‘q.
Yo‘qotganlarimning alami-zahri,
Ko‘ksimdagi sanchiq olami,
She'riyatdan boshqa,
Hech narsa, hech narsa, hech narsa.
Rauf Parfi
@haqiqatdaIlyos
Ey siz, to‘yganlar,
Ey Siz, bashang olomon,
Yuzingizga sepaman so‘zlarimni...
Ha, hech narsa yo‘q menda, hech narsa.
Xotin — yo‘q,
Farzand — yo‘q,
Do‘st — yo‘q
Vatan — yo‘q.
Yo‘qotganlarimning alami-zahri,
Ko‘ksimdagi sanchiq olami,
She'riyatdan boshqa,
Hech narsa, hech narsa, hech narsa.
Rauf Parfi
@haqiqatdaIlyos
🔥122👍34🤔8⚡3😢3💯3❤2🥰1🕊1
Qaysi sohani rivojlantiramiz, isloh qilamiz, deya selektor, yig'ilish o'tkazilayotgan bo'lsa, o'sha tizim yo orqaga ketyapti va yoki tizimdagi narxlar odamlarga og'irligi tushadigan darajada qimmatlayapti.
Iltimos, to'xtating islohotlarni.
Ma'lumot uchun: O'zbekistonda poyezd chiptalari narxi 50 foiz, "Afrosiyob" chiptalari narxi 100 foizga oshirildi.
Odamlarning xarid qobiliyati bilan hisoblashilmaydigan ijtimoiy davlatga xush kelibsiz.

😢180👍52🤬28😁7🔥4💯3👎2❤1⚡1🤔1😱1
Kitobdan olingan dahshatli xulosalar
* Hayvonlarda xotira va zehn yo‘qolib boradi. Bu fojia. Kecha baxtliroqmidi yoki bugun? Shuni anglolmaydi. Ular faqat gapirib turgan, amalda tepasiga chiqqanlarnigina eshitar va ishonar edi.
* Faqat cho‘chqalar va itlarning ozuqasi kamaymadi. Itlar cho‘chqalarning qo‘riqchisi edi. Qolganlarning ehtiyoji “moslashtirildi”.
* Hamma hayvonlar mehnati evaziga kelgan mablag‘ bilan cho‘chqa bolalari uchun maxsus maktablar quriladigan bo‘ldi. Vorislar tayyorlandi.
* Hayvonlar ishonishni yaxshi ko‘rardi. Ko‘nishni yaxshi ko‘rardi. Bu fikrlash, qarshi chiqish, haqqini talab qilishdan ancha oson edi.
* Cho‘chqalar Boksyor (ot)ni bir umr ishlatishdi. Og‘ir mehnat uni o‘lim yoqasiga olib keldi. Va u qarigan vaqtda nafaqaga chiqolmadi, yiqildi. Cho‘chqalar uni shifoxonaga jo‘natyapmiz deb, qassobxonaga topshirdi. Bir necha kundan so‘ng uning xotirasiga ziyofat uyushtirildi. Maishatbozlik qilindi. Qassobxonadan kelgan mablag‘ evaziga... Hayvonobodda biror jonzot nafaqaga chiqmadi.
* Qo‘ylar aralashganda hamma hayvonlar fikrlashdan to‘xtardi. Chunki ular o‘rgatilgan gapni aytar, tabiatidan kelib hech narsaga qarshi bormasdi. Ularning shovqini boshqa hayvonlarning fikrlashiga, mulohazani davom ettirishiga yo‘l qo‘ymasdi. Qo‘ylardan hamisha shunday foydalanilardi.
* Muxoliflar o‘ylab topildi. Tarix o‘zgartirildi. Istagani o‘chirilib, istagani yozildi. Bu haqda hayvonlarga shunchaki, ma'lumot berib turildi. O‘sha ma'ruzalarning yakuni har safar "Biz avvalgidan yaxshi yashayapmizku, o‘sha kunlarga qaytishni istamassizlar" deb tugatilardi. Hayvonlar avval qanday yashaganini eslolmadi. Benjamingina (qari eshak) befarq edi. U hech qachon hayot o‘zgarmaganini bilardi. Avval ham, hozir ham hammasi rasvo edi.
* Ular ozod bo‘lmoqchi edi. Odamlar zulmidan qutulib, mehnatiga yarasha yashamoqchi edi. Molxona nomini “Hayvonobod” deb o‘zgartirishgandi. Ilk ideologiya, orzu shunday edi. Tepaga kelgan cho‘chqa ideologiyani yillar davomida o‘zgartirib bordi. Molxonaning Konstitusiyasini, tutumini o‘zgartirdi. Bora-bora ikki oyoqda yura boshladi. Barcha hayvonlar cho‘chqa va cho‘chqazodalarga xizmat qila boshladi. Go‘yo abadiy shunday bo‘lib kelgandek.
* Va yakunda boshdagi ozodlik, farovon hayot g‘oyasi unutildi. Amalda hayvonlar qul bo‘ldi. Hayvonobod Respublikasi yana “Molxona” nomini oladigan bo‘ldi. Bu cho‘chqalarning xohishi edi. Bunga e'tiroz qiladigan, ilk maqsadni eslay oladiganlar u vaqtga kelib unutilib bo‘lgandi. Aqllilar o‘lgandi, ruhlar sindirilgandi. Hayvonlar boriga ko‘nishga mahkum edi.
P/S: Ushbu xulosalar Jorj Oruelning “Molxona” asaridan olindi. Ushbu kitobdan bir necha kitobga siqqulik xulosa olish mumkin, menimcha hozircha shunisiyam yetadi. Avval ham o‘qiganman bu asarni, yana o‘qidim. Dahshat!
© Isomiddin Po'latov

👍115💯21😢13👌7😐5🔥4🤯3❤2⚡1
Bir necha kun avval yakuniga yetgan "Tashkent International Film Festival"iga eng qadrli mehmon sifatida chaqirilgan, "O'zbekkino" rahbarlari poy-patak bo'lib xizmatini qilgan va bizning yosh kinochilarga mahorat darsi o'tib bergan rossiyalik aktrisa Natalya Varley Rossiyaga qaytishi bilan katta intervyu beribdi.
Intervyu davomida undan SSSR haqida so'ralgan. Kampir savolga javoban aytmoqdaki, SSSRning tugatilishi asrning eng katta xatosi edi, buning uchun ish boshida turganlarni hech qachon kechirmayman. "Buning boshida turgan Gorbachyov va Yelsin vatan sotqinlaridir".
Undan yana so'ralmoqda: SSSR qayta tiklanishi mumkinmi?
– Endi buning iloji bo'lmasa kerak, chunki bizning Osiyodagi mahalliy "царёк" – podshohchalar buni xohlamaydi.
Eslab qoling, bu kabi festivallar, unga chaqirilayotgan mehmonlarning g'oyalari bir kuni boshimizga katta balo bo'lib yog'iladi.

👍172🤬69🔥9🤯4😢4💯4⚡3🤨1
Bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish bo'yicha birinchi sudda tayinlangan jazo apellatsiya sudida ham o'zgarishsiz qoldirildi.
@haqiqatdaIlyos
@haqiqatdaIlyos
🤬213👎22👍15🔥1🤔1
Ilyos Safarov
Video
Germaniyalik siyosatchi, Yevropa parlamenti a’zosi Viola von Kramon parlamentdagi nutqida O‘zbekiston haqida shunday deyapti:
O‘zining yosh, mehnatkash aholisi, tabiiy boyliklari va boy tarixi bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoning muvaffaqiyat tarixi bo‘lish uchun barcha narsaga ega. Shunga qaramay, u yerda odamlar qiynalyapti, resurslar va yer erroziyaga uchrayapti, avtokratik qo‘shnilar Xitoy va Rossiya esa mamlakatni o‘zlarining shaxsiy o‘yin maydonchasiga aylantirib olgan. Yevropa Ittifoqi nafaqat O‘zbekiston bilan savdo-sotiq qilishi, balki u yerdagi inson huquqlari buzilishiga ham jim qarab turmasligi kerak.
Albatta, paxta dalalaridagi ishlash sharoitlari yaxshilanyapti, bolalar mehnatiga barham berilyapti, lekin hali qilish kerak bo‘lgan ishlar juda ham ko‘p. Suv resurslari noto‘g‘ri sarf qilinyapti, shaharlar zaharli changga to‘lgan, mamlakat esa qisman cho‘lga aylanib boryapti. Agar bu jarayonlar orqaga qaytarilmasa, O‘zbekistondagi 35 milliondan ortiq aholini ekologik falokat kutmoqda. Yevropa Ittifoqining ehtimoliy kengayishi O‘zbekistonni mintaqaga ancha yaqinlashtiradi, bu mamlakat fuqarolari Xitoy va Rossiya o‘rnini bosadigan alternativ demokratiyaga haqli. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga yanada yaqinroq bo‘lishi kerak, shunda u yerdagi odamlarning hayotini yaxshilash va ekotizimini asrab qolishda ko‘proq natijaga erishadi.

👍362😢10👎8❤5😁5🔥4🤔3
Toshkent "o‘pkasi" – Botanika bog‘ini yo'qotish ostonasida turibdi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ishlab chiqqan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha istirohat bog‘lari hokimliklar huzurida tuziladigan "Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyasi"ga o‘tkazilishi mumkin.
Bu bilan esa istirohat bog‘larida savdo, pullik xizmat ko‘rsatish, obyekt va yer uchastkalarini ijaraga berish mumkin bo‘ladi.
Loyiha mualliflari shu bahonada Fanlar akademiyasiga qarashli noyob daraxt, o‘simlik turlari mavjud "Botanika bog‘i"ni ham direksiyasi tasarrufiga o‘tkazmoqchi.
Agar bog‘ hokimiyatga o‘tsa, u olimlar qaramog‘idagi tabiat dunyosi obyektidan, biznes obyektiga aylanadi. Biznes esa shafqatsiz, u na bog'lar va na yashil tabiat tarafdorlari bilan hisoblashadi.
Hozirda yozilayotgan minglab e'tirozli fikrlarga hukumat qanday munosabat beradi, hali bilmayman, ammo bog'ni biznesga bersak, vaziyat yaxshiroq bo'ladi, deyilgan va'da qaysi rahbarning og'zidan chiqsa ham, bilingki, u yolg'ondan boshqa narsa bo'lmaydi.
Chunki pul bor joyda hokimliklarning insonlar manfaati, sog'lig'i, ekologiyani chetga surib qo'yishini ko'p ko'rdik va ko'ryapmiz. Bu borada ishonchimiz o'lganiga ancha bo'lgan.

🤬148👍40🤨4❤1👎1😁1
Hokimlik Botanika bog'ining mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e'tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirilishiga yo‘l qo‘ymaydi - Toshkent shahar hokimligi
@haqiqatdaIlyos
@haqiqatdaIlyos
😁107👍36❤4🎉4
Faqat Botanika bog'i emas, O'zbekistondagi har bir bog' hokimliklar va ularda ishlovchi daraxtkushlardan qattiq turib himoya qilinishi kerak.
@haqiqatdaIlyos
@haqiqatdaIlyos
👍295😁25👏11🔥9❤8👎1
“Temir xotin”ning qozoq ijodkorlari talqinida ishlangan “Yap-yangi Alomatxon” filmi premyerasiga taklifnoma yuborishdi
“Temir xotin” – temirdan ko'ra bardoshliroq bo'lgan o'zbek qishloq ayollari ramziga aylangan film. O'z vaqtida rejissor Isamat Ergashev uni shu qadar muvaffaqiyat bilan
suratga olganki, oradan 33 yil o'tib endi qozoq ijodkorlarini ham ortga qaytishga majbur qila oldi.
Eshitishimcha, “Yap-yangi Alomatxon” qozoq tomoshabinlari orasida yaxshi kutib olingan. Endi esa filmning O'zbekistondagi namoyishlari boshlanmoqda. Bu jarayonni kuzatish men uchun bir necha jihatlar bilan qiziq.
Birinchidan, “kino prakat” o‘lib borayotgan bir paytda uning O’zbekistonga olib kirilishi qozoqlar tomonidan qilingan katta tavakkal. Ko’ramiz, bu tavakkal natijasi qanday bo’larkin.
Ikkinchidan, o’zbeklar qozoq “Alomat”ini va yana uni yangicha talqinda qanchalik qabul qila oladi?
Vaqt topsangiz, premyeraga albatta boring. Chunki oxirgi yillarda Qozog'istonda kino san'ati (sanoati) shu qadar gurkirab rivojlanmoqdaki, bu qo’shnilarimizning o'zbek kinosiga murojaat qilishi bo’yicha oxirgi holat bo’lishi mumkin. Buyog’iga katta evrilish boshlanmoqda: qo’shnilar ishiga, san’atiga havas qilish navbati bizda.
Premyera vaqti ertaga 18:00 da Alisher Navoiy ko'chasidagi "Kinochilar uyi"da.

👍62🔥4👏2🤔2
Mustaqil bo‘lganimizga 30 yildan oshayapti, lekin haliga qadar “O‘zbekiston siyosiy millati” shakllangani yo‘q. O‘zbekistonning milliy manfaatlarini anglay olmaymiz. Davlat bilan xalq haliga qadar jips emas, yashirincha va oshkora tirashuv ko‘p.
*
Siyosiy qarashlarimiz juda mo‘rt. Tashqi dunyo bizni istaganicha manipulyasiya qilishi mumkin. Istaganicha bo‘lib tashlashi va o‘yin qilishi mumkin. Oddiy masalalarda kelisha olmaymiz. Turkiy ittifoq borasida qarashlarimiz primitiv. O‘zbek, turkiy, islomiy o‘zliklarimizni qo‘rg‘oshin kabi qorishtirib, yagona mustahkam birlik yasay olmaymiz.
*
Siyosiy millat emasmiz. Siyosiylashuvdan qo‘rqamiz. Hokimiyatdan qo‘rqamiz. Hokimiyat ham xalqdan cho‘chib turadi. Eng fundamental masalalarda ham, qarashlarimiz juda murt va ziddiyatli. Falastin desa “o‘zlari aybdor, terrorchilar!” deymiz.
*
Axir kecha bizni bobolarimiz ham “bosmachi” deyilgan edi-ku?! Bosqinchilar qachon o‘z opponetlarini yaxshi nom bilan nomlagan? Bosqinchilar qachon musulmonlarni, turkiylarni yaxshi nom bilan nomlagan??? Juda soddamiz. Boshqalarning pes va moxovligi oldida, biz axmoq va go‘lmiz...
©️Kamoliddin Rabbimov

👍152💯18👏11🔥4😢3👎2😁1
2018-yilda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarligiga Surayyo Rahmonova ismli huquqshunos mutaxassisligiga ega ayol tayinlandi. O‘shanda mening ham sohada ish boshlagan ilk oylarim edi.
Esimda, lavozimga kelarkan, jurnalistlar bilan bo'ladigan munosabatlarda yangi matbuot kotibining o'rni tezda sezila boshlagandi. Jumladan, Surayyo Rahmonova bunga qadar nafaqat Bosh prokuratura va boshqa huquq idoralarida ham kuzatilmagan shaffoflik va tezkorlikni yo'lga qo’yishga muvaffaq bo’ldi.
Uning berilgan savolga tezda javob qaytarishi, o’rganiladigan masala bo’lsa, buni imkon qadar xushmuomalalik bilan tushuntirib, natijasini tezda bildirishini boshqa ko’plab hamkasblarim ham e’tirof etishgan.
Ammo bir muddat o’tib Rahmonova noma'lum sabablarga ko'ra (Otabek Murodov ishi bilan bog'liqligi aytiladi) ishdan olindi. Shu bilan Bosh prokuraturadagi ochiqlikning qisqa muddat davom etgan yangi bosqichi ham yakunlandi.
Keyinchalik Surayyo Rahmonovaning AOKAda bo’lim boshlig’i va Senat matbuot xizmatidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan bevosita xabardorman.
Bugun Surayyo Rahmonova O’zbekistonda juda muammoli va bu muammolar so’nggi yillarda yaqqol ko’zga tashlanayotgan bir sohaga rahbar sifatida tasdiqlanadi. O’ylaymanki, uning yangi faoliyati ham avvalgilari kabi ochiq, shaffof va eng muhimi, soha uchun foydali bo’ladi.
Yaxshisini e’tirof qilish ham kerak.

👍110❤13👏2😁2
Ilyos Safarov
2018-yilda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarligiga Surayyo Rahmonova ismli huquqshunos mutaxassisligiga ega ayol tayinlandi. O‘shanda mening ham sohada ish boshlagan ilk oylarim edi. Esimda, lavozimga kelarkan, jurnalistlar bilan bo'ladigan munosabatlarda…
P.S: Afsuski, bu tayinlovni joyidan turib yoritish va Surayyo Rahmonovadan yangi vazifa haqidagi fikrlarini so’rash imkoniga ega emasmiz. Chunki Parlamentga jurnalistlar kiritilmay qo’yganiga ancha bo’lgan.
Jamoatchilikning Qonunchilik palatasidagi yig’inlar onlayn ham berib borilishi kerak, degan talabini jurnalistlar endi parlamentga kiritilmasa ham bo'ladi, deya tushungan shekilli, so’rovlarimiz parlament rahbariyati, matbuot xizmati tomonidan doimiy tarzda rad etib kelinmoqda.
Yana bular tilida Parlament xalq uyi, deputat xalq noibi emish, he o’rgildim.

👍128🤬31😁13🤯4🕊2👎1🔥1🤔1
Yaxshi, lekin ba'zi savollar bor, o'rtoq "deputat".
O'zbekistonda partiyalar bir-birinikidan farqlanuvchi, masalan, hukmron partiya g'oyalarini inkor qiluvchi qarashlarga egami, u haqda gapira oladimi?
Nega 2019-yildan boshlab chaqirig'i tugashiga 1 yil qolayotgan to shu bugungi kunga qadar biror partiyaning boshqasi bilan g'oyaviy kurashga kirganini ko'rmadik?
Siyosatda g'oyalar, qarashlar kurashishi kerak bo'lsa, siz, "milliy tiklanishchi" qanday qilib qarashlari o'zingiznikiga umuman teskari bo'lgan liberal partiya g'oyasini ma'qullab, uning targ'ibotida javlon urdingiz?
O'zbekistonda partiyalar siyosiy institut darajasiga chiqqanmi? Ular davlat boshqaruvida mustaqil, o'zi istagani kabi ishtirok eta oladimi?
G'oyalar, qarashlar kurashi mamlakat uchun foydali ekan, buni e'tirof etarkansiz, nega ularning kengayishi, ko'payishi uchun yangi partiya ochish talablarini yengillatish tashabbusi bilan chiqmaysiz?
Nega o'tilayotgan aralash saylov tizimida mustaqil nomzodlarning ishtiroki masalasiga keskin qarshi chiqyapsiz? Axir, aralash (majoritar va proporsional 50/50) tizimda sizni va siz kabilarni go'yoki qo'rqitadigan "buzg'unchilar" parlamentni egallab olishiga baribir sharoit bo'lmaydi-ku.
Siz va siz kabilar g'oyalar haqida 4 yildan beri faqat gapirasiz, amaliyotga kelganda esa negadir o'sha g'oyalarga teskari yo'ldan borasizlar.

👍156🔥16😁10💯10❤2