Telegram Group Search
#ma'rifat_ulashib_loyihasi

⚡️ “Ma’rifat ulashib” loyihasi iste’dodli talabalarga qanot bag‘ishlamoqda

Osiyo texnologiyalar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli adiblar Sayyora Samandarova hamda Muhammadali G‘affarov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida samimiy suhbatlar, go‘zal mushoiralar va she’rxonliklar orqali talabalar sevimli ijodkorlar ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuvda adiblarning sara asarlari talaba-yoshlarga mutolaa uchun tavsiya etildi, ularning hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni ijodga, adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 “Besh tashabbus” doirasida rektor kubogi musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi!

16- oktabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida "Rektor kubogi" musobaqalar doirasida o‘g‘il bolalarva qiz bolalar jamoalari o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etdi. O‘yinlar nihoyatda keskin, murosasiz va tomoshabop ruhda o‘tdi.


🏆 Musobaqa natijalari:
🥇 1-o‘rin — Google jamoasi
🥈 2-o‘rin — Yengilmas tarixchilar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Bo‘ron jamoasi

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2😍1
#ijodiy_uchrashuv

Qisqa tavsif
Olimjon Davlatov — 1976-yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tugatgan. Navoiyshunos olim. Filologiya fanlari doktori, professor.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ijodini, mumtoz adabiyot va o‘zbek adabiyotshunosligini chuqur o‘rgangan. Adabiyot va madaniyat sohasidagi tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy va adabiy faoliyati
O.Davlatov Alisher Navoiyning 4 jildli „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti, Hofiz Sheroziyning “Devon”ini lugʻat va izohlar bilan nashrga tayyorlagan. Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasini hozirgi oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqlashtirib, nashr ettirgan.

Xomanaiyning “Alloma Sadriddin Sheroziy”, Murtazo Mutahhariyning “Hofiz va irfon”, Lui Massinʼonning “Mansur Halloj” asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. “Ma’nolar xazinasi” nomli kitobi nashr etilgan.

“Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar, atamalar” lugʻati, “Falsafa: qomusiy lugʻat”, “Gʻarb falsafasi”, “Ibn al-Arabiy va uning vahdat ul-vujud falsafasi” kitobining muallifi. 2 jildli „Alisher Navoiy qomusiy lugʻati“ mualliflaridan biri.

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😍1
#ilmiy_amaliy_konferensiya

⚡️ Joriy yilning 24-oktabr kunlari Osiyo texnologiyalar universitetida Zamonaviy filologik tadqiqotlar:nazariya,amaliyot va innovatsion metodlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🗓 Konferensiya boshlanish vaqti:
24-oktabr , soat 10:00 da

📍 Konferensiya bo'lib o'tadigan manzil:
Osiyo texnologiyalar universiteti faollar zali

📁 Konferensiya dasturi bilan bu yerda tanishing.

🔗 ZOOM orqali konferensiyaga ulanish linki:
https://us06web.zoom.us/j/89490570511

➡️ Barcha professor-o'qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda barcha qiziquvchilarni ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4😍1
⚡️ Osiyo texnologiyalar universiteti talabalari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida bo‘lishdi.

Osiyo texnologiyalar universiteti talabalari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida rejissor Farhod Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan, Javlon Jovliyev inscenirovkasi asosida tayyorlangan “Farzandim – ko‘zim qarog‘i” nomli spektaklni tomosha qildilar.

Mazkur asar mashhur argentinalik yozuvchi Xulio Kortasarning “Bemorlarning salomatligi” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan bo‘lib, unda inson qadri, onalik mehrining cheksizligi, mushtipar onaning farzandlariga bo‘lgan sog‘inchi hamda ularning yo‘qotilgan taqdirini yuragida tirik saqlab yashashi chuqur dramatik ruhda aks ettirilgan.

Spektakl davomida talabalarda insoniy tuyg‘ular, mehr-oqibat, sabr va matonat kabi yuksak qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmat va e’tibor uyg‘ondi. Tomosha yakunida talabalar spektakl ijodkorlariga samimiy olqishlar va minnatdorchilik bildirdilar.

Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning estetik dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy va jahon san’ati durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ma’naviy yetuk shaxslar sifatida kamol topishlariga xizmat qiladi.

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍4😍2🔥1
2025/10/24 01:53:34
Back to Top
HTML Embed Code: