Telegram Group Search
Forwarded from Edu.uz
UI GreenMetric 2025: O‘zbekiston oliygohlari dunyoning TOP-1000 taligida

5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingining rasmiy natijalari eʼlon qilindi. Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan oʻrin olgan taʼlim maskanlari orasida Oʻzbekiston oliygohlari ham munosib natijalar bilan qayd etildi.

Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda Oʻzbekistonning 79 ta oliy taʼlim muassasasi ishtirok etdi. Ulardan 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgani soʻnggi yillarda yurtimizda barqaror rivojlanish va “yashil kampus” tamoyillarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorini koʻrsatadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108655

#reyting #GreenMetric

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal (Usmonov Botir)
TKTI 951 уринда яшиллик рейтинги буйича
🔥3
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal (Usmonov Botir)
📘 “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”

🗓 2025-yil 3-dekabr kuni “Sanoat muhandisligi va menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasi hamda Professional ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

➡️ Tadbir davomida:
Talabalar tomonidan ijro etilgan she’riy chiqishlar
📘 Qomusimizga doir foydali ma’lumotlar
🎭 Vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari
😮 San’atkorona raqs chiqishlari
barchaga bayramona ruh bag‘ishladi.

🇺🇿 Konstitutsiya – yurtimiz taraqqiyoti va tinchligining mustahkam poydevori!

👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyam_qomusim

📘8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan poytaxtimiz markazida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi” 🇺🇿ma’rifiy loyihasiga Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tashrif buyurdi.

Institut o‘qituvchilari va talabalari ko‘chada namoyish etilgan ma’rifiy stendlar, interaktiv maydonchalar 📚 va huquqiy targ‘ibot tadbirlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi o‘rni va ahamiyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar olindi.

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasining ushbu tashrifi yoshlarimizda huquqiy savodxonlikni oshirish, Konstitutsiyaga hurmat va sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. 💙📖

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌎 Veb-sayt |📲 Telegram |🖥 Instagram| 👩‍🎓 Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️ “Kitob olami” kitoblar festivali

💳5–6 dekabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Kitob olami” kitoblar festivali o‘tkazildi.

Mazkur yirik ma’rifiy tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ustozlari va talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi. Institut vakillari festival doirasida tashkil etilgan taqdimotlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlarda qatnashib, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

📌 “Kitob Olami” festivalida ishtirokchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
➡️O‘zbekiston va xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblar taqdimotlari;
➡️Chegirmalar asosida badiiy va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish imkoniyati;
➡️Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ochiq muloqotlar;
➡️Mualliflarning shaxsiy imzo bilan taqdim etilgan kitoblari;
➡️Ilhomlantiruvchi sahnaviy chiqishlar, badiiy ko‘rinishlar va jonli musiqa;
➡️Bilimdonlar uchun yutuqli viktorinalar;
➡️Eng faol ishtirokchilar uchun kitob sovg‘alari. 🌟


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasining ushbu festivalda ishtiroki yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qiladi🇺🇿

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌎 Veb-sayt |📲 Telegram |🖥 Instagram| 👩‍🎓 Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/12/08 04:29:41
Back to Top
HTML Embed Code: