Telegram Group Search
#temurbeklar #tashrif

TEMURBEKLAR MAKTABIDAN TASHRIF

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda, seminar-trening ishtirokchilari — Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va ixtisoslashtirilgan maktab-internat rahbarlari tashrif buyurushdi.

🇺🇿Mehmonlar maktabning umumiy muhiti, IT yo‘nalishidagi sinflar, robototexnika xonasi, media studiyasi va StartUp markazi bilan yaqindan tanishishdi. Ustozlarimiz dasturlashni bosqichma-bosqich o‘qitish usullari, loyihaviy darslar va o‘quvchilar amalga oshirayotgan IT loyihalari haqida o‘z tajribalarini ulashishdi.

Tashrif davomida mehmonlar uchun o‘quv-ekskursiya va mahorat darslari o‘tkazildi. Ular real dars jarayonini kuzatib, o‘quvchilar bilan qisqa muloqot qilishdi va taqdim etilgan loyihalar bilan tanishishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2🔥1👏1🍓1
#it_quiz #challenge

IT VIKTORINA

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida IT viktorina bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🥇 - o‘rin: 6-06;
🥈 - o‘rin: 6-04;
🥉 - o‘rin: 6-02.

📉 Qatnashchilar informatika boʻyicha berilgan topshiriqlarni bajarib, oʻz bilimlarini sinab ko‘rishdi. Tadbir davomida ular jamoa bilan ishlash va muammolarni yechishga harakat qilishdi.

Barchangizdan kelgusi IT loyihalarda ham faol ishtirokingizni kutib qolamiz!
_
💬 IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍6👏4🥰1🍓1
BAXTIMIZ QOMUSI

🇺🇿Muhammad al-Xorazmiy maktabida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qutlug‘ sana yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va fuqarolar farovonligining mustahkam poydevori sifatida xalqimiz qalbida alohida o‘rin egallaydi.

Tadbir “Baxtimiz qomusi” nomi ostida o‘tkazilib, o‘quvchilar uchun haqiqiy ma’naviy bayramga aylandi. Dastur davomida:
Vatanni ulug‘lovchi raqslar,
🎼 jo‘shqin qo‘shiqlar,
📖 mazmunli she’rlar,
🎭 badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

O‘quvchilar davlatimizning asosiy qonuni — Konstitutsiyada belgilangan huquq, erkinlik va burchlarning hayotimizdagi o‘rnini o‘z ijodiy chiqishlari orqali namoyon etishdi. Har bir sahna, har bir misra, har bir kuy Vatanimizga bo‘lgan chuqur hurmat va mehru-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan holda barchada katta taassurot qoldirdi.

⚖️Shubhasiz, Konstitutsiya — ertamizni yorituvchi, xalqimizni birlashtiruvchi va taraqqiyot yo‘lini belgilovchi Baxtimiz Qomusidir!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍2🔥2👏2
#seminar #korrupsiya

KORRUPSIYAGA QARSHI SEMINAR


⚖️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi ta’lim muhitida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida:
Korrupsiyaning jamiyatga ta’siri, uning salbiy oqibatlari va oldini olish yo‘llari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi;
O‘quvchilar uchun interaktiv vazifalar, muhokamalar va viktorina o‘tkazildi;
Viktorina g‘oliblariga esdalik kitoblari topshirildi;
O‘qituvchilarga manfaatlar to‘qnashuvi, shaffof boshqaruv va halollik standartlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 Mutaxassislar korrupsiyani oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, xabar beruvchilarni himoya qilish tizimi va yoshlar orasida halollik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus metodik qo‘llanmalar tarqatilib, ta’lim muassasalarida halollik muhitini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar jonli savol-javoblar ruhida o‘tib, o‘quvchilarning yuqori fuqarolik mas’uliyati va halollik tamoyillariga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72🔥2🏆1
2025/12/07 10:38:01
Back to Top
HTML Embed Code: