This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Pingvinbooks” tomonidan chop etilgan navbatdagi yangi ertak kitoblar toʻrtligi sotuvda!
• Muqovasi - yumshoq;
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21😍5🥰4❤🔥2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doktor Oiz Qarniyning "O'kinma" kitobi SOTUVDA!
O'kinmang! O'kinaversangiz, tabobat giyohi, dorixona dorilari, tabiblar ko'rsatmasi foyda bermaydi. Chunki siz qayg'uni qalbingiz to'riga joyladingiz, uni ko'zlaringizga muhrladingiz, jismingizni u bilan o'rab oldingiz.
O'kinmang! G'am-qayg'u, behalovatlik va tashvishlar ruhiy xastaliklarning manbai, asab tizimlarini ishdan chiqaradigan, vasvasa va iztirobga olib keladigan omildir.
O'kinmang! Chunki o'tinch qo'ldan ketganni qaytarib bermaydi, o'likni tiriltirmaydi, qadarga qarshi tura olmaydi va hech qanday foyda keltirmaydi.
Unutmang, Alloh siz bilan!
• Muqovasi - qattiq;
• Sahifasi - 430 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20❤🔥6⚡2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“OSIYO”
📖 Urushlarni bartaraf etib, nizolarni hal qilgan, boshqalar salomatligi uchun oʻzini fido etgan hamda nohaqlikka qarshi turgan ayol – Osiyo.
Osiyo – yurayotgan daryo misoli hikmatga bagʻrini ochgan, Fir’avn, Homon va Qorunning yovuzligiga bir oʻzi qarshi turgan ayol.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 334 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Osiyo – yurayotgan daryo misoli hikmatga bagʻrini ochgan, Fir’avn, Homon va Qorunning yovuzligiga bir oʻzi qarshi turgan ayol.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 334 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥8😢3🤩2😍2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonning bu dunyodagi holati fonusga qamab qoʻyilgan pashshanikiga oʻxshaydi. U dunyoni fonusning ichi deb oʻylaydi. Ammo Yaratganga yaqinlashgan sari fonusning devorlari sinib, inson asta-sekin asl haqiqatni koʻra boshlaydi. Koʻrganingni esa boshingdan oʻtkazganing bilan aslo qiyoslay olmaysan.
🌱 “Qalbimdasan, Allohim” kitobidan
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 248 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
🌱 “Qalbimdasan, Allohim” kitobidan
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 248 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
❤34❤🔥5😍5⚡2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fazodagi Banan Daraxti” — bolalar uchun eng qiziqarli sayohat!
🐒 "Fazodagi Banan Daraxti" kichik maymun Yuki haqida ilmiy-fantastik sarguzasht asaridir. O‘rmonda yashaydigan Yuki o‘z g‘ayrioddiy fe’l-atvori sabab boshqa hayvonlar orasida ajralib turadi. Bir kun u kosmosga uchib, turli koinot sarguzashtlarini boshdan kechiradi.
🪐 Kitob bolalarni o‘ziga tortadigan qiziqarli voqealar, mehr va do‘stlikning qadr-qimmati haqidagi chuqur xabar bilan boyitilgan. Yorqin suratlar va oddiy, sodda tilda yozilgan matn yosh o‘quvchilarning kitobni sevib o‘qishini ta’minlaydi.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 61 bet.

❤8🏆5😁2
“Qamar” nashriyoti va @marsatik hamkorligida oʻtkazilgan tanlov oʻz nihoyasiga yetdi, azizlar.
G’oliblar uchun quyidagi sovg’alarni tayyorlab qo’yganmiz:
1️⃣ “Sentyabr. Xazon fasli”, “Rasululloh s.a.v ga muhabbat haqida 101 qissa”;2️⃣ “Qalb iffati”, “Rasululloh s.a.v ga muhabbat haqida 101 qissa”;3️⃣ “Niyat. Ixlos. Sidq”, “Rasululloh s.a.v ga muhabbat haqida 101 qissa”;4️⃣ “Aso”, “Rasululloh s.a.v ga muhabbat haqida 101 qissa”;5️⃣ “Asal oyi emas, asal hayot”, “Rasululloh s.a.v ga muhabbat haqida 101 qissa”.
Tanlovda qatnashgan barcha-barchaga rahmat aytamiz 🤗
Oldinda sizni xursand qiladigan hali koʻp narsalar oʻylab qoʻyganmiz. Bizni kuzatishda davom eting 😉
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30😢6🔥5🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qora pul imperiyasi” shunchaki iqtisodiy tahlil emas. Muallif Jorj Armstrong kitobda pul orqali dunyo taqdiri qanday belgilanishini, kimlar hokimiyatga ega ekanini va hayotimizga taʼsir o‘tkazuvchi noyob mexanizmlar haqida hikoya qiladi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi – 304 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3⚡2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Halokatlardan saqlanish yoʻli koʻrsatilgan asar
◽ Paygʻambarimiz alayhissalom ba’zida ixcham, ba’zan mufassal, ba’zida mukammal, ba’zida qisqa, ba’zida bildirish, ba’zida ta’lim berish uchun duo qilganlar.
Xurosonning eng katta shaharlaridan boʻlmish Hirotda tugʻilib oʻsgan mulla Aliy Qori rohmatullohi alayhning "Yo Robbim" (Musulmonning kundalik duolari) kitobida sanadi habibimizga borib taqaladigan duolar keltirilgan.
📖 Arab tilidagi duolar va ularning oʻzbekcha tarjimasi berilgan. Maxsus kod orqali duolarni to‘g‘ri talaffuz bilan tinglash imkoniyati ham mavjud.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi – 192 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Xurosonning eng katta shaharlaridan boʻlmish Hirotda tugʻilib oʻsgan mulla Aliy Qori rohmatullohi alayhning "Yo Robbim" (Musulmonning kundalik duolari) kitobida sanadi habibimizga borib taqaladigan duolar keltirilgan.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi – 192 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🥰3⚡2👏2🎉1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Aslida, bu hikoya bundan ancha avvalroq boshlangandi...
Uni qattiq yaxshi ko‘rib qolgandim.
Unga yetishish orzusida edim.
Daragini uzoq so‘rab-surishtirdim.
Qanchadan qancha so‘rovlarim javobsiz qoldi.
Ammo…
Ajoyib kunlarning birida elektron pochtamga xushxabar keldi:
Ha, uzoq taqillatilgan eshik nihoyat ochilgandi! Ochig‘i, o‘sha paytdagi xursandchiligimni ta’riflab bera olmayman…
Shunday qilib, zamonaviy turk adabiyotida eng ko‘p o‘qilgan, yuz martalab qayta-qayta nashr etilgan, kitobxonlarni eng ko‘p ta’sirlantirgan asarlaridan birining mualliflik huquqini qo‘lga kiritdik.
Bilardimki, mualliflik huquqi bu hali boshlanishi – asarni eng go‘zal shaklda kitobxonga taqdim eta bilish ham kerak. Shu ma’noda, uni har qanday tarjimonga ishonib topshira olmasdik.
Asarning ruhi, uning o‘zbek tilida qanday jarang sochishini o‘ylar ekanman, ko‘z oldimga mohir tarjimon Ilhom Salimov keldi. Gaplashdik. Uch kundan so‘ng undan ham ijobiy javob keldi:
Oradan oylar o‘tdi...
O‘tgan bu muddat davomida asarning tarjimasi, tahriri, muqovasi ustida ishladik.
Maroq bilan ishladik.
Ishtiyoq bilan ishladik.
Eng ko‘p uning nomi xususida bosh qotirdik – “İncir kuşları”ni o‘zbek tilida qanday ifoda bilan bersak ekan-a:
- Anjir qushlari…
- Mazlum qushlar…
- Mahzun qushlar…
- ...?
Nihoyat, maslahatlashib, xorijiy nashriyot va muallifdan izn olgan holda, asarni uning ruhiga mos ravishda “Yaralangan qush hamon uchmoqda” deb nomlashga qaror qildik.
“Yaralangan qush hamon uchmoqda”...
Ha, bu nom sizga judayam yaxshi tanish.
Ha, bu nom hech qachon so‘nmaydigan UMIDning ifodasi!
Ha, bu nom hech qachon sinmaydigan IRODAning ifodasi!
Aziz kitobxonlar!
Tez orada Sizga ana shunday ruhiyatni o‘zida mujassam qilgan ajoyib asarni taqdim etish niyatidamiz!
Kuting!
Zero, u kutishga arziydi.
Arzigani uchun ham kutish ranj tugʻdirmaydi!
Otabek Tillayev,
Huzur kitoblari loyihasi asoschisi
@qamarbooks

“Mayli, Uni sizga beramiz!”

“Kitobni oʻqib chiqdim, “Yashamoq”dan-da dardliroq asar ekan. Tarjimani boshlayman”.
Oradan oylar o‘tdi...
O‘tgan bu muddat davomida asarning tarjimasi, tahriri, muqovasi ustida ishladik.
Maroq bilan ishladik.
Ishtiyoq bilan ishladik.
Eng ko‘p uning nomi xususida bosh qotirdik – “İncir kuşları”ni o‘zbek tilida qanday ifoda bilan bersak ekan-a:
- Anjir qushlari…
- Mazlum qushlar…
- Mahzun qushlar…
- ...?
Nihoyat, maslahatlashib, xorijiy nashriyot va muallifdan izn olgan holda, asarni uning ruhiga mos ravishda “Yaralangan qush hamon uchmoqda” deb nomlashga qaror qildik.
“Yaralangan qush hamon uchmoqda”...
Ha, bu nom sizga judayam yaxshi tanish.
Ha, bu nom hech qachon so‘nmaydigan UMIDning ifodasi!
Ha, bu nom hech qachon sinmaydigan IRODAning ifodasi!
Aziz kitobxonlar!
Tez orada Sizga ana shunday ruhiyatni o‘zida mujassam qilgan ajoyib asarni taqdim etish niyatidamiz!
Kuting!
Zero, u kutishga arziydi.
Arzigani uchun ham kutish ranj tugʻdirmaydi!
Otabek Tillayev,
Huzur kitoblari loyihasi asoschisi
@qamarbooks
❤22❤🔥4🔥3🕊3🏆3⚡1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥39❤15😍9🏆4🕊3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 Bir qator mutasavvif shoir va yozuvchilarning yoʻlboshchisi boʻlgan Fariduddin Attorning nasihatlarga yoʻgʻrilgan "Pandnoma" asarini mutolaa qilamiz.
💚 Salomat boʻlay desangiz, hurmat keltiradigan sifatlar, badbaxtlikka eltuvchi narsalar, omad haqida, xorlik keltiradigan amallar, dushmanlardan ogoh boʻlish sarlavhalari ostidagi noyob bilimlardan bahramand boʻling.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifa - 120 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
💚 Salomat boʻlay desangiz, hurmat keltiradigan sifatlar, badbaxtlikka eltuvchi narsalar, omad haqida, xorlik keltiradigan amallar, dushmanlardan ogoh boʻlish sarlavhalari ostidagi noyob bilimlardan bahramand boʻling.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifa - 120 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
❤19❤🔥2🤩2🥰1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Niyat, ixlos va sidq" – niyatni toʻgʻri qoʻyish, ixlos va sidqning asl mohiyati va haqiqati bilan tanishtiradigan risola
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 95 bet.
📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13⚡3🕊3
"Fotima roziyallohu anhoning isrofsiz to'yi" kitobi tez kunda!
@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥4🎉3🤩1😍1