Telegram Group Search
🇺🇿🇺🇿🇺🇿"Yuksalish" harakati vakillari Shvеytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (Swiss Agency for Development and Cooperation) rahbari o‘rinbosari Ursula Keller hamda milliy dasturlar koordinatori Shamshod Yunusov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda "O‘zbеkistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyati va barqarorligini mustahkamlash"
dasturi doirasida qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan:

NNTlar duch kеlayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish;
qonunlarning NNTlar faoliyatiga ta’sirini o‘rganish;
parlamеnt bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari va boshqalar.


Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿“Yuksalish” harakati Sеulda Korеya NNTlari bilan uchrashdi.

Xususan, Хorijda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Koreya nodavlat notijorat tashkilotlari Kеngashi (KCOC), “Good Neighbors”, “Heart to Heart Foundation”, “Angels’ Haven” NNTlarining faoliyati va tajribasi o‘rganildi, mamlakatlarimiz NNTlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Boj to‘lovlari monopoliyaga sabab bo‘lmasligi kerak

1-maydan shaхsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarga yangi limitlar joriy etildi. Amalda esa bu fuqarolarga qo‘shimcha to‘lov, bozorda raqobatning susayishiga olib kеlmoqda.

"Yuksalish" harakati adolatli stavkalar va sodda tartib tarafdori.

Bu haqda batafsil maqolada o‘qing: https://yuksalish.org/uz/news_detail/843

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2🕊1💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Jamoatchilik kengashlari faoliyati ochiqligi: monitoring natijalari

"Yuksalish" harakati vazirliklar saytlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati qanchalik ochiq va shaffof aks ettirilganini o‘rgandi.

Natijalar — infografikada.

Shaffoflik bo‘yicha yuqori ball olgan vazirlik saytlari yashil, o‘rtacha shaffoflik darajasiga ega saytlar sariq rangda berilgan.

Batafsil: https://yuksalish.org/uz/news_detail/845

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Xayriya deganda aslida qanday faoliyat tushuniladi? Kimlar xayriya mablag‘larini yig‘ish huquqiga ega? Xayriya qutilarini o‘rnatish tartibi qanday?

Bu savollarga "Huquqiy nigoh" dasturida Adliya vazirligi xodimlari va huquqshunos tomonidan batafsil javob berilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, 23-noyabrdan boshlab xayriya mablag‘larini yig‘ish tartiblariga rioya qilmaslik ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ko‘rish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=EP34WaTdK44

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿28-oktabrda "Biz — donormiz!" aksiyasiga start beriladi

28-oktabrdan 3-noyabrgacha butun mamlakat bo‘ylab donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.

Bu — boshqalarga yaxshilik qilish, qiyin vaziyatdagi insonlarga yordam berish istagida bo‘lganlar uchun imkoniyat.

O‘tgan yili aksiya doirasida 700 litrdan ortiq, joriy yilning fevral oyida esa 400 litrga yaqin qon yig‘ilgan.

Bu yilgi aksiya ham minglab fuqarolarni yaxshilik yo‘lida birlashtiradi, degan umiddamiz. Safimizga qo‘shiling!

Aksiyaning otkazilish sanalari va joylari haqidagi ma'lumot bilan "Yuksalish" saytida tanishing.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍31
🇺🇿🇺🇿🇺🇿"Yuksalish" harakati Fargʻonada ish boshlagan “Fargʻona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yoʻlida birdamlik” mavzusidagi forumning birinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda.

Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti hamda tinchlik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tuzilmalarni birlashtiruvchi platforma — Tinchlikni barpo etish xabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ikki kun davom etadigan anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Tadbir kun tartibidan Fargʻona vodiysining barqarorligi va izchil rivojlanishini taʼminlash, uning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xususiy sektor, yoshlar va fuqarolik jamiyatining rolini kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥11🔥1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 17-oktabr kuni "Ziyoli kelajak" loyihasi doirasida "Yuksalish" harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Omad" fermer xo‘jaligi hamkorligida Bandixon tumani "Birdamlik" mahallasi kutubxonasiga 80 nomdagi badiiy adabiyot va ensiklopediyalar topshirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏21
🇺🇿🇺🇿🇺🇿“Yuksalish” harakati O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha davlat dasturlarining amaliy ijrosi va jarayondagi muammolarni o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Unda quyosh paneli o‘rnatgan yoki o‘rnatmoqchi bo‘lgan fuqarolar, tadbirkorlar hamda davlat va ijtimoiy soha xodimlari ishtirok etishi mumkin.

So‘rovnomani to‘ldirish o‘rtacha vaqti: 2-3 daqiqa.

Natijalar tahlil qilinib, sohadagi muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Sizdan faol ishtirok etishingizni so‘raymiz, bu jarayon haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishimizga yordam beradi.

So‘rovnomani to‘ldirish: https://ee.kobotoolbox.org/single/15e40d5a90cb1b5c35ac69de41cfca7c

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Kimningdir hayotini saqlab qolish uchun katta qahramonlik shart emas. Ba’zan shunchaki kеlib, qon topshirish kifoya!

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Ra'no Shodiyeva barchani 28-oktabrdan 3-noyabrgacha rеspublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladigan “Biz – donormiz” aksiyasida qatnashishga chaqirmoqda.

Safimizga qo‘shiling - ezgulik yo‘lida birlashgan jamoaning bir qismi bo‘ling!

Aksiyaning o‘tkazilish joylari va sanalariga oid barcha ma’lumotni “Yuksalish” harakati saytidan bilib olishingiz mumkin.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🕊1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston tajribasi turli xalq va madaniyat vakillarining tinchlik va hamjihatlikda ishonch hamda o‘zaro hurmatga asoslangan umumiy kelajakni yaratib, yashashi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu haqda Euronews nashrida maqola e’lon qilindi.

O‘zbеk oilasida tarbiyalanib, voyaga yetgan O‘zbеkiston Korеys madaniy markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pak o‘z hikoyasi misolida milliy madaniy markazlarning хalqlar do‘stligini mustahkamlash va madaniy aloqalarni o‘rnatishdagi rolini alohida e’tirof etgan.

Batafsil: https://www.euronews.com/culture/2025/10/19/strength-in-diversity-uzbekistans-evolving-approach-to-unity-and-inclusion

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿21-oktabr — o‘zbek tili bayrami arafasida "Yuksalish" harakati aholi o‘rtasida mavzuga oid kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ishtirokchilarga ikkitadan savol berildi, shuningdek, imloga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Biz o‘zbek tili nafaqat 21-oktabr sanasida, balki har kuni eʼzozda bo‘lishi tarafdorimiz!

Ijtimoiy eksperiment natijalarini videoda tomosha qiling.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥6❤‍🔥53👏3
2025/10/21 10:45:57
Back to Top
HTML Embed Code: