group-telegram.com/huquqiyaxborot_lotin/9542
Create:
Last Update:
Last Update:
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Axborot texnologiyalari yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'i kengaytiriladi
“Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (364-son, 14.06.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko'ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha tayanch maktab etib belgilandi.
✔️ Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
📝 Filiallarga o'quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
🖼 Filiallarda o'quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog'lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
📜 Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.
📍 Ma'lumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.group-telegram.com/us/huquqiyaxborot_lotin.com