Telegram Group Search
Kecha PostgreSQL 12 versiyasidan 17 versiyaga yangilash ishimiz bor edi. Data hajmi 370GB ni tashkil etadi. Ish orasida chiqib qolgan muammolarni toʻgʻrilab, ishni tonggi 3 larda yakunladik.

Yangi versiyani ishga tushiriboq tekshirmasdan bizga ketaverishimiz mumkinligini, qolganini tekshiruvlarni oʻzlari bajarishini aytishdi. Lekin hech oyogʻim tortmay, oxirigacha kutaylik deb qoldim. Orada application tomondan muammo chiqib, dastur ishga tushmadi. Kechasi oʻsha paytda boshqa solution engineer ga telefon qilishib, muammoni aytishsa hali 17-versiyaga moslanmagan deb aytdibdi.

Biz yana qaytib 12-versiyaga oʻtkazib berdik, serverlar 2 ta Active-Standby boʻlganligi uchun sinxronizatsiya uchun ham vaqt ketdi. Qolaversa servis har qanday holatda ham ertalab tonggi 6 gacha ishga tushishi shart edi.

Uyqusizlik va tongi 5 gacha ichilgan 4 ta ice americano ni hisobga olmasa, yaxshigina tajriba boʻldi oʻzimga ham.
👍10🔥3
Google Gemini AI uchun talabalarga 1 yillik bepul ishlatish imkonini bermoqda. Uni ulash uchun oldin google akkauntingizga to'lovlar uchun karta qo'shishingiz kerak.

Davlatlar roʻyxatida Koreya ham bor ekan, Oʻzbekiston chiqmadi. Koreyada talaba boʻlsangiz bepul bir yil foydalanishingiz mumkin.

Vertify student status”qismida unversitetda kiritilgan ma'lumotlaringiz bilan siz kiritgan ma'lumotlar bir xil bo'lishi kerak. Otasining ismi degan qismini kiritish shart emas.

Roʻyxatdan oʻtish
https://gemini.google/students/
👍2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekchada professional kurslar ko'payotgani juda yaxshi. Xurshid aka IT sohasida juda tajribali inson. Qiziqqanlar bo'lsa videokurlslarini tavsiya qilaman.

Aka videoda aytganlaridek, database bilimlar har bir IT hodim uchun muhim koʻnikma hisoblanadi.

https://www.infocus.uz/
🔥5
Ba'zida ertalab ishda Banapresso kofesidan kofe olib o'taman. Odam juda koʻpligidan manzilga yetishdan 3-4 bekat oldin buyurtma beraman, borishimga doim tayyor bo‘ladi.

Kofeshop dasturi juda qulay ishlangan. Starbucks modeliga o‘xshab, har bir buyurtma chiqqanda buyurtmachining dasturda kiritilgan taxalluslari bilan chaqirishadi. Ichkarida monitorda buyurtmachilar nomlari, tayyor bo‘lish vaqti ko‘rsatiladi, shu oyda eng ko‘p kofe olgan odamlar reytingi yuritiladi.

Doim e’tiborimni tortgani bir-biridan qiziq profilga yozilgan taxallus “nickname”lar bo‘ladi. Shu paytgacha ko‘rganlarim orasida quyidagilar bor:
"퇴사하고 싶어요", "퇴근 시켜 주세요", "같이 퇴사할 사람", "고양이", "뚱뚱한 강아지", "돼지", "일하기 싫어요" (Mushuk, semiz cho'chqacha..)


Buyurtma chiqqanda, hodim "님" qo‘shib chaqirishi kerak. . "뚱뚱한 강아지님", "퇴사하고 싶어요님" deb aytishi kerak 😁

Men "Zlatan" deb qo‘ygandim, "Jlatan님 커피 하나 나왔습니다" deb chaqirishadi.

Lekin shu dastur sababmikan zerikmasdan buyurtmani kutib, vaqt oʻtganini ham bilmay o‘tiraverasiz 😀
🤣11😁5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Metro ichidagi kichik kutubxona ekan.
🔥3👍2😍2🤩1
Har qanday holatda ham ishdan ketishdan oldin yaxshilikcha chiqishga xarakat qilish kerak. Eshikni qattiq yopib ketishga shoshilmang.

Bunga asosiy sabablar:
- sizni professional va ma’suliyatli koʻrsatadi

- taqdir taqozo etib yana qaytib qolish ehtimolingiz bor

- birga ishlagan hamkasbingiz bilan kelajakda yana toʻqnash kelishingiz mumkin

- boshqa ishga oʻtayotganda oldingi ishxonangizdan siz haqingizda “reference check” qilish ehtimoli ham bor


Yaqinda ishdan ketgan hamkasbimiz guruhga xayrlashib rasmdagi smsni yozibdi. Undan tashqari ommaviy bitta qilib email orqali rahmat aytib ketdi.

Shaxsan oʻzim ham oldingi kompaniyam CEO lari bilan haligacha koʻrishib, maslahat olaman, birga ovqatlanib turaman.

Ishdan toʻgʻri chiqish haqida:
https://medium.com/@rashidov/koreyada-ish-almashtirish-tartibi-4a31877dc22e

Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻
👍9🐳3🔥2🫡1
Kompaniyamizda o'zbeklar soni bittaga ko'paydi. R&D jamoamizda yana bir do'stimiz ish boshladilar. Omad !
👍13👏10🤩2
Ma'lumotlar bazasi bo'yicha instensiv kursimdagi o'quvchilarimdan biri yuboribdilar.

Har bir darslarda pdf resurslarni ulashib boraman. Darslar oldin nazariy keyin birgalikda buyruqlarni bajararish asosida ketyapti.

Mentor sifatida intiluvchan o'quvchilar bilan ishlash doim maroqli. Bu safargi guruhda juda intiluvchan insonlar toʻplanga. Lekin darsga tayyorgarlik va dars oʻtish jarayoni oʻziga yarasha ma’suliyati ham bor ekan 🙂
👍7🔥5👏2🐳1
2025/08/23 19:58:53
Back to Top
HTML Embed Code: