Telegram Group Search

#Kelajak_soati

O‘zbek tiliga mehr, kelajakka ishonch!


“21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan barcha maktablarda "Kelajak soati" darslari bo‘lib o‘tmoqda

Bugun "Kelajak soati" darslari doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova poytaxtdagi 64-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

🗓Muloqot davomida ona tilimizning bebaho qadriyati, uning inson tafakkuri va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar o‘z ijodiy chiqishlari, she’r va sahna ko‘rinishlari orqali O‘zbek tili bayramiga bo‘lgan mehrini ifoda etdilar.

Til — bu millatning yuragi. Uni asrash, boyitish va e’zozlash — har birimizning sharafli burchimizdir, – deb ta’kidladi Sevara Shakirova bolalar bilan suhbat chog‘ida


🔰 “Kelajak soati” darslari nafaqat o‘quvchilarni bilimga, balki milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

📎 Ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔴 Jarayonlar butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Milliy_dastur
#Press_tur

🌐Bir guruh jurnalistlar Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lishdi. Tashrif davomida ular oromgohdagi ta’limiy va madaniy dasturlar, o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlari hamda dam olish sharoitlari bilan yaqindan tanishishgan edi.

HUDUD - MY5 TV – “Prezident iqtidorli farzandlari” loyihasining birinchi bosqichi
Zamon Sevimli TV – “Prezident iqtidorli farzandlari” loyihasi doirasida press-tur
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | “Prezident iqtidorli farzandlari” loyihasi ilk bosqichini boshladi
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi ilk bosqichini boshladi
Yangi Davr - Yoshlar TV – “Президент иқтидорли фарзандлари” миллий дастури доирасида ОАВ вакиллари учун пресс-тур ташкил этилди.
Ma'daniyat va marifat TV –Yoshlar orzusiga qanot bo'layotgan dastur
Toshkent TV – “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Mahalla TV – "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi ilk bosqichini boshladi
Zo‘r TV – "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi ilk bosqichini boshladi
UzA – “Президент иқтидорли фарзандлари” Миллий дастури – инновацион механизм
Zamon.uz – “Президент иқтидорли фарзандлари” дастури доирасида 1500 нафар ўқувчи ўқишни бошлади
Ogoh.uz –Президент иқтидорли фарзандлари” дастури доирасида 1500 нафар ўқувчи ўқишни бошлади
Ma'rifat gazetasi – “Prezident iqtidorli farzandlari” istiqbollari

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasida davlat tili maqomi berilgan kun muborak!

1989-yil 21-oktabr — xalqimiz tarixida alohida ahamiyatga ega sanadir. Aynan shu kuni o‘zbek tili davlat tili sifatida qonuniy maqomga ega bo‘lgan.

Davlat tili — bu milliy o‘zligimiz, mustaqillik va istiqlol ramzi,
el-yurtimizni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir. Ona tilimiz xalqimizning boy madaniyati, o‘lmas merosi va tafakkur salohiyatining yorqin ifodasidir.

Bugun o‘zbek tili davlat boshqaruvi, ta’lim, ilm-fan va xalqaro miqyosda tobora keng qo‘llanmoqda. Ta’lim tizimida esa ona tilining sofligini saqlash, to‘g‘ri va savodli qo‘llash, til madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tilga hurmat — bu millatga hurmat. Har bir so‘z, har bir ifoda orqasida xalqning yuragi, tarixi va ruhi mujassam. Shu bois biz, ta’lim sohasining vakillari, yosh avlod qalbida ona tiliga mehr, so‘zga hurmat va nutq madaniyatini shakllantirishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘yamiz.

Ona tilimiz doimo e’zozda bo‘lsin, uning jarangi hech qachon so‘nmasin!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — Ona tilimiz bayrami!

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ona tiliga bo‘lgan cheksiz mehr va faxr tuyg‘ularini she’r orqali ifoda etdilar.

Ular satrlarni qalbdan o‘qib, o‘zbek tilining jozibasi va go‘zalligini yana bir bor yodga solishdi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agentlik xodimlarining 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tabrigi

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
Til bayrami — millat g‘ururi!

Bugun Agentlik хodimlari rahbariyat boshchiligida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Ona tilimiz — milliy qadriyatlarimizning ifodasi, ma’naviyatimizning tayanchi ekanini e’tirof etgan holda, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Bu nafaqat hurmat ramzi, balki buyuk ajdodlarimiz merosiga, tilimizning beqiyos qudratiga bo‘lgan ehtirom ifodasidir.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

🇺🇿 O‘ZBEK TILI BAYRAMI — IJOD MAKTABIDA

🤩Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ona tilim — faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilarining jangovar chiqishlari namoyish etildi.

Badiiy qismda o‘quvchilar va Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, lapar va aytishuvlar yangradi.
Bayram yakunida “Ustozga ehtirom” oyligi hamda “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy tanlov g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o'zbek tilida bayram tabrigi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O'zbek tilida tabrik yo'llashdi.

🎗Barchaga bayram muborak bo‘lsin!

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijodiy_uchrashuv

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga bugun so‘zning sehri, she’riyatning nafasi kirib keldi. Bu nafas — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning ovozi, uning yuragidan otilgan so‘zlarning harorati edi.

Shoir bilan uchrashuv — bu oddiy tadbir emas, go‘yo qalblar suhbati, fikrlar to‘lqini edi. Usmon Azim so‘zning inson hayotidagi o‘rni, she’riyatning vijdon, ruh va muhabbat bilan bog‘liqligi haqida samimiy so‘z yuritdi. Uning har bir so‘zi o‘quvchilar qalbida nur, mehr va g‘urur uyg‘otdi.

Tadbir davomida yoshlar shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Har bir misra zalga bir iliqlik, bir totli sokinlik olib kirdi. Uchrashuv yakunida esa shoir va o‘quvchilar o‘rtasidagi samimiyat go‘yo vaqtni to‘xtatgandek bo‘ldi — hamma yurakdan jilmaydi, ko‘zlarda ilhom uchquni yondi.

Bu uchrashuv — faqat bir kunlik tadbir emas, balki yosh qalblarga singgan so‘zga hurmat, ijodga muhabbat sabog‘i bo‘ldi.

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Milliy_dastur

“Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi davom etmoqda!


Xabaringiz bor, “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dastur doirasida umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

📹 Jarayonlar haqida ishtirokchi Saidabegim Atayeva o‘z fikrlarini bildirdi — batafsil videolavhada.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 08:10:54
Back to Top
HTML Embed Code: