Telegram Group Search
#tabrik #ona_tilim_faxrim

Assalomu alaykum,
Aziz vatandoshlar!


Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Bugun Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil toʻldi. Yurtimiz hali istiqlolga erishmasdan avval tilimiz mustaqilligi taʼminlandi. Uning davlat tili sifatidagi oʻrni mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan tilimizning nufuzini oshirish, uning sofligi va rivojlanishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro anjumanlarda, yuqori minbarlarda Oʻzbek tilining baralla yangrayotgani uning mavqei va obroʻsi naqadar yuksalib borayotganini anglatmoqda.

Ona tilimiz — milliy gʻururimiz, bagʻrikengligimiz, oʻzligimiz, maʼnaviyatimiz va boy madaniyatimiz koʻzgusidir.

Yana bir bor sizlarga mustahkam sogʻlik, baxt va saodat tilayman. Yurtimiz farovon, Oʻzbek tilimizning umri boqiy boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik_21_oktabr

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi nomidan Siz azizlarni samimiy muborakbod etamiz!

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagidir. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.

Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida hamkorlikda o‘tkazilgan xatlov tadbirlari davomida:

🔹4 854 ta holatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;

🔹692 ta holatda savdo qoidalariga amal qilmasdan, ya’ni onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlar aniqlandi.

🔹173 ta holatda noqonuniy dori vositalari, tamaki hamda alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Savol: - Kimlar madaniyatli soliq to‘lovchilar hisoblanadi

❗️Javob: - Soliq madaniyati tushunchasi — bu soliq to‘lovchilarning soliqqa oid qonunlarga rioya qilishi, majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishi, davlat va jamiyatga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi demakdir.

Bir so‘z bilan aytganda madaniyatli soliq to‘lovchilar — soliq munosabatlarini to‘g‘ri anglagan, majburiyatlarini o‘z vaqtida, to‘liq va halol bajaradigan shaxslardir. Ular qonunlarga rioya qiladi, yashirin daromad yoki soxta hujjatlar orqali soliqdan qochmaydi va davlat oldidagi majburiyatlarini anglab, jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi.


Madaniyatli soliq to‘lovchi:👇
❇️Soliq qonunchiligiga rioya qiladi;

❇️Ochiq va halol hisob-kitob yuritadi;

❇️Soliq to‘lashning ahamiyatini tushunadi;

❇️Soliq to‘lash madaniyati – nafaqat davlat oldidagi majburiyatni bajarish balki, fuqarolik burchini anglashhamdir.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🇺🇿Oʻzbek tili – xalqimizning faxri, ma’naviyatimizning tayanchi!

Ko‘p millatli yurtimizda yashayotgan har bir elatning qadriyatlari va ona tili biz uchun aziz.
Shu bois har bir ishda, har bir so‘zda, har bir xalqning ona tili sofligini qadrlaymiz.

Davlat organlarida davlat tili me’yorlariga qat’iy amal qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Zero, davlat tiliga hurmat – shu yurt fuqarosining burchi, Vatanga bo‘lgan sadoqati ifodasidir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

2026-yil 1-yanvardan boshlab
elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimi joriy etiladi.

Mazkur tizim EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzilish ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi. Shuningdek, soliq oqibatlarini baholash va hamkor tanlashda ehtiyotkorlikni taʼminlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 600 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining yuqori pog'onasida

Joriy yilning 20-oktabr holatida barqarorlik reytingi ko'rsatkichlari bilan tanishing:

🟢AAA - 124 ta
🟢AA - 190 ta
🟢A - 242 ta

🔵BBB - 889 ta
🔵BB – 1 627 ta
🔵B – 2 426 ta

🔵ССС – 1 607 ta
🔵СС– 7 434 ta
🔵С – 5 821 ta

🔴D – 13 387 ta

Eslatib o’tamiz, agar tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingida “AAA” ega bo'lsa, QQS avtomatik ravishda qaytariladi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#raqamlashtirish #mahallabay

2025-yilning 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatida jismoniy shaxslarning turar joy obyektlariga 240,0 mlrd so‘m soliq undirilgan. Shundan mahalla budjetiga 24,0 mlrd so‘m qolgan.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Romitan tumani soliq inspeksiyasi xodimlari va tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan muloqotlar o‘tkazildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda HMQ organlari vakillari ishtirokida Romitan tumani soliq inspeksiyasi hamda tadbirkorlik sub’yektlarida mayishiy korrupsiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Unda soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mehnat qonunchiligi va ichki intizom talablariga qat’iy rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirning ikkinchi qismida tadbirkorlar bilan mayishiy korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish masalasida suhbatlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari haqida ma’lumot berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍1
“Korxonabay” ishlash tizimi natijasida Buxoroda soliq tushumlari 19,4 % ga o'sdi

2025-yil sentabr oyidagi ko'rsatkichlar o'tgan yilning mos davriga nisbatan qanday o'sdi?

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Yuk tashuvchi korxona oktabr oyida 55,6 mlrd so'mlik bo'yash, ovoz berish hamda IT xizmatlari ko'rsatgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

1-misol. 2024-yil iyul oyida avtomobil transportida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Magma” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 5,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Korxona uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, 2025-yil oktabr oyida ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki hamda transport vositalari bo‘lmagan holda 55,6 mlrd so‘m (shundan QQS – 6 mlrd so‘m) miqdorida turli xil mahsulotlar va xizmatlar (ovoz berish, qurilish-montaj ishlari, ranglar gradatsiyasi (bo‘yash), IT xizmatlari) bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan. Hozirda jamiyat budjet oldida yirik miqdorda soliq qarzdorliklariga ega.

2-misol. 2025-yil iyul oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Grand” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 50 mln so‘mni tashkil etgan.

2025-yil sentabr-oktabr oylarida, ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki hamda transport vositalari mavjud bo‘lmagan holda 16,1 mlrd so‘m (shundan QQS – 1,7 mlrd so‘m) miqdorida har xil turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Грузоперевозочное предприятие в октябре оказало услуги по покраске, озвучиванию и IT на 55,6 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Пример №1. В июле 2024 года было создано ООО «Magma» (название изменено) для осуществления деятельности по перевозке грузов автомобильным транспортом с уставным фондом 5,5 млн сумов.

Долгое время предприятие не вело деятельности. Однако в октябре 2025 года, не имея работников, имущества или транспортных средств ни в собственности, ни в аренде, оформило ЭСФ на 55,6 млрд сумов, в том числе 6 млрд сумов НДС, по различным видам товаров и услуг (озвучивание, строительно-монтажные работы, покраска, IT-услуги).

На сегодняшний день предприятие имеет значительную задолженность перед бюджетом.

Пример №2. В июле 2025 года было создано ООО «Grand» (название изменено) для осуществления оптовой торговли. Его уставный фонд составил 50 млн сумов.

Однако уже в сентябре–октябре 2025 года, не имея работников, имущества или транспортных средств (в собственности или аренде), компания оформила ЭСФ на 16,1 млрд сумов, в том числе 1,7 млрд сумов НДС, по реализации различных видов товаров.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

2025-yil yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida Buxorodagi 5 778 ta korxonalar tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilib, 36,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay #korxonabay

“Mahallabay” va “korxonabay” – har bir soliq to‘lovchiga individual yondashuv

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda manzilli yondashuvni ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida ikki zamonaviy ishlash tizimi – “mahallabay” va “korxonabay” joriy etilgan.

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarga shahar va tuman soliq inspeksiyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Har bir mahallaga biriktirilgan soliq inspektori fuqarolar va tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydi, ularning dolzarb masalalarini hal etishda ko‘maklashadi, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar beradi hamda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishda yordam ko‘rsatadi. Ushbu hamkorlik shakli “mahallabay” ishlash tizimi deb ataladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilarga esa viloyat soliq boshqarmalari xizmat ko‘rsatadi. Har bir korxonaga biriktirilgan soliq inspektori korxona faoliyatini kuzatish, maslahat berish va yuzaga keladigan masalalarga tezkor javob berish uchun mas’ul hisoblanadi. Mazkur yondashuv “korxonabay” ishlash tizimi asosida amalga oshiriladi.

O‘z soliq inspektoringiz kimligini bilish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yoki Soliq mobil ilovasidagi Soliq Biznes bo‘limidan foydalanish kifoya. U yerda inspektorning aloqa ma’lumotlarini topish va zarurat tug‘ilganda bevosita bog‘lanish mumkin.

Soliq to‘lovchilar bilan individual yondashuv asosida ishlash tizimining joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sifati oshdi, soliq ma’murchiligi samaradorligi yanada yaxshilandi.

Soliq inspektorlari faoliyati natijalari haqida batafsil:
👉 mahallabay
👉 korxonabay
_________
#махаллабай #корхонабай

«Махаллабай» и «корхонабай» - персональный подход к каждому налогоплательщику

Для повышения качества обслуживания и обеспечения адресного подхода к налогоплательщикам в органах государственной налоговой службы внедрены два современных принципа работы — «махаллабай» и «корхонабай».

Плательщики налога с оборота, в том числе индивидуальные предприниматели, а также физические лица обслуживаются в городских и районных налоговых инспекциях. За каждой махаллей закреплён налоговый инспектор, который напрямую взаимодействует с гражданами и предпринимателями, помогает решать текущие вопросы, разъясняет налоговое законодательство и оказывает помощь в своевременном исполнении налоговых обязательств. Такой формат взаимодействия получил название «махаллабай».

Плательщики НДС обслуживаются в областных налоговых управлениях. За каждым из них тоже закреплён налоговый инспектор, ответственный за сопровождение деятельности предприятия, консультирование и оперативное реагирование на возникающие вопросы. Этот подход реализуется по принципу «корхонабай».

Чтобы узнать, кто является вашим налоговым инспектором, достаточно зайти в персональный кабинет налогоплательщика или воспользоваться разделом Soliq Biznes в мобильном приложении Soliq. Там можно найти контактные данные инспектора и при необходимости связаться с ним.

Благодаря внедрению персонализированных подходов взаимодействия с налогоплательщиками, повысился уровень обслуживания, улучшилось качество налогового администрирования.

Подробнее о достигнутых результатах работы налоговых инспекторов:
👉махаллабай
👉корхонабай

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/23 02:41:07
Back to Top
HTML Embed Code: