Telegram Group Search
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI "BB, BARQAROR" DARAJASIGA OSHIRDI

Jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro kredit reytingini “BB-” darajasidan “BB” darajaga oshirdi va “Barqaror” deb baholadi.

Agentligining 2025-yil 1-iyuldagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB” “Barqaror” darajaga oshirdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, xalqaro reyting Agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlari ham chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.

O‘z navbatida, qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.

Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Malumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlar hududida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Olmazor tuman hududini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman hududidagi 110/35/10 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli «Sag`bon» podstansiyasida «Industrial Construction» MCHJ pudratchi tashkilot tomonidan qaror ijrosini ta`minlash maqsadida, podstansiyani to'liq modernizasiya qilinishi rejalashtirilgan bo`lib, ayni kunlarda qurilish-montaj ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning, 25-iyun kuni Olmazor tumani hududida joylashgan «Sag`bon» podstansiyasidan ta`minlanuvchi KL-35 kV L-Bog'zor-1-2 yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ida yuklamani ortishi natijasida avariyaviy uzulish yuzaga kelgani sababli avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga kelgan. Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Olmazor tumanining ayrim hududlari elektr energiyasiz qolgan.

Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
JAZIRAMA KUNLARDA YONG‘IN KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN VA ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

— Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

— Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

— Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

— Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

— Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

— Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

— Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

— O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

— Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

— Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

— Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

— Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

— Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

— Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

— Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

— Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida havo o`ta issiq bo`lishiga qaramay Xonobodda elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 27 - iyun kuni soat 07:15 da Sergeli tuman hududidagi yuqori kuchlanishli havo tarmog`ining shikastlanishi natijasida mazkur tumanning ayrim mahallalalari hududida yashovchi aholi xonadonlarida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilish holatlari kuzatilgan.

Sergeli TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilib, shu kunning o`zidayoq soat 12:20 da nosozlik bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Бокуга келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Баку с государственным визитом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#RASMIY_MUNOSABAT
MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli va Yangihayot tumanlari hududlaridagi aholi xonadonlarida elektr ta`minotidan uzilish bo`layotganligi hamda elektr kuchlanishi me'yordan past ekanligi haqidagi murojaatlar eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, 110/35/10 kV kuchlanishli «Sputnik» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi hamda pudratchi tashkilot xodimlari tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Sergeli hamda Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Sputnik» podstansiyasida ham mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta'mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda elektr kuchlanishli vaqtinchalik me'yordan pasayishi hamda elektr ta`minotidan qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Tez orada mazkur taʼmirlash ishlari yakunlanib, elektr ta’minotidagi kuchlanish me'yor dararajasida berilishini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌿🌷Assalomu alaykum!

🌿🌷Payshanba tongi barchamiz uchun fayzli va barakali boshlansin!

🌿🌷Yangi hafta sizga quvonch, muvaffaqiyat va ilhom olib kelsin!

🌿🌷 Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa umid arimasin.


   ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  3 -  iyul haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

☘️ Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining  ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Xitoyda har soniyada taxminan 100 ta quyosh paneli o‘rnatilmoqda.

—————

#мировые_новости / #зеленая_энергия

Факт 24: В Китае ежесекундно устанавливается около 100 солнечных панелей.

🌐 Telegram
2025/07/03 06:22:05
Back to Top
HTML Embed Code: