Telegram Group Search
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 10- oktyabr kuni imzolangan PF–173- sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarning olis mahallalarida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O. Sattorov, shuningdek Angren shahar va Ohangaron tumani statistika bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida mahalla fuqarolar yig‘inlarida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholi va qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda tegishli mas’ullar hamda mahalla “yettiligi” vakillari faol ishtirok etib, ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

🏗8 oy mobaynida 21,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

2025- yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida 21,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 101,7 % ni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmining yillar kesimida oʻsish surʼati:


🏗2021- yil – 117,4 %

🏗2022- yil – 104,5 %

🏗2023- yil – 106,2 %

🏗2024- yil – 114,4 %

🏗2025- yil – 110,7 %


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

🌍Toshkent viloyatining yirik eksportyor hamkor davlatlari

💥 2025- yil yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya Federatsiyasi (32,9 %), Xitoy (23,8 %), Turkiya (8,6 %), Qozog‘iston (8,3 %), Afg‘oniston (6,5 %), Tojikiston (2,8 %) va Qirg‘iz Respublikasi (2,3 %) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 85,1 % ni tashkil etdi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
📈Qaysi hududda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori?

2025- yil yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 13,6 mln so‘mni tashkil etdi.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,1 % ga oshgan.


📊 Hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi:

▪️Nurafshon shahar – 13,8 mln so‘m
▪️Olmaliq shahar – 15 mln so‘m
▪️Angren shahar – 10,8 mln so‘m
▪️Bekobod shahar – 14,1 mln so‘m
▪️Ohangaron shahar – 16,5 mln so‘m
▪️Chirchiq shahar – 14,7 mln so‘m
▪️Yangiyo‘l shahar – 16,2 mln so‘m
▪️Oqqo‘rg‘on tumani – 7,2 mln so‘m
▪️Ohangaron tumani – 4,1 mln so‘m
▪️Bekobod tumani – 5,6 mln so‘m
▪️Bo‘stonliq tumani – 10,6 mln so‘m
▪️Bo‘ka tumani – 6,5 mln so‘m
▪️Quyi Chirchiq tumani – 5,2 mln so‘m
▪️Zangiota tumani – 17 mln so‘m
▪️Yuqori Chirchiq tumani – 9,3 mln so‘m
▪️Qibray tumani - 14,1 mln so‘m
▪️Parkent tumani – 6,6 mln so‘m
▪️Piskent tumani – 4,5 mln so‘m

👉 Batafsil...
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 13- oktyabr kuni Ohangaron tumanidagi Yoshlar markazida Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O. Sattorov tomonidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabr kungi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 7- oktyabrdagi 629- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda mahalla “yettiligi” faollari ishtirok etib, mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar oldilar.

👉Batafsil...

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

❇️Qibray tumanida korxona va tashkilotlar demografiyasi

⚡️2025- yil 1- sentyabr holatiga ko‘ra, Qibray tumanida fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3 906 tani tashkil etdi. Shundan 463 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

⚡️8 oy mobaynida 450 ta kichik biznes subyekti yangidan tashkil qilinib, ularning umumiy soni 3 441 taga yetdi.

Tumanda 144 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda.


Shundan:

🔹41 tasi qo‘shma korxonalar

🔹103 tasi xorijiy korxonalar


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

📈Angren shahrida transport xizmatlari hajmi oshdi

⚡️2025- yil yanvar-avgust oylarida Angren shahrida transport xizmatlari hajmi 392,5 mlrd so‘mga yetdi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 19,4 foizga to‘g‘ri keldi.

Hududda jami transport xizmatlarning o‘sish sur’ati 111,4 % ni tashkil qildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

☑️Ro‘yxatga olish tadbirini sifatli o‘tkazish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi


Joriy yilning 15-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Jomolov, Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mexmonov, Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Zulayxo Xudayarova hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Jamoldinov ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

👉Batafsil...
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

🔘 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda


⚡️Joriy yilning 16-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma‘sullari tomonidan Yangiyo‘l tumanidagi “Qir-Ariq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv seminarining amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

⚡️Seminar davomida ishtirokchilar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllari bilan ishlash bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, bevosita uy xo‘jaliklarida respondentlar — ya’ni aholi vakillari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ilgari o‘rganilgan nazariy bilimlar mustahkamlandi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

📈Yangiyo‘l shahrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi raqamlarda


2025- yilning yanvar-avgust oylarida Yangiyo‘l shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 419,6 mlrd so‘mga yetdi.

⚪️ O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,3 % ni tashkil qildi.

☑️Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 16,2 mln so‘m

Bundan tashqari:

☑️Moliyaviy xizmatlari –229,6 mlrd so‘m

☑️Transport xizmatlari – 367,1 mlrd so‘m

☑️Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 20,3 mlrd so‘m

☑️ Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 36,7 mlrd so‘m

☑️ Savdo xizmatlari – 562 mlrd so‘m

☑️Ta’lim xizmatlari – 29 mlrd so‘m

☑️Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 17,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2025/10/17 10:19:16
Back to Top
HTML Embed Code: