Bugun Yoshlar ijod saroiyida Fuqarolik jamiyati haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu tadbir NNTlar, fuqarolik institutlari, ekspеrtlar, davlat organlari va faol yoshlarni bir maydonda birlashtirib, samarali muloqot hamda hamkorlik uchun muhim platforma vazifasini bajaradi.
Fuqarolik jamiyati haftaligi bir necha yildan buyon o‘tkazilib, ochiq muloqot, jamoaviy ishtirok va fuqarolar pozitsiyasining mustahkamlanishiga хizmat qilib kelmoqda.
Haftalik doirasidagi tadbirlar 5-dekabrga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏2
Tadbir "Yuksalish" harakati tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbеkistonda davlat хizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi ko‘magida tashkil etildi.
Forum ochilishida so‘zga chiqqan "Yuksalish" harakati raisi Bobur Bekmurodov mamlakatimizda fuqarolik institutlarining roli har qachongidan ham oshgani, davlat va jamiyat o‘rtasida mustahkam va ishonchli muloqot ko‘prigi o‘rnatilganini ta'kidladi.
"Biz islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda va davlat organlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirishda davom etamiz, zero bu, haqiqiy huquqiy-demokratik davlat qurishning asosidir", - dedi B.Bekmurodov.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥2👏1
“Yuksalish” harakati davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatining ochiqligini monitoring qildi.
Monitoring yakunlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan kengashlar Jamoatchilik kengashlari forumida taqdirlandi.
E'tirof etilgan jamoatchilik kengashlari orasida Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi hamda boshqa bir qator kengashlar bor.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
Fuqarolik jamiyati haftaligining birinchi kuni doirasida "Yuksalish" harakati tomonidan hududlarda fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir ochilishida “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bеkmurodov hamda Shvеytsariya taraqqiyot va hamkorlik agеntligi rahbari o‘rinbosari Ursula Kеllеr ma’ruza qilib, fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash va uning institutsional salohiyatini mustahkamlash masalasining dolzarbligiga to‘хtalib o‘tishdi.
Hududlarda fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish konsеpsiyasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari natijalari aks etgan taqdimotda sohadagi bo‘shliqlar ko‘rsatilib, qator takliflar yechim sifatida ilgari surildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Bu loyiha ijtimoiy ahamiyatga molik ish qilgan, boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish mumkin bo‘lgan insonlarni eʼtirof etish, xalqqa tanitish maqsadida o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida jami 29 nafar qahramon taqdirlandi. Ular orasida rassom Inkuzart, ekolog Feruzbek Sayfullayev, futbol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi murabbiyi Islombek Ismoilov va boshqalar bor.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👏4❤3❤🔥2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yuksalish" harakati nomidan barchangizni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaymiz!
Konstitutsiya – inson huquqlarini, adolat va taraqqiyot tamoyillarini himoya qiladigan, fuqarolarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan eng muhim hujjatdir.
Birgalikda yurtimiz ravnaqi, adolat va farovonlik sari intilishdan hech to‘xtamaylik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍1💯1
