Telegram Group Search
🎨 “Sen iste’dodlisan” tanlovi — yosh iste’dodlarning yangi qirralarini ochdi!

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bugun “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda “Al Aziz Akademiya” o‘quv markazi hamkorligida tumandagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1 nafar inklyuziv ta’lim sinfi o‘quvchisi va 9 nafar uy sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etib, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov nizomida belgilangan mezonlarga asosan baholash ishlari amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Shahlo To‘raboyeva tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar “Al Aziz Akademiya” o‘quv markazi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍4👏1
#ozodalik_oyligi

Yangiyo‘l tumanidagi barcha mahallalarda bugun kun davomida tozalik va ozodalik oyligi doirasida hashar ishlari olib borildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👏2
#ijro

Fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi


Yangiyo‘l tumani Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inining Yoshlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi tomonidan TP-250 kVT transformator hamda 14 ta beton ustunlar olib kelinib, joyiga tushirildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2
“Qiz bola tarbiyasi — millat tarbiyasidir” mavzusida ma’naviy-tarbiyaviy tadbir o‘tkazildi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida xotin-qizlar tarbiyasi, ularning ma’naviy yetukligi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Yangiyo‘l tumani xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Hamrayeva tashabbusi bilan tuman maktablarida “Qiz bola tarbiyasi — millat tarbiyasidir” mavzusidagi targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda.

Shu doirada bugun 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8–11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Tadbirda erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish, shuningdek, o‘quvchi qizlar o‘rtasida jinoyatchilik profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Hamrayeva, Yangiyo‘l tuman IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik S.Umartayeva hamda 70-oilaviy poliklinika shifokori G.Abdullayeva ishtirok etib, qizlarga hayo, ibo, sog‘lom turmush tarzi va bilim olishning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib bordilar.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

Tozalik va ozodalik — har bir fuqaroning burchi!

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i Mahzuna Yusupova barcha Yangiyo‘l tumani fuqarolarini 15-oktabrdan boshlangan “Tozalik va ozodalik oyligi”da faol ishtirok etishga chorlamoqda.

Tozalik — bu sog‘lom muhit, sog‘lom jamiyat va farovon hayot demakdir.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2
2025/10/25 01:42:23
Back to Top
HTML Embed Code: