Barchamizni birlashtiradigan, boy madaniyatimizni aks ettiruvchi milliy liboslarni qadrlash va targ'ib qilish maqsadida har juma kuni ''Milliy liboslar kuni'' deb e'lon qilingan edi.
🤝Ushbu kunda har birimiz o'z milliy liboslarimizni kiyib, madaniyatimizga bo'lgan hurmatimizni namoyish etamiz. O'zbek xalqining betakror an'analari va merosiga ehtirom ko'rsatish, milliy kiyimlarni kiyish orqali o'zligimizni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og‘irlik qilyapti boshga...
Rost do‘ppilar,
Yolg‘on do‘ppilar,
Kinolarda qolg‘on do‘ppilar.
Chust do‘ppilar,
Anjon do‘ppilar,
Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar...
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o‘zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko‘zga.
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Ko‘ngil esa ko‘rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e’tibor susaydi.
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Na uyda va na ko‘chada.
Mirtemirlar, G‘afur G‘ulomlar
Yechgan do‘ppi qoldi tokchada...
Bu qandayin ko‘rgulik savdo,
Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo —
Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq.
Muhammad Yusuf
👍14🔥3❤2
group-telegram.com/ilovetiiame/23746
Create:
Last Update:

BY "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

Share with your friend now:
group-telegram.com/ilovetiiame/23746