Telegram Group Search
21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida Vatanimiz tarixiga abadiy muhrlangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilangani esa uning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Bugun bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining xalqimizga tabrigini o‘qib eshittirdim.

Qutlovda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar natijasida o‘zbek tili rivojida yangi davr boshlangani ta’kidlangan. Tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro munosabatlar tiliga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, til siyosatini yanada takomillashtirish, raqamli olamda o‘zbek tilidagi axborot va manbalarni ko‘paytirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib ona tilimizni rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Qayd etilganidek, bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, ta’lim-tarbiya, madaniyat, yoshlar, mahalla, xotin-qizlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy o‘rinda turishi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanishi kerak.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topishini tiladilar.

21 октября навсегда вписан в историю нашей Родины как день, когда узбекскому языку был придан статус государственного. По инициативе Президента Шавката Мирзиёева этот день был объявлен Праздником узбекского языка, что еще больше усилило его значимость в общественно-политической жизни страны.

Сегодня на торжественном мероприятии, посвященном этому празднику, я зачитал поздравление главы нашего государства народу Узбекистана.

В поздравлении отмечается, что в результате исторических реформ, проводимых в последние восемь лет, в развитии узбекского языка начался новый этап. Подчеркиваются широкомасштабные усилия по укреплению его статуса как государственного языка, превращению его в язык современной науки, информационных технологий и международных отношений.

Одновременно в поздравлении обращается внимание на необходимость дальнейшего совершенствования языковой политики, наращивания информации и источников на узбекском языке в цифровом пространстве, а также использования возможностей искусственного интеллекта для развития родного языка.

Как отмечается в послании, этот актуальный вопрос должен находиться в центре внимания творческой интеллигенции, представителей сфер образования и воспитания, культуры, молодежных, махаллинских, женских организаций, средств массовой информации и превратиться в общенациональное движение.

Президент в своем поздравлении выразил пожелание, чтобы узбекский язык, являющийся источником самосознания нашего народа, становился все богаче и прекраснее с каждым днем.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;

Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:

Умурзаков Сардорбек Улугбекович назначен на должность начальника Департамента внешних связей Администрации Президента Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности главного инспектора Администрации Президента Республики Узбекистан;

Пайгамов Алишербек Азизович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности руководителя Департамента внешних связей Администрации Президента Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
Bugun davlatimiz rahbarining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov uzoq yillik tajribaga ega diplomat.

2006-2018-yillarda Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.

2018-yildan buyon Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda, shu jumladan tashqi siyosat yo‘nalishida faoliyat yuritgan.

Сардорбек Улугбекович Умурзаков, назначенный сегодня указом главы государства на должность начальника Департамента внешних связей Администрации Президента, является дипломатом с многолетним опытом.

В 2006-2018 годах работал на различных должностях в системе Министерства иностранных дел и в дипломатических представительствах Узбекистана за рубежом.

С 2018 года занимал ответственные должности в Администрации Президента, в том числе на внешнеполитическом направлении.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekistonning tashqi siyosati izchillik va tizimlilikka asoslangan. Uning mazmun-mohiyati – Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhitini mustahkamlashdan tortib, Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi kabi jahon markazlari hamda boshqa ittifoqdosh va hamkorlar bilan strategik sheriklikni rivojlantirishdir.

Asosiy tamoyil o‘zgarmas: Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro munosabatlarni xalqimizning milliy manfaatlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda shakllantirmoqda. Tashqi siyosatdagi har bir qadam fuqarolar farovonligini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yurtimiz imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining Bryusselga tashrifi bu siyosatning navbatdagi amaliy ifodasi bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi komissari Marta Kos Prezidentimizga murojaat qilar ekan, "O‘zbekiston yangilanishlar sur’atini belgilayapti" va "Siz – azmu shijoatli insonsiz", dedi. Bu so‘zlar shunchaki diplomatik iltifot emas, balki islohotlar natijasiga berilayotgan haqiqiy baho, O‘zbekistonning jahon siyosatidagi yangi rolining e’tirofidir. Tashrif formatining o‘ziyoq, bir vaqtning o‘zida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar o‘tkazilgani muloqotning strategik darajasini va Prezidentimizga bo‘lgan yuksak ishonchni yaqqol namoyon etdi.

Tashrifning asosiy natijasi O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi bo‘ldi. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini yangilab, siyosat, savdo, investitsiyalar, ta’lim, innovatsiyalar, iqlim masalalari hamda inson huquqlari borasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. 10 milliard yevrodan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi, qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli esa 40 milliard yevrodan oshdi. Bu mamlakatimiz uchun yangi investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, minglab ish o‘rinlari va inson kapitalining rivojlanishi demakdir.

O‘zbekiston o‘z geografik joylashuvini murakkab masaladan ustunlikka aylantirmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston "land-locked", ya’ni dengiz portlariga chiqish imkoniyati cheklangan mamlakatdan bosqichma-bosqich "land-linked" davlatga, ya’ni Yevropa va Osiyo bozorlarini bog‘lovchi ko‘prikka aylanmoqda. Transport yo‘laklari, sanoat va logistika zanjirlari, raqamli integratsiyani rivojlantirish orqali Yevroosiyo makonidagi asosiy chorrahalardan biri sifatida sahnaga chiqmoqda. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar ham yakunlandi. Bu O‘zbekistonning barqaror va ishonchli xalqaro iqtisodiy sherik sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Izchillik, ochiqlik va natijadorlik – Prezidentimiz tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridir. Har bir kelishuv, har bir tashrif, har bir qaror yagona maqsad – O‘zbekiston xalqining manfaatlarini himoya qilish va uning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Facebook|Instagram|X
Внешняя политика Узбекистана строится последовательно и системно. Её логика – от укрепления добрососедства и доверия в Центральной Азии к развитию стратегического сотрудничества с ведущими мировыми центрами Россией, Китаем, США, ЕС, другими ключевыми союзниками и партнерами.

Главный принцип остается неизменным: Президент Шавкат Мирзиёев выстраивает международные отношения, исходя из национальных интересов и приоритетов нашего народа. Каждый шаг во внешней политике направлен на рост благосостояния граждан, приток инвестиций, внедрение передовых технологий и расширение возможностей для страны.

Эту политику убедительно подтвердил визит главы государства в Брюссель. Еврокомиссар Марта Кос, обращаясь к Президенту, сказала: «Узбекистан задает темп» и «Вы – человек дела». Эти слова стали не просто дипломатическим жестом, а признанием реальных успехов реформ и новой роли Узбекистана в мировой политике. Сам формат визита – переговоры сразу с Президентом Европейского совета Антониу Коштой и Президентом Европейской комиссии Урсулой фон дер Ляйен – свидетельствует о стратегическом уровне диалога и высоком доверии к нашему лидеру.

Ключевым результатом визита стало подписание Соглашения о расширенном партнёрстве и сотрудничестве между Республикой Узбекистан и Европейским союзом. Этот документ обновил правовую основу взаимодействия и открыл новые возможности в политике, торговле, инвестициях, образовании, инновациях, климатической повестке и сфере прав человека. Достигнуты договоренности на сумму свыше 10 миллиардов евро, а общий портфель совместных проектов превысил 40 миллиардов евро. Все это – новые инвестиции, современные технологии, тысячи рабочих мест и развитие человеческого капитала.

Наша страна последовательно превращает свое географическое положение из вызова в преимущество. Из land-locked страны, ограниченной в доступе к морским портам, Узбекистан по инициативе Президента становится land-linked государством – надежным связующим звеном между Европой и Азией. Развитие транспортных коридоров, промышленных и логистических цепочек, а также цифровой интеграции превращает Узбекистан в один из ключевых узлов евразийского пространства. В том же русле – завершение переговоров с ЕС по вопросу вступления в ВТО. Это знаменует выход страны на финишную прямую присоединения к организации, что закрепит статус Узбекистана как открытого, предсказуемого и ответственного участника мировой экономики.

Последовательность, открытость и результативность – таковы основы внешнеполитического курса Президента нашей страны. Каждое соглашение, каждый визит, каждое решение направлены на одну цель – служить интересам народа Узбекистана и усиливать его голос на международной арене.

Facebook|Instagram|X
Bugun mamlakatimizda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tizim xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdim.

Qutlovda ichki ishlar tizimini xalqchil va samarali tuzilmaga aylantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mustahkam zamin yaratilgani ta’kidlangan.

Jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kiberjinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan birga, soha oldida turgan ustuvor vazifalar qayd etilgan.

Prezidentimiz tabrigida xalqimiz hayotini yanada osoyishta va fayzli qilishga qaratilgan harakatlar bundan buyon ham ustuvor darajada izchillik bilan davom ettirilishi, ichki ishlar xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, zamonaviy ish sharoitlari bilan ta’minlash, malakali kadrlar tayyorlash masalalari doimo e’tibor markazida bo‘lishi ta’kidlangan.

Davlatimiz rahbari ichki ishlar organlari xodimlariga tinchlik va xavfsizlik yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli xizmatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Сегодня в нашей стране отмечается День сотрудников органов внутренних дел.

На состоявшемся по этому случаю торжественном мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева сотрудникам и ветеранам сферы.

В поздравлении отмечено, что в результате масштабных реформ последних лет по превращению органов внутренних дел в народную и эффективную структуру создана прочная основа для укрепления мира и спокойствия в стране, обеспечения безопасности граждан.

Наряду с достигнутыми успехами в профилактике преступности, создании безопасной среды в махаллях, обеспечении общественной безопасности с использованием цифровых технологий и возможностей искусственного интеллекта, обозначены приоритетные задачи ОВД по дальнейшему совершенствованию работы в этих направлениях.

В поздравлении Президента также отмечено, что деятельность по обеспечению спокойной и благополучной жизни народа и впредь будет в числе главных приоритетов, особое внимание будет уделяться достойной оценке труда сотрудников органов внутренних дел, созданию для них современных условий работы и подготовке квалифицированных кадров.

Глава государства пожелал сотрудникам органов внутренних дел больших успехов в их почетной и ответственной службе на пути обеспечения мира и безопасности.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi;
– Sun’iy intellektni jadal rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar belgilandi;
– Tugayotgan hafta shijoatli O‘zbekistonning navbatdagi shiddatli va g‘alabali haftasi bo‘lib yodda qoladi.


Ko‘rsatuvni bugun, 25-oktabr kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 26-oktabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|Instagram|X
2025/10/26 02:37:19
Back to Top
HTML Embed Code: