Smart-ED doirasida navbatdagi muhim uchrashuv!
UNICEF vakolatxonasida “Ta’lim natijalarini baholash tuzilmasi” mavzusidagi uch kunlik seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarni Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, UNICEF O‘zbekiston vakolatxonasi Ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli hamda Stiven King (Cambridge University Press & Assessment) kirish so‘zlari bilan ochib berdi.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_dastur
#Press_tur
Bo‘stonliqda yoshlar uchun haqiqiy “Renessans”
Bir guruh jurnalistlar Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lishdi. Tashrif davomida ular oromgohdagi ta’limiy va madaniy dasturlar, o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlari hamda dam olish sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.
Jurnalistlar yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy infratuzilma va qiziqarli o‘quv dasturlari bilan tanishar ekan, bugungi avlodga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlardan xursand bo‘lishdi. Oromgohda bolalarning nafaqat dam olishi, balki ijodiy va intellektual jihatdan rivojlanishiga ham keng sharoit yaratilgani alohida ta’kidlandi.
“Renessans” oromgohi bugungi kunda nafaqat yozgi dam olish maskani, balki yoshlarning yangi g‘oya va orzularini ro‘yobga chiqaruvchi makon sifatida ham e’tirof etilmoqda.
Mazkur dastur doirasida 1500 nafar umumta’lim maktab o‘quvchilari ingliz tilida olib borilayotgan buxgalteriya hisobi, biznes asoslari va zamonaviy yondashuv fanlarini chuqur o‘zlashtirib, kelajakning global fikrlovchi mutaxassislariga aylanmoqda.
Davlat rahbari ilgari surgan “Garvardchilar maktabi” konsepsiyasi esa aynan shu yoshlar uchun intellektual va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unlashgan yangi ta’lim makonini yaratmoqda — bu makon O‘zbekistonning ertangi kun rahbarlari, iqtisodchilari va tadbirkorlari uchun haqiqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya bilan hamkorlikning yangi bosqichi!
Bugun Yaponiya Davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri —Nagoya Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik direktori Sevara Shakirova ham ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida ilmiy-tadqiqot, doktorantura va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Asian Satellite Campuses Institute (ASCI) dasturi — Nagoya Universitetining 2014-yilda tashkil etilgan tashabbusi bo‘lib, Osiyo mamlakatlarida salohiyatli rahbar va olimlarni tayyorlashga qaratilgan. 2015 yildan buyon O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan ushbu dastur yosh mutaxassislarga ishdan ajralmagan holda 3 yil davomida ilmiy tadqiqot olib borish imkonini beradi.
ASCI doktorlik dasturi doirasida o‘zbek tadqiqotchilari Nagoya Universiteti olimlari bilan birgalikda ishlaydi, Yaponiyada ilmiy safarlarda qatnashib, zamonaviy tadqiqot usullari bilan tanishadi. Eng e’tiborlisi — barcha ilmiy safar va xarajatlar Nagoya Universiteti tomonidan qoplanadi.
Bugungi kunda ushbu dastur orqali huquq, siyosat, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, inson resurslarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda bir qator davlat idoralari va oliy ta’lim muassasalari xodimlari ilmiy izlanish olib bormoqda.
ASCI dasturi O‘zbekiston uchun nafaqat doktorlik darajasini olish imkoniyati, balki xalqaro tajriba, ilmiy hamkorlik va davlat boshqaruvida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda muhim platforma sifatida qadrlanadi.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM