Telegram Group Search
🎀 Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan navbatdagi tadbir!

📚 A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 6–11-oktabr kunlari “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida haftalik tadbirlar davom etmoqda.

👩‍🎓 Shu haftalik doirasida markaz mutaxassislari o‘rtasida qiziqarli va bilimga boy “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🧠 O‘yin 6 ta turdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar quyidagi bosqichlarda o‘z zakovati, ziyrakligi va jamoaviy hamjihatligini sinovdan o‘tkazishdi:

BATAFSIL.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
👍3👏21🥰1
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  viloyat axborot- kutubxona markazida Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti xitoy tili" fakulteti "Turizm menejment" yo'nalishi 2-kurs talabalari bilan "Qiziqarli kutubxonada" nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo'yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma'lumot bazalari  haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan
“Dunyoni o‘zgartirgan olima ayollar” ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada dunyo miqyosida tan olingan, ilmiy kashfiyotlari insoniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan olima ayollar Marie Curie'dan boshlab Katherine Johnson, Ada Lovelace, Dorothy Hodgkin hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda faoliyat yuritgan, ilm-fanga o‘z hissasini qo‘shgan va qo'shib kelayotgan Dilfuza Egamberdieva, Oral Ataniyazova, Vera Bulatova, Zulfiya Umidova, Parahat Matyakubova kabi olimalarning faoliyati — izlanishlarning yorqin namunasi sifatida taqdim etilgan.

📌 Ushbu ko'rgazmani taqdim etishdan maqsad
-Ayollar ilm-fandagi o‘rnini qadrlash va targ‘ib qilish
-Yosh avlodni ilmga, izlanishga va kashfiyotlarga undashdir.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
2025/10/10 22:42:21
Back to Top
HTML Embed Code: