Telegram Group Search
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Давлатимиз раҳбари янгиланган Шота Руставели кўчаси бўйлаб автобусда юрди. Ўзбекистон Президенти пойтахтнинг янги халқаро аэропорти қурилиши бўйича улкан лойиҳага старт берди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Мәмлекетимиз басшысы жаңаланған Шота Руставели көшеси бойлап автобуста жүрди. Өзбекстан Президенти пайтахтымыздың жаңа халықаралық аэропорты қурылысы бойынша үлкен жойбарға старт берди.

Обзор важнейших событий за неделю: Глава государства проехался на автобусе по обновленной улице Шота Руставели. Президент Узбекистана дал старт масштабному проекту по строительству нового международного аэропорта столицы.

Weekly review of the most important events: The Head of State drove down the newly reconstructed Shota Rustaveli street on a bus. The President of Uzbekistan launched a large-scale project to construct a new international airport of the capital.

Facebook|Instagram|X
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Facebook|Instagram|X
🤩1
Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.

Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.

Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.

Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

Facebook|Instagram|X
Shavkat Mirziyoyev:

Yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍1
“Milliy libos — millat iftixori, ona tili — millat ruhi!”

Bugun, 21-oktyabr — har bir yurtdoshimiz uchun unutilmas sana!

Chunki aynan shu kuni — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Bu kun nafaqat til bayrami, balki millat g‘ururi, ona yurtga muhabbat va milliy qadriyatlarning ulug‘lanish kuni hamdir.

Bu ikki boylikni asrash, ular bilan faxrlanish — har birimiz uchun sharafdir!

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍5🔥1👏1
⚡️Yangiyo'l tumanida 2025/2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorlash va betalofat o‘tkazish doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 7/24 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Yangiyo'l tuman hokimligi markaziy shtabi;

☎️ (71) 502-10-39 (24 soat)
☎️ (71) 502-10-43 (24 soat)
☎️ (71) 502-10-46 (24 soat)
☎️ (77) 789-12-55 (24 soat)

Shtab rahbari – Yangiyoʻl tumani hokimining – qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari Toshev Olim Urakovich;
☎️ Tel: (91) 056-00-00,

Shtab rahbari o‘rinbosari – Yangiyo'l tuman qurilish Uy-joy kommunal xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i Shermatov Xasan Xolmaxamatovich;
☎️ Tel: (97) 771-56-69

🔥 Yangiyo'l tuman Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Toshpo'latov Nodir;
☎️ Tel: (99) 406-50-00
(bosh muxandis) Ramazonov Faxriddin (77) 781-70-81
☎️ Tel: (71) 602-26-95 , (71) 603-68-81 (dispetcher)

⚡️Yangiyo'l tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muxandisi Safarov Dilmurod (93) 395-06-43
☎️  Tel: (70) 700-78-51 (95) 195-10-47 (dispetcher)

🚰  Yangiyo'l tumani Suv ta’minoti boshlig‘i Roziqov G'ayrat;
☎️ Tel: (99) 111-26-49;
(bosh muxandis) Nishonboyev Tulegen
(99) 899-14-83
☎️ Tel: (95) 058-12-55 (dispetcher)

🏫 Yangiyo'l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i Xalikov Akrom;
☎️ Tel: (99) 849-99-00
Yangiyo'l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi Ekspulatatsiya bo‘limi bosh muxandisi Abduxakimov Anvar
☎️ (93) 553-92-91

🚑 Yangiyo'l tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Egamberdiyev Shuxrat;
☎️Tel: (90) 008-32-23
(o'rinbosar) Botirov Xayriddin, (97) 440-84-92
☎️ Tel: 103.

🚒  Yangiyo'l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Tursunov Yusufxo'ja (98) 001-80-88;
☎️Tel: (99) 846-07-85 (o‘rinbosar) Ya. Nurmatov
☎️ Tel: 101, (71) 601-00-01 (dispetcher)

🚓  Yangiyo'l tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Raxmatullayev Iskandar
☎️ Tel: (97) 609-76-76
☎️Tel: 102

Yangiyo'l tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i Jurayev Shamsiddin (97) 242-60-80;
(bosh muxandis) Normirzayev Olim   (97) 702-41-09

Yangiyo'l tuman yo'llardan foydalanish davlat korxonasi rahbari Masharipov Sanjar
(97) 773-33-93;
(bosh muxandis) Xoliqnazarov Jasur
(99) 359-60-00

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Hududiy Elektr tarmoqlari Aksiyadorlik jamiyati Toshkent hududiy filial Yangiyo‘l tuman elektr ta’minoti boshlig‘i (v.v.b) Dilmurod Safarov Abdullayevich Elektr tarmoqlari Aksiyadorlik jamiyati Yangiyo‘l tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlaydi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Yangiyo‘l tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Shermatov Xasan Xolmaxamatovich Yangiyo‘l tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayevning murojaati


Hurmatli tumanimiz aholisi, aziz yurtdoshlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Unda belgilab berilgan muhim vazifalardan biri sifatida yurtimizda keng ko‘lamli "tozalik va ozodalik oyligi" e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus — nafaqat hududlarimizni obod va go‘zal holatga keltirish, balki jamiyatimizda ozodalik, mas’uliyat va hamjihatlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan ezgu sa’y-harakatdir.

Bugun Yangiyo‘l tumanida ham mazkur oylik doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik ishlari boshlab yuborildi.

Mahallalarimizdagi ko‘chalar, xonadonlar, ijtimoiy obyektlar, bozor va do‘konlar atrofi, ariqlar, xiyobonlar hamda qurilish maydonlarida tozalikni ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan har bir fuqaromizni — nuroniylarimiz, faxriylarimiz, oila boshlarini, xotin-qizlar va yoshlarimizni o‘z hududidagi obodonlik ishlarida faol ishtirok etishga chaqiraman.

Tozalik — bu nafaqat go‘zallik, balki sog‘lom turmush tarzi va jamiyat taraqqiyotining asosidir.

Har birimiz o‘z xonadonimiz, ko‘chamiz, mahallamiz tozaligiga mas’ul ekanligimizni unutmaylik.

Birgalikda harakat qilsak, Yangiyo‘lni yanada obod, farovon va namunaviy hududga aylantirishga ishonaman.

Odiljon ATAULLAYEV,
Yangiyo‘l tumani hokimi


Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍5🔥3👏2
Bildirish

Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, L-18-D 35 kV yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻida Magistral Elektr Tarmoqlari xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli bugun soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Qoʻshtepa, Qoratepa, Chamanzor, Nurobod, Bahor, Nov, Yuksalish, Gʻalaba, Oʻzbekiston, Nihol hamda Olmazor MFY hududlarida xodimlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida kuchlanish vaqtincha uzilib turiladi.

Ishlar tugatilgach hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahar va tumanlarda hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Bildirish

Yangiyo'l TET shuni ma'lum qiladiki, 35/6 kV Niyozbosh PSda Magistral Elektr Tarmoqlari xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan kuch transformatorida navbatdagi ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli Gulbog', Madaniyat, Paxta, Guliston, Samarqand MFY hududlarida bugun soat 14:00 ga qadar kuchlanish xodimlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida vaqtincha uzilib turiladi.

Ishlar tugatilgach hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘riqlash boshqarmasi bo‘sh lavozimlarga ishga taklif etadi!

Joriy yilning 21 va 22 oktyabr kunlari Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalariga bo‘sh lavozimlarga jamlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишга оид президент фармони имзоланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173 сон фармони қабул қилинди.

Фармон билан Ўзбекистон Республикасида 2026 йилда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказишни ташкил этиш бўйича республика комиссияси таркиби тасдиқланди.

Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.

Рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1 босқич 15-31 январь
17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2 босқич 4-28 февраль
“Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.

❗️Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади.


❗️Саволномадаги маълумотлар бошқа идораларга тақдим этилмайди.


Саволнома таркиби
Жами саволлар сони: 71 та
Аҳолига оид: 54 та
Қишлоқ хўжалигига оид: 17 та
👍1
2025/10/22 08:06:35
Back to Top
HTML Embed Code: