Telegram Group Search
Forwarded from "Innovator" jurnali
#tanlov

📣📣📣Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi!

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.

Yurtimizda ham shunday isteʼdodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Siz yoki do‘stlaringizda kashfiyot yoki ixtirolar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan SIZ UCHUN!

 📌Tanlov shartlari

O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida o‘tkazilgan tanlovimizda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon o'z loyihasi bilan qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Loyihaning nomi "Aqlli papka" bo'lib, u dars jadvali bo‘yicha kitoblar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda qaysi kitob yo‘q bo‘lsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.

👉 O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

 ❗️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.

 📆Videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.

 🏆 G‘oliblar 1-avgust kuni soat 17:00 da "INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

 🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalariga "INNOVATOR" jurnali tomonidan maxsus diplom va sovg‘alar topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida jurnalimiz sahifalarida maqola ham tayyorlanadi.

‼️Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2023-yil 4-soniga 3-iyuldan 10-iyulgacha soat 18:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Shu sondan boshlab maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

✍️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim. Maqolalarni ko‘rib chiqish muddati ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kun.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat texnika fanlariga oid maqolalar qabul qilinadi.

❗️Jurnal avgust oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Taniqli fan va davlat arbobi, O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Rashidova 80 yoshda

T
aniqli kimyogar olim Rashidova Sayyora Sharafovna 50 yildan ortiq ilmiy va tashkilotchilik faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan va uning xizmatlari jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilgan. Olima 1965-yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. 1971-yilda nomzodlik, 1983-yilda doktorlik ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zR FA muxbir a’zosi (1994), O‘zR FA akademigi (2000), professor (1984), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi faxriy unvoni (1993), “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni (1997), “Do‘stlik ordeni” (1999), “Yuksak xizmatlari uchun” (2000), “El-yurt hurmati” (2003), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2019) ordenlari, “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni (2021) bilan taqdirlangan.

️Batafsil
📣📣📣DIQQAT!

"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish"
ilmiy jurnalining 2023-yil 1-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi. Quyidagi havola orqali jurnalni ochib, "varaqlab" ko'rishingiz mumkin!

👉https://online.pubhtml5.com/oppia/gsdn/

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Forwarded from FAKTOLOGIYA
🎁 Mongoliyada bir restoran bor, u restoranda sizning ozg'inligingizga qarab chegirma tizimi mavjud.
Forwarded from FAKTOLOGIYA
🧠 Inson miyasi 2,5 petabayt sigʻimga ega, bu degani 2,5 million GB degani.

Buni toʻliqroq tasavvur qilishingiz uchun inson miyasi 13-yillik toʻxtovsiz HD formatidagi videoni yoki 5 milliard dona kitobni sigʻdira olishini oʻylab koʻring.

P.S.: Shuning uchun biz  oʻzimizga koʻp ham past baho bermasligimiz kerak,  chunki bizning miyamiz har qanday super kompyuterdan ham kuchli. Toģri bösa reaksiya qoldiramiz👍
⚡️Joriy yilning 28-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 1-oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati tadbir tashkil etildi.

🎉Tadbirda taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining zahmatli mehnati bilan namuna boʻlayotgan bir guruh soha vakillariga “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.

🤝Taqdirlash marosimida mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan faolligi va fidokorona xizmatlari uchun “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” direktori Mansur Tursunov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​‼️ЭЪЛОН

“Илм-фан ва инновацион ривожланиш”
илмий журнали таҳририяти ҳамда Россия Федерациясининг “Научная электронная библиотека” (“Илмий электрон кутубхона”) компанияси ўртасида ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди. Эндиликда журналда нашр этилган мақолалар компания томонидан ташкил этилган eLIBRARY.RU электрон кутубхонаси платформасига ҳам жойлаштирилади.

eLIBRARY.RU – илмий нашрларни ўз ичига қамраб олган, илмий маълумотларни қидириш ва таҳлил қилишга мўлжалланган Россиянинг йирик илмий кутубхонаси ҳисобланади. Кутубхона Россия илмий иқтибослик индекси (РИНЦ) билан интеграциялашган.

РИНЦ олимлар ва ташкилотларнинг нашр фаоллиги кўрсаткичларини баҳолаш мақсадида Россия Федерацияси Таълим ва фан вазирлиги топшириғига асосан яратилган бепул ва омма учун очиқ бўлган илмий иқтибосларнинг библиографик маълумотлар базасидир. Ушбу база россиялик олимларнинг 12 миллиондан ортиқ мақолалари, шунингдек, мамлакатнинг 6000 дан ортиқ журналларидан ушбу мақолаларга иқтибослар тўғрисида маълумотлар тўплайди.

eLIBRARY.RU ва РИНЦ “Научная электронная библиотека” компанияси томонидан ишлаб чиқилган ва йўлга қўйилган.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤝"Илм-фан ва инновацион ривожланиш" илмий журнал таҳририяти ҳамда Россия Федерациясининг “Научная электронная библиотека” (“Илмий электрон кутубхона”) компанияси ўртасида ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди.

Жорий йилнинг 28 сентябрда "Илм-фан ва инновацион ривожланиш" илмий журнали таҳририят ходимлари Москва шаҳрида бўлиб ўтган “Илмий нашрни eLIBRARY.RU платформасига жойлаштириш” мавзусидаги ўқув-амалий семинарда иштирок этишди.

✔️ Семинар давомида Markup, Articulus ва Science Space тизимлари билан ишлаш, шунингдек, нашрларни eLIBRARY.RU платформасига жойлаштириш ўргатилди.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Илм-фан ва инновацион ривожланиш” илмий журнали таҳририяти ҳамда Россиянинг “Итеос” МЧЖ ўртасида ҳамкорлик ўрнатилди. Эндиликда журналда нашр этилган мақолалар (2023 йил 6-сонидан бошлаб) корхонага тегишли CyberLeninka илмий электрон кутубхонаси платформасига жойлаштирилади.

CyberLeninka (КиберЛенинка) – Open Science парадигмасига асосланган илмий электрон кутубхона бўлиб, илм-фан ва илмий фаолиятни оммалаштириш, илмий нашрлар сифати устидан жамоатчилик назоратини ўрнатиш, фанлараро тадқиқотлар, замонавий илмий тақриз институтини ривожлантириш ҳамда билимлар инфраструктурасини шакллантиришга хизмат қилади.

Эслатиб ўтамиз, яқинда “Илм-фан ва инновацион ривожланиш” илмий журнали таҳририяти ҳамда Россиянинг “Научная электронная библиотека” компанияси ўртасида муҳим шартнома имзоланган эди. Унда журналда чоп этиладиган мақолаларни (2023 йил 5-сонидан бошлаб) компанияга тегишли eLIBRARY.RU электрон кутубхонасига жойлаштиришга келишилган.

eLIBRARY.RU – илмий нашрларни ўз ичига қамраб олган, илмий маълумотларни қидириш ва таҳлил қилишга мўлжалланган Россиянинг йирик илмий кутубхонаси ҳисобланади. Кутубхона Россия илмий иқтибослик индекси (РИНЦ) билан интеграциялашган.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📌Joriy yilning 15-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Oliy taʼlimda axborot-resurs markazlarining o‘rni: tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

📚Seminar o‘quv adabiyotlari ko‘rgazmasi va innovatsion kutubxona taqdimotlari bilan boshlandi. Ushbu ko'rgazmada "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" ham ishtirok etdi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
2024/05/24 12:20:20
Back to Top
HTML Embed Code: