Telegram Group Search
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Sonlar nazariyasidan misol va masalalar" nomli kitob chop etildi.

📚O‘quv qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida sonlar nazariyasida muhim bo‘lgan asosiy mav­zular bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar hamda ularning tatbiqlariga doir misol va masalalar berilgan. Ikkin­chi qismida misol va masalalarning javoblari keltirilgan. Uchinchi qismida esa barcha misol va masalalar ishlab ko‘rsatilgan.

📚O‘quv qo‘llanma univеrsitеtdagi matеmatika ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan algebra va sonlar nazariyasi fanining sonlar nazariyasi qismini o‘tishda, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil qilishda foydalanish mumkin. Shuningdek, o‘rta umumta’lim maktablari va akadеmik litsеylar o‘quvchilarining sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilishda hamda umuman matematikani mustaqil o‘rganuvchilar foydalanishlari mumkin.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚"Well done"

🔥Ushbu kitob bir g'alati xislatga ega. Uni o'qish uchun kitobni pishirish kerak. Uni pechda 100 daraja 25 daqiqa davomida qizitish kerak. Ajoyib, shunaqamasmi?

🔆Aslida, bu Xorvatiyaning Bruketa & Zinic dizayn studiyasi tomonidan ixtiro qilingan retseptlar kitobi. Ushbu kitob kompaniyaga sezilarli darajada muvaffaqqiyat olib kelgan. Albatta, maxfiy retseplarni qo'lga kiritish barcha muxlislarga qiziq bo'lgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
👉1992 yilda ilmiy-fantastik janrda ijod qiluvchi Kevin Begos va rassom Dennis Ashbeau birgalikda g'ayrioddiy asar yaratishdi: kitob, badiiy buyum va spektakl. Badiiy albomni "Agrippa (Murdalar kitobi)" deb nomalashdi. Nomi haqiqatdan g'alatiroq🧐

✔️San'at asarining bunday deyilishiga sabab - bir martalik foydalanishdan so'ng, kitob varaqlari o'z-o'zidan "yonib ketadi". Siri shundaki, kitob sahifalariga maxsus disk o'rnatilgan bo'lib, tasvir aynan u yordamida aks etadi hamda yo'qoladi.

✔️Kitob taqdimoti 1992-yil dekabr oyida AQSh ning Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan,

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📌“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2022 yilgacha bo'lgan barcha sonlari Scientific Library of Uzbekistan (sLIB.UZ) saytiga joylashtirilgan.

❗️Eslatib o'tamiz, sLIB.UZ - bu ilmiy jurnallar va O'zbekiston mualliflari maqolalarining keng ma'lumotlar bazasini o'z ichiga olgan elektron kutubxona.

▶️Quyidagi havola orqali o'tishingiz mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Web
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Temir yo‘l transporti asoslari" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

🔹Ushbu darslik O‘zbekistonda temir yo‘llarning rivojlanish tarixi va istiqbollari haqida tushunchalar beradi. Rivojlangan chet el va MDH davlatlarining temir yo‘llari, ilg‘or texnika va texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

🔹Darslik temir yo‘l transportiga mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari talabalari va temir yo‘l muhandislari va texnik xodimlari uchun mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Tarixiy antropologiya" nomli kitob chop etildi.

▪️Ushbu o‘quv qo‘llanmada Tarixiy antropologiya fani va uning shakllanishi, o‘rganish predmeti va obyekti, tadqiqot metodlari, fanning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar va ularning ijodlari, shuningdek, fanning zamonaviy yo‘nalishlari va maktablarda olib borilgan tadqiqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️Buyuk Britaniyaning “Daily Telegraph” gazetasi eng yaxshi 10 ta mumtoz asarlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Gazeta ekspertlarining fikricha, aynan shu kitoblar dunyoni o‘zgartirgan, vaqt chig‘irig‘idan o‘tgan asarlardir. Ro‘yxatga ingliz adabiyotidan 7 ta, qadimgi yunon, fransuz va rus adabiyotidan bittadan kitob kiritilgan. Mualliflarning uch nafari ayol yozuvchilar ekanligi ta'kidlangan.

♦️Ulardan biri — ingliz yozuvchisi Jorj Eliotning "Middlmarch" asaridir.
Adibaning ushbu romani qahramonlari dunyoni, muhabbat, mehr bilan o‘zgartirishga shiddat bilan kirishgan kishilardir. Asar qahramonlari Britaniyaning Middlmarch shaharchasida tanishadilar. Ularning har biri hayotda o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida kurashadilar.

♦️Kitob 1871-72 yillari chop etiladi. Kitob asosida 1994 yili film ishlangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Personalni boshqarish" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

🔹Darslik personalni boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari, funksiya va uslublari, jumladan personalni boshqarish tizimi, personalni rejalash­tirish, shakllantirish, rivojlantirish, rag‘batlantirish, baholash, mehnat jamoa­lariga rahbarlik qilish, yetakchilik masalalari, guruhlararo munosa­batlar O‘zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlari, shuningdek, jahon tajribasi asosida batafsil bayon etilgan.

🔹Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, boshqaruv xodimlari va mutaxassislari, iqtisodiyot masalalari bilan qiziquvchan barcha o‘quvchi­larga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
🧩«Bovari xonim»

▪️Fransuz yozuvchisi Gustav Flober (1821-1880)ning ushbu romani 1856 yili “Revyu de Pari” jurnalida chop etilgan. Garchi muallifga ushbu asari uchun turli ayblovlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, ko‘plab adabiyotshunoslar ushbu asarni yuqori baholashgan. Ivan Sergeevich Turgenev ham «Bovari xonim»ni tengsiz asar deya ta’riflagan.

▪️Kitob bir necha marta ekranlashtirilgan. Ushbu asar o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1976).

Facebook I Telegram I Web I Instagram
🔰"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Bank ishi" nomli kitob chop etildi.

✔️«Bank ishi» faniga bag‘ishlangan navbatdagi darslikda oddiy va sodda tilda, savol va javob tariqasida bank tizimi to‘g‘risida tushuncha, bank ishi fanining predmeti va obyekti, uning faoliyatidagi tavakkalchilikni baholash, bank kreditini berish siyosati, bankning investitsion funksiyalari va bank menejmenti kabi masalalar yoritilgan.

✔️Darslik “Bank ishi” fanlari dasturlari asosida tayyorlangan.
Darslikda bank ishiga taalluqli savollar va javoblar bilan birgalikda har bir bo‘lim bo‘yicha alohida tayanch iboralar va nazorat savollari keltirilgan.

✔️Darslik oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimida iqtisodchi mutaxassislar, bank xodimlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlari va fakultetlarida hamda biznes maktablarida o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar va suhbatlar, treninglar uyushtirish uchun mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️Buyuk Britaniyaning “Daily Telegraph” gazetasi tomonidan dunyoni o'rgartirgan deb e'lon qilingan 10 ta mumtoz asarlar bilan tanishishda davom etamiz!

«Manmanlik ko‘rgazmasi: qahramonsiz roman»

Ingliz yozuvchisi Uilyam Tekkerey (1811-1863)ning Napoleon urushlari haqidagi ushbu romani 1847-1848 yillari “Punch” hajviy jurnalida chop etilgan. Unda inson fe’l-atvorining eng qora sahifalari o‘tkir yumor bilan tasvirlangan. Asar 1911-2004 yillar orasida 10 marta ekranlashtirilgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xaloqaro ishlar andozasi" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

♦️Ushbu o‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlaridan samarali va oqilona foydalanishga oid nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni jamlanganligi bilan ahamiyatlidir.

♦️O‘quv qo‘llanma 5231700 – Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishi talaba­lariga, shuningdek, xalqaro ishlash andozasi yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Urush va tinchlik»

🔹Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» epopeyasi Tolstoyning eng go‘zal ijod namunalaridan biridir. Ayrim rus adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalar-da, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzusiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Ushbu kitobda 550 dan ortiq qahramonlar mavjud bo‘lib, ulardan 200 nafari tarixiy shaxslardir.

🔹Asar 1913-2016 yillar orasida 11 marta ekranlashtirilgan. Bu asar Kibriyo Qahhorova va Abdulla Qahhor tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xaloqaro raqobat siyosati" nomli kitob nashr etildi.

🔹Ushbu o‘quv qo‘llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti hamda shu fan bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari asosida magistrantlar uchun tayyorlangan. Unda xalqaro raqobat nazariyalari, jahon bozoridagi raqobat usullaridan foydalanish mexanizmlari, O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini shakllantirishning strategik maqsadlari o‘z aksini topgan.

🔹O‘quv qo‘llanmada raqobatga oid turli nazariyalar, konsepsiyalar, strategiyalar va modellarni tahlil va sintez qilinib, ulardan zarur g‘oyalar va xulosalar keltirib chiqarilgan. Qo‘llanma birinchi navbatda magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan mustaqil izlanuvchilar, talabalar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Devid Kopperfild»

▪️Ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens (1812-1870)ning tarjimai hol yo‘sinidagi «David Kopperfild» (1850) romanida o‘sha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari ko‘rsatilgan. Tolstoy va Dostoevskiy ham romandan ta’sirlanganlarini yozishgan.

▪️Asar 1911-yildan boshlab bir necha marta ekranlashtirilgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xavfsizlik va texnologiya" nomli kitob chop etilmoqda.

♦️O‘quv qo‘llanmada xavfsizlik va texnologiya fanining nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan.

♦️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Iqtisodiy xavfsizlik bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan, shuningdek, xavfsizlik va texnologiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi ko‘p sonli kitobxonlarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
2024/04/25 12:29:41
Back to Top
HTML Embed Code: