Telegram Group Search
“Bo‘lajak yosh muhandislar” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi va yangi “Padel” korti ochildi

14-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi va “Yosh muhandislar” tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut jamoasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Olimpiada yoshlarning muhandislik sohasiga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga undash va texnik tafakkurni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida institut hududida qurilgan zamonaviy “Padel” tennis korti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida “Rektor kubogi” musobaqasiga ham start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93142

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
117👍4🔥1👏1
4️⃣4️⃣4️⃣👨‍💻👩‍💻🧠

Nobel mukofoti sovrindori, professor Rik Leemans “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-trening o‘tadi

Ushbu treningda ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar 15–18-oktabr kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha bo‘lib o‘tadigan darslarga taklif etiladi.

Ma’lumot uchun, professor Rik Leemans Nobel mukofoti sovrindori, Niderlandiyaning Wageningen universiteti faxriy professori hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ekologiya va huquq fakulteti EkoGIS markazi professori.

Seminarlarda global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘nggi ilmiy yondashuvlar, iqlim tizimining ishlash mexanizmlari va inson faoliyatining unga ta’siri muhokama qilinadi.

❗️Eslatma: Seminar-trening darslari ingliz tilida olib boriladi.

🗓 Sana: 15–18-oktabr
Vaqt: 10:00 – 12:00
📍 Joy: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, 1-konferensiya zali

Seminar-treningda qatnashmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
🔗 https://forms.gle/iSSJfddCksGsqspf7

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5👍2👏1
Toshkentda ta’lim sifatini baholashga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

14-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Bilim va malakalarni baholashda nazariy va amaliy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbir “Azimut Grand Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazir o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda xalqaro tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93143

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1712😁1
2025/10/15 01:13:09
Back to Top
HTML Embed Code: