Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan
Sirdaryo viloyatida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali hamda uning tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida 24 soatlik navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Filial tomonidan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 140 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 31 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan.
Ushbu chora-tadbirlar elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek mavsumni barqaror va betalofat o‘tkazishga xizmat qiladi.
📍 Sirdaryo

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi
Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari qadoq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri bilan tanishdi hamda viloyatda yangi loyihalarni rejalashtirayotgan xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi.
📍 Sirdaryo
📍 Sirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi. Bugun Prezidentimiz Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga kelib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.
📍 Sirdaryo
📍 Sirdaryo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahri Boʻston mahallasidagi bunyodkorlik ishlarini borib koʻrdi hamda aholi bilan muloqot qildi.
📍 Sirdaryo
📍 Sirdaryo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filialiga borib, Guliston shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlarning holidan xabar oldi.
📍 Sirdaryo
📍 Sirdaryo
➖ Guliston shahridan o‘tuvchi «Do‘stlik» kanali bo‘yidagi 67 gektarda yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi;
➖ Guliston davlat universiteti qoshida Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” dasturi doirasida kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil qilinadi;
➖ Guliston shahrida kamida 5 ming ish o‘rinli «O‘zbekiston – Shanxay hamkorlik tashkiloti» savdo va sanoat zonasi tashkil qilinadi.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olamiz?
➡️ Konstitutsiya kuni arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
▪️6-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
▪️7-dekabr (yakshanba) – dam olish kuni;
▪️8-dekabr (dushanba) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

Maktablarda qishki ta’til sanalari e’lon qilindi
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qishki ta’til:
➖ boshlang‘ich sinflarda — 2025-yil 27-dekabrdan;
➖ umumiy tartibdagi sinflarda — 2025-yil 28-dekabrdan boshlanadi.
Ta’til muddati 2026-yil 10-yanvargacha belgilangan.
III chorakdagi dars jarayonlari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
📍 Sirdaryo
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qishki ta’til:
➖ boshlang‘ich sinflarda — 2025-yil 27-dekabrdan;
➖ umumiy tartibdagi sinflarda — 2025-yil 28-dekabrdan boshlanadi.
Ta’til muddati 2026-yil 10-yanvargacha belgilangan.
III chorakdagi dars jarayonlari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
📍 Sirdaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun JCH-2026 qur’asi: O‘zbekiston raqiblari aniqlanadi
O‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2026ning guruh bosqichida qaysi raqiblarga qarshi maydonga tushishini bilib oladi. Vashington shahrida o‘tadigan qur’a marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

❗️#Diqqat
Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!
«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Guliston shahridagi 110/35/10 kVli «Markaz» podstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Shu sababli, joriy yilning 6-dekabr kuni soat 2:00 dan 4:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.
▪️Guliston shahrining Buyuk kelajak, Madaniyat, Ma'naviyat, Ahillik, Yangi hayot, Navbahor, Taraqqiyot, Shodlik, Do'stlik, Ibratli, Bahor, Ulug' yo'l, Nihol va Sohil mahallalarida;
▪️Boyovut tumanining Yangi avlod va Qaropchi mahallalarida;
▪️Guliston tumanining Mevazor, Zarbdor va Yulduz mahallalarida;
▪️Mirzaobod tumanining M.Ulug'bek, Toshkent, Bog'iston, Yangi hayot va Dehqonobod mahallalarida.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz», - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali Matbuot xizmati.

Gulistonda «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi.
Tadbir davomida adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar, bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan «Huquqiy maslahat burchaklari» faoliyati yo'lga qo'yilib, aholi va yoshlarga Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan bepul maslahatlar berildi.
«Konstitutsiya ko‘chasi» doirasida konstitutsiyaviy taraqqiyot bosqichlarini yorituvchi tarixiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shaxsiy huquqlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Shuningdek, Sirdaryo yuridik texnikumi o‘quvchilari tomonidan Konstitutsiya bo‘yicha kuiz va chellenjlar, viktorinalar o‘tkazildi.