Telegram Group & Telegram Channel
#operatsion_tizim #bilasizmi

Microsoft .NET Framework nima? Nima vazifani bajaradi? Istalgan versiyasini yuklashni o‘rganamiz! 🖥

⚙️ Microsoft .NET Framework – bu yaratilish paytida muayyan bir ilovaning qismlari har xil dasturlash kodlari yordamida yoziladigan, turli dasturlar yoki o‘yinlarni yaratish, ularni xatoliksiz ishga tushirish va foydalanish imkonini beruvchi raqamli platformadir.

Ushbu platforma – alohida olingan ilovaning turli kodlari bitta o‘tuvchi kodga kompilyatsiya qilinuvchi raqamli platforma bo‘lib, bu o‘z navbatida Framework platformasining o‘zi uchun tushunarli hisoblanadi. Keyinchalik o‘tuvchi kod – dastur bevosita ishlab chiqilgan operatsion tizim (masalan, Windows 7/8-8.1/10) uchun tushunarli bo‘lgan kodga qayta kompilyatsiya qilinadi.

Ushbu platformani turli yo‘llar bilan o‘rnatishingiz mumkin:
• Yangilanishlar to‘plamida ushbu platforma mavjud bo‘lgan operatsion tizimni o‘rnatish orqali;
• .NET Framework'ni (pastroqdagi havolalar orqali) yuklab olish, so‘ngra alohida o‘rnatish;
• O‘yinni o‘rnatayotganda qo‘shimcha dasturiy ta’minot sifatida o‘rnatish;
“Центр обновления Windows” (Windows Update) yordamida avtomatik ravishda o‘rnatish.

Shunday holatlar bo‘ladiki, o‘yin yoki dasturni ishga tushirish paytida taxminan quyidagicha oyna hosil bo‘ladi: “(dastur nomi) .NET Framework'ni talab etadi. Iltimos, .NET Framework 3.5 yoki undan yuqori versiyasini yuklab oling va o‘rnating”.

Agar sizda Microsoft .NET Framework 4.7 o‘rnatilgan bo‘lsa, bu sizga eski versiyalar kerak emas, degani emas. Bundan tashqari Microsoft .NET Framework 4 va oldingi versiyalarini, ya’ni operatsion tizimingizga tegishli bo‘lgan barcha platformalarni o‘rnatish tavsiya etiladi.

Microsoft .NET Framework qanday faollashtiriladi?

Quyidagi qadamlarni bajarish orqali ushbu platformaning avtoyuklanishi faollashtiriladi:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosgan holsa “Выполнить” oynasi chaqiriladi va unga appwiz.cpl buyrug‘i kiritilib ENTER klavishi bosiladi.
2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan “Включение или отключение компонентов Windows”ga o‘tiladi.
3️⃣. Microsoft .NET Frameworkka oid bo‘lgan barchasi belgilab (✓) o‘tiladi.

Uning kerakli versiyalarini quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin:
http://dlltop.ru/soft/135-microsoft-net-framework

📍Eslatma: Dastur yoki o‘yinlarni o‘rnatish va foydalanishda muammo kuzatilmasligi uchun, o‘zida oldingi versiyalarni jamlagan 3.5 versiyasi hamda hozirgi kunda eng so‘nggi versiya (hozirda eng so‘nggisi 4.8) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

🎞 Ushbu maqolaning video talqinini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija

group-telegram.com/itspecuz/4240
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
group-telegram.com/itspecuz/4240

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

In this regard, Sebi collaborated with the Telecom Regulatory Authority of India (TRAI) to reduce the vulnerability of the securities market to manipulation through misuse of mass communication medium like bulk SMS. "There are several million Russians who can lift their head up from propaganda and try to look for other sources, and I'd say that most look for it on Telegram," he said. The Security Service of Ukraine said in a tweet that it was able to effectively target Russian convoys near Kyiv because of messages sent to an official Telegram bot account called "STOP Russian War." READ MORE On Feb. 27, however, he admitted from his Russian-language account that "Telegram channels are increasingly becoming a source of unverified information related to Ukrainian events."
from us

Telegram IT specialist
FROM American