Telegram Group Search
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi

◽️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Agentlikning edu.bsa.uz platformasi hamda You Tube dagi https://youtu.be/UL-enHkWEW0?si=s_mz0kjOEx_aqc7P sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
⚡️O‘zbekiston Prezidenti UNESCO doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.


Davlatimiz rahbari anjuman ishtirokchilarini madaniyatlar va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida samimiy qutladi. Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini, UNESCO Bosh direktori Odri Azule, xorijiy mamlakatlar hukumatlari rahbarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillariga, barcha delegatsiyalarga konferensiyada ishtirok etayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Prezidentimiz so‘zining avvalida bu galgi sessiya so‘nggi 40 yilda birinchi marta UNESCOning Parij shahridagi bosh qarorgohidan tashqarida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

– Bunday nufuzli forumning mamlakatimizda o‘tkazilayotganini Tashkilotga a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasi deb qabul qilamiz, – dedi davlatimiz rahbari.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident: UNESCOning boqiy an’ana va qadriyatlaridan kuch olayotgan “Samarqand ruhi” umumiy taraqqiyot sari yanada birlashishga undaydi

Davlatimiz rahbari YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi tarixiy sessiyasi ochilishida nutq so‘zladi va uning doirasida samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
⚡️Shaxsiy rivojlanish — har bir davlat xizmatchisi uchun strategik qadam

Yangi tartibga ko‘ra, mustaqil ta’lim davlat fuqarolik xizmatchisi ixtiyoriy ravishda xizmat faoliyati yo‘nalishlariga doir materiallarni o‘rganishi, ta’lim resurslariga joylashtirilgan masofaviy kurslarda ishtirok etishi, kitobxonlik va boshqa shakllarda o‘z ustida ishlashini nazarda tutadi.

Mustaqil ravishda kasbiy kompetensiyalarni oshirish davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan kalendar yili uchun ixtiyoriy ravishda ishlab chiqiladigan shaxsiy rivojlanish rejasi asosida amalga oshiriladi.

▫️Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari davlat fuqarolik xizmatchisi shaxsiy rivojlanish rejasini bajarishini monitoring qilib boradi.

Eslatib o‘tamiz, mustaqil ta’lim yakka tartibda amalga oshiriladi hamda davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy, shaxsiy, intellektual, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
#Inson_kapitali_laboratoriyasi

⚡️Islohotlardan samarali foydalanish orqali tumanimiz iqtisodiy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarmoqchiman

Umidjan Matirzayev, Beruniy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

2025-yil mart oyida “Hokimlikka tayyorlash maktabi” dasturi doirasida Germaniya Federativ Respublikasida malaka oshirdim. Germaniya (Bavariya)dagi stajirovkam davomida davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat tizimi, agrar siyosat va axborot siyosati sohalari bo‘yicha yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladim.

Bavariyadaning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi, tuman va shahar ma’muriyatlari faoliyati hamda fuqarolar bilan ishlash usullari bilan tanishdim. Mahalliy budjetni boshqarish, iqtisodiy rivojlantirish va “yashil energetika”ni rivojlantirish bo‘yicha Germaniya tajribasi men uchun juda foydali bo‘ldi. Shuningdek, jamoatchilik bilan ochiq muloqot va axborotni oshkora yetkazish borasidagi ilg‘or amaliyotlar faoliyatimga yangi yondashuv olib kirdi.

Stajirovkadan so‘ng ish faoliyatimda tizimli boshqaruv, aniq rejalashtirish va mas’uliyatni taqsimlash tamoyillarini joriy etdim. Natijada iqtisodiy tahlil va rejalashtirish samaradorligi oshdi, jamoatchilik bilan ochiq muloqot madaniyati mustahkamlandi, shaxsiy tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilgan ish uslubi shakllandi.


Kelgusida ham Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlardan samarali foydalanish orqali tuman iqtisodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va aholi farovonligini ta’minlashni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Davlat xizmatchilarining malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish tizimini esa samarali boshqaruvga olib boruvchi muhim omil, deb hisoblayman.

#Media_rukn_haqida
#human_capital_lab

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
⚡️Davlat boshqaruvida innovatsion yondashuvlar: masʼul rahbarlar uchun o'quv-amaliy seminar tashkil etildi

Toshkent shahridagi IT-parkda Boshqaruv samaradorligi agentligi filiallari rahbarlari uchun tashkil etilgan o'quv-amaliy seminar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli institutsional islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, raqamli transformatsiya va zamonaviy texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etishga yo'naltirildi. O'quvga tajribali mutaxassislar, IT sohasi ekspertlari jalb etildi.

Seminar avvalida joriy yilning 21-oktyabr kuni Davlatimiz rahbarining IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini vazirlik va idoralar faoliyatiga keng tatbiq etish orqali samaradorlikni oshirish bo'yicha bergan takliflari yuzasidan fikr-mulohazalar almashinilib, muhim vazifalar belgilab olindi.

Tadbir ishtirokchilariga davlat boshqaruvini raqamlashtirish, sun'iy intellekt asosida qaror qabul qilish tizimlarini joriy etish, axborot xavfsizligi (kiberxavfsizlik)ni ta’minlash hamda innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.


Shuningdek, Dastur doirasida:


▫️Texnologik mahsulotlar va startap loyihalar ko‘rgazmalari,
▫️Sun'iy intellekt ekotizimini joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdimotlari,
▫️Kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan integratsiyalashgan loyihalar muhokamasi,
▫️"Yangi O‘zbekiston" universiteti faoliyati bilan tanishuv hamda innovatsion laboratoriyalarga tashrif,
▫️Olimpiya shaharchasiga tashrif va infratuzilma obyekti bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar uchun seminar doirasida strategik menejment, raqamli kompetensiyalar va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy keyslar ham tashkil etiladi.


Ushbu tadbir sohada samaradorlikni oshirish, jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
2025/10/31 07:47:46
Back to Top
HTML Embed Code: