Telegram Group Search
Arab mamlakatlaridan birida edim. Ziyorat asnosida u yerdagi do‘stim bir fazilatli olimni ziyoratiga olib bordi. U olimning uyiga kirgach uning o‘g‘li bizni uning xonasiga olib kirdi. Xonadagi kitoblarni ko‘rib hayratda qoldim. O‘zim yomon gumon qiladigan odatim yo‘q. Ammo negadir kitoblarni ko‘rib :"Kitobning ko‘pligi faxr uchun bo‘lsa kerak. Buncha kitobni o‘qiy olmaydi ",- deb o‘yladim.

Shayx keldi. Iliqqina, ajoyib suhbat bo‘ldi. Ketar chog‘imiz shayx menga dedi:

"O‘zim kitobni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun birovga kitoblarimni bera olmayman. Ammo negadir sizga bir kitob sovg‘a qilgim kelayapdi. Kitoblarim ichidan xohlaganingizni tanlab oling. Mendan sizga sovg‘a!".

Men avval rad qildim. Ammo shayx qattiq turib olganidan so‘ng Ibnul Javziyning "Uyunul hikoyot" nomli kitobini oldim.


Bugun uni o‘qiyapman. Kitobdagi imloviy xatolarni shayx ruchka bilan to‘g‘irlab ketgan ekan. Bildimki, kitob o‘qilgan. Faxr uchun qo‘yilmagan ekan kutubxonada..


Ehtimol shayx menga nima uchun kitob sovg‘a qilganini bilmas. Ammo men bilaman...

Men va sizga dars:

"Yomon gumon qanchalar yomon!".

~Adham Sharqoviy.

@Bintu_Akhtam
Islom sivilizatsiyasi markazining kichkinagina bir qismini tashladim xolos..

Maslahatim yaqinda ochilganda bir aylanib kelilar, judayam jamiyll joylar ekan
Birovlar bilan band boʼlmang!
Oʻzingiz bilan band boʻling!

Zikringizni qiling, Ilmingizni oshiring,
ALLOH bilan aloqangizni tiklang!
Qalbimizda qancha illatlar bor, topib tuzating!
Qancha oliyjanob axloqlar kasb etilishi kerak, oʻqib oʻrgab kasb eting!
Keyin umuman vaqtingiz boʻlmaydi.

Hozir bir narsaga mashgʻul boʻlingda, oʻtgan kunlaringizga yigʻlaysiz...

©Ustoz Husayn Buxoriy
Bir sevgi qissasi 💫

Saudiya Arabistonidagi zodagon oilalardan birida bir yigit bor edi.
Ayni paytda Pokistonda Qur’on musobaqalarida g‘olib chiqib, tillarda doston bo‘lgan bir qoriya qiz yashardi.

Saudiyalik yigit o‘sha qizning Qur’onni mohirona tilovat qilishi haqida eshitib, unga oshiq bo‘ldi.
U bu haqda otasiga aytganda, otasi:

“U bizning oilamizga to‘g‘ri kelmaydi,” — dedi.

Lekin yigitning muhabbati shu qadar kuchli ediki, otasining gaplariga qaramay, baribir o‘sha qizga uylanishga qaror qildi.
Ota esa:

“Agar u bilan uylansang, seni barcha mol-mulkimdan mahrum qilaman,” — dedi.

Shunday qilib, yigit pokistonlik qoriya ayoli bilan hech narsasiz, faqat muhabbat bilan yangi hayot boshladi.

Oradan yillar o‘tdi…
Mol-mulksiz qoldirgan ota endi bobo bo‘ldi. Farzandlari va nevaralari ko‘p edi.

Bir kuni bobo nevaralari orasida Qur’on o‘qish musobaqasi o‘tkazdi. Ularning orasida yetti yoshli Mohir ismli bolakay shunday tilovat qildiki — hech kim unga teng kela olmadi.

Bobo hayratda qoldi… va nihoyat adashganini tushundi.
U o‘g‘lining tanlovi eng to‘g‘ri tanlov bo‘lganini anglab yetdi.

Aytishlaricha, o‘sha pokistonlik qoriya qiz – Maher Al-Muayqiliyning onasi edi…
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aqshda ham osh yeymiz deyabtilar ustozim😅🤭
Sen yashayotgan shahar qancha katta boʻlsa stresing ham shuncha katta boʻladi. Sen qanchalar kichkinaroq shaharda yashayotgan boʻlsang stresing shuncha kichkina boʻladi. Agar umuman shaharda yashamasdan chekka bir qishloqda, togʻni atroflarida yashasang stresing juda ham oz boʻladi. Shuning uchun dalada ishlaydigan, togʻlarda qoʻy boqib yuradiganlarga havas qilsak boʻladi))

Stress sababli asabi tugagan, feʼli tarang boʻlib ketgan, muammolarni koʻpligidan zerikkan va ularni kamayishini oʻrniga koʻpayib ketayotganini koʻrib ezilib turgan bu zamonni odamlariga namozga shoshilish, masjidga borish vaqti kemadimikin?
"Agar bomdod namoziga uyg‘onish ilk rejang bo‘lmasa, qolgan kun davomidagi rejalaringdan bir ma’no yo‘q. Chunki sening yangi kuning muvaffaqiyatsizlik bilan boshlanadi!".

~Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy
2
G‘azzoliy hazratlari aytadilar:

Faraz qil, bir podshoh senga "Mana bu savatni olib bog‘ga kir. Bu bog‘ juda ko‘p bo‘lmalardan iborat. Har bo‘lmada turli mevalar bor. Savatni xohlagan meva bilan to‘ldir. Naqadar yaxshi meva bilan to‘ldirsang, shu qadar mukofot olursan. Lekin shuni yaxshi yodingda tutginki, bir bo‘lmadan ikkinchi bo‘lmaga o‘tganingdan keyin ortga yo‘l yo‘q. Orqangda qolgan bo‘lmadagi bog‘ga hargiz kira olmassan”.

Sen savatni olib birinchi bo‘lmadagi bog‘ga kirding. U yerdan biror meva olmading-da, ikkinchi bo‘lmaga kirib ko‘rayin-chi, yanada yaxshiroq mevalar bordir, deding. Ikkinchi bo‘lmaga kirding, haqiqatda yanada yaxshiroq ekan. U yerdan ham biror narsa olmay, uchinchisi bundan ham yaxshiroqdir, deb o‘tib ketding. Shu asnoda bo‘lmalardan o‘taverib, oxir-oqibat, eng so‘nggi bo‘lmaga kirib qolding.

Eng oxirgi bo‘lmada esa daraxtlarning qovjirab, qurib qolgan holatiga duch kelding, orqaga esa yo‘l yo‘q. Podshoh esa seni shu bo‘lmadan chiqaverishda kutib turibdi. Savatni bo‘sh ko‘tarib chiqishdan o‘zga chorang yo‘q endi. Bu o‘sha podshohning qonuni edi..

Sen esa afsus-nadomatdan o‘zga narsaga erisha olmading.
Sen o‘tgan umringdagi kunlaringni g‘animat bilmading. Ertaga qilarman deb nafsning aldovi bilan kunlaringni behuda o‘tkazib yubording. Sen badbaxtning ertang hech kelmadi-da. Oxir-oqibat bo‘sh savat bilan o‘limning ostonasiga kelib qolding, aytganimizday, orqaga esa yo‘l yo‘q.


Podshoh bu - Alloh taolodir.
Savat esa bu - nomai a’moling.
Bo‘lmalar esa bu - sening kunlaring.
Mevalar esa bu - sening solih amallaring
.

"Jannat ziynati" kitobidan.

@Bintu_Akhtam
2
Suyanib qolmagin nasl-nasabga,
Nasab nima berdi Abu Lahabga?


Na qul bo‘lish — Bilol bo‘lishga to‘siqdir. Na Payg‘ambar naslidan bo‘lish — Abu Lahab bo‘lishga monedir. Ustunlik faqat taqvo bilandir.
2025/11/07 04:22:29
Back to Top
HTML Embed Code: