Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasida professional sportchilar o‘rtasida tashkil etilgan “PRO TUR” musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va sport sohasining yetakchi vakillari hamda yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.
Musobaqa davom etmoqda, sportchilar maydonga jon-jahdi bilan kirib, raqobat va mahoratlarini namoyish qilmoqda. Turnir professional stol tennischilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish, ularning sport mahoratini baholash va klub tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan, shuningdek, milliy sportning rivojiga hissa qo‘shadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni
Shaxsning erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir
Hech kim qonunda belgilangan tartibdan tashqari hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi yoki ozodligidan mahrum qilinishi mumkin emas. Fuqaro hayoti, erkin harakatlanishi va shaxsiy xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ushbu modda insonning eng asosiy huquqlaridan biri — erkin yashash, o‘z sha’nini himoya qilish va asossiz cheklovlardan xoli bo‘lish – konstitutsiyaviy asosda muhofaza qilinishini belgilaydi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning joriy yil 25-noyabr kuni Samarqandga tashrifi davomida bergan topshiriqlarini sifatli va tezkor bajarish maqsadida viloyatning barcha shahar va tumanlarida vazirliklar hamda davlat tashkilotlari rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Mazkur muloqotlarning bosh maqsadi – biznes faoliyatida to‘planib qolgan real muammolarni aniqlash va ularni joyida hal qilishdir.
🏛 Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyida Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari J. Abdiyev hamda respublika darajasidagi qator rahbarlar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqotda Narpay, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri tadbirkorlari qatnashdi. Ular faoliyatida uchrayotgan bir qator masalalar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdi:
– yer ajratishdagi amaliy to‘siqlarni bartaraf etish;
– eksport faoliyatini kengaytirish;
– kreditlash jarayonlarini soddalashtirish;
– infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish.
📌 Tadbirkorlarning har bir murojaati bo‘yicha mas’ul idoralarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim tizimli muammolar yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

#yangi_yil_pochtasi
Raisga yangi yil maktubi – qalbdan chiqqan samimiyat va moʻjizaga ishonch bilan!
Soliq qoʻmitasi «Raisga Yangi yil maktubi» deb nomlangan ezgu aksiya start olganini maʼlum qiladi.
Aksiyada soliq organlari xodimlarining 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari ishtirok etishlari mumkin.
Yosh ijodkorlarni Soliq qoʻmitasi Raisiga samimiy maktub yozishga chorlaymiz.
Maktubda bolajonlar quyidagilarni yoritishi lozim:
🏆 ushbu yil davomida qoʻlga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari;
👨💼👩🏻💼 soliq xizmatida ishlovchi ota-onasining kasbini oʻzi qanday tushunishi va tasavvur qilishi;
🎁 Yangi yilda qanday sovgʻa olishni orzu qilishi.
✍🏻Maktub albatta qoʻlda yozilgan boʻlishi kerak.
🎨 Rasmlar, bezaklar yoki kichik qoʻl mehnati buyumlari orqali ijodiy bezatishga ruxsat etiladi.
Maktublarni yuborish tartibi
📪Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ishtirok etuvchi bolalar oʻz ishlarini dushanba–juma kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha quyidagi manzilga qogʻoz shaklida topshirishlari mumkin:
Toshkent shahri, 100011, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13-a uy.
📧 Hududlardan yuboriladigan maktublar skaner qilib, [email protected] elektron manziliga yuboriladi.
📅 Maktublar 20-noyabrdan 1-dekabrgacha (soat 13:00) gacha qabul qilinadi.
Qabul yakunlanganidan soʻng ijodiy ishlar maxsus tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
🎁 Natijalar va taqdirlash
20-dekabr kuni eng samimiy va ijodkorona yozilgan maktublar mualliflari tantanali ravishda taqdirlanadi.
⚠️ Komissiya qarori yakuniy hisoblanib, muhokama qilinmaydi va qayta koʻrib chiqilmaydi.
Barcha ishtirokchilarni ushbu aksiyada faol qatnashib, bayramga iliqlik, ijod va quvonch bagʻishlashga taklif qilamiz!

#dayjest
⏳ SOLIQ VAQTI
👉Soliq qo‘mitasi rahbariyati hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashmoqda:
📍Samarqand viloyati;
📍Toshkent viloyati.
👉Qo'mita Raisi soliq organlari faoliyati bilan tanishmoqda:
📍Samarqand viloyati;
📍Jizzax viloyati.
👉Blits-intervyu: soliq to'lovchilarning ma'muriy javobgarligi haqida
👉Iste'molchilarni kontrafakt va soxta mahsulotlardan himoya qilishda raqamli markirovkaning o'rni
👉Mahallardagi soliq inspektorlari faoliyati:
📍Sirdaryo viloyati;
📍Qashqadaryo viloyati.
👉Soliq mobil ilovasiga yangi funksiyalar qo'shildi
👉,,Mening solig'im-yurtim iqboli aksiyalari davom etmoqda:
📍Toshkent shahri;
📍Surxondaryo viloyati.
👉,,Yashil makon" tashabbusida soliqchilar faol ishtirok etmoqda

#дайджест
⏳ SOLIQ VAQTI
👉 Встречи руководства Налогового комитета с предпринимателями
👉Ф.Пулатов провёл рабочие совещания в Самаркандской и Джизакской областях
👉Какая ответственность предусмотрена за нарушение сроков представления налоговой отчетности?
👉Всё о цифровой маркировке
👉Деятельность налоговых инспекторов в махаллях:
📍Сырдарья
📍Кашкадарья
👉Новые функции в мобильном приложении Soliq
👉Акции по повышению налоговой культуры в Ташкенте и Термезе
👉Вклад налоговых органов в озеленение
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
⏳ SOLIQ VAQTI
👉 Встречи руководства Налогового комитета с предпринимателями
👉Ф.Пулатов провёл рабочие совещания в Самаркандской и Джизакской областях
👉Какая ответственность предусмотрена за нарушение сроков представления налоговой отчетности?
👉Всё о цифровой маркировке
👉Деятельность налоговых инспекторов в махаллях:
📍Сырдарья
📍Кашкадарья
👉Новые функции в мобильном приложении Soliq
👉Акции по повышению налоговой культуры в Ташкенте и Термезе
👉Вклад налоговых органов в озеленение
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_olishni_unutmang
🇺🇿 “Mening solig‘im – yurtim iqboli” aksiyasi respublika bo'ylab davom etmoqda!
🎤 Soliq qo‘mitasi Raisi Matbuot kotibi T.To‘rayev:
🎓 Tadbir davomida soliq sohasidagi yangiliklar, islohotlar, soliq to‘lash madaniyati va huquqiy savodxonlik bo‘yicha qizg‘in muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
🇺🇿 “Mening solig‘im – yurtim iqboli” aksiyasi respublika bo'ylab davom etmoqda!
🎤 Soliq qo‘mitasi Raisi Matbuot kotibi T.To‘rayev:
Aksiyaning asosiy maqsadi - aholida, ayniqsa yoshlarimiz orasida soliq madaniyatini, soliq haqidagi bilimlarini yuksaltirish va bu bilan namunali soliq to'lovchilar safini kengaytirishdir.
🎓 Tadbir davomida soliq sohasidagi yangiliklar, islohotlar, soliq to‘lash madaniyati va huquqiy savodxonlik bo‘yicha qizg‘in muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni
Har bir insonning ijtimoiy ta’minot olish huquqi kafolatlanadi
Shaxs qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda yoki qonunda belgilangan boshqa og‘ir holatlarda davlat tomonidan moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Belgilanadigan pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar insonning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan eng kam darajadan past bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu modda jamiyatning har bir a’zosini hayotning turli sinovlarida yolg‘iz qoldirmaslikni ta’minlaydi.

#OITSga_qarshi_kurash_kuni
Qo‘l uzat — hayotni qutqar
1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. Shu bois, jamoatchilikni OITSdan himoya qilish, kasallik haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va stigmani kamaytirish borasida umumiy sa’y-harakatlarimiz muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, har bir insonning o‘z salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘lishi, xavf omillarini bilishi va o‘zini hamda atrofidagilarni asrashga qaratilgan amaliy qadamlar qo‘yishi juda muhim. VICH infeksiyasini erta aniqlash, profilaktik tekshiruvlardan muntazam o‘tish va zamonaviy davolash usullaridan foydalanish kasallikni nazorat ostida ushlashga imkon beradi.
Bugungi kunda VICH bilan yashovchi insonlar to‘liq hayot kechirishlari mumkin. Ularga nisbatan hurmat va qo‘llab-quvvatlash jamiyatning madaniyati va insoniylik darajasini ko‘rsatadi. OITSga qarshi kurash faqat tibbiy yo‘nalish emas — u har birimizning bilimli, ogoh va mehribon bo‘lishimizga bog‘liqdir.

#uchrashuv
Soliq qo‘mitasi raisi vodiy viloyatlarida soliq organlari faoliyati bilan tanishmoqda
Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif buyurib, soliq organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrifning asosiy maqsadi – soliq ma’murchiligida yangi bosqichga o‘tish, tizim samaradorligini oshirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq organlari oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda sun’iy intellekt va raqamli tahlil texnologiyalaridan faol foydalanish orqali nazorat-tahlil jarayonlarini tubdan yangilash va soliq organlari faoliyatini yanada tezkor, aniq va xavfsiz platformalar asosida modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida, soliq bazasini kengaytirishda manzilli yondashuvni joriy etish, tartib-intizomni mustahkamlash, tushumlarni oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

#soliqlar_yurt_tayanchi
Ba’zan biz hayotdagi hamma narsani o‘zgartira olmasligimiz mumkin.
Ba’zan kimningdir taqdirini boshqatdan yozish qo‘limizdan kelmas.
Ammo biz to‘laydigan soliqlar – kimningdir orzusini ro‘yobga chiqarishi, hayotida yangi sahifa va imkoniyat eshigini ochishi mumkin.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni!