Telegram Group Search
Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍242💯2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Foizsiz ssudalar kimlarga ajratiladi?

🟢Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past boʻlgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi.

🟢Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, kambagʻal oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi.

📸 Aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy yordamlardan maqsadli foydalanilishi hamda natijadorligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari va hokim yordamchilari ko‘magida monitoring qilinadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👌1
Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?

Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti.

⌨️ Bu muammo oʻsha vaqtda ishlaganligingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.

Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish haqidagi buyruqlardan koʻchirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz kerak boʻladi.

☝️ Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan boʻshaganingizda doimo tashkilotning kadrlar boʻyicha xodimidan maʼlumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida toʻliq raqamlashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oling.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍275
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛔️#norasmiy_bandlik

Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:

👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;

👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;

👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;

👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz;

👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;

👉O‘zgaruvchan oylik maoshi;

👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat;

👉Karyeraning o‘smasligi.


Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍38🔥3💯31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 1-martdan boshlab yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi

Bunda yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun:

🟢bugungi kunda mehnat faoliyatlarini davom ettirayotgan fuqarolarga mehnat faoliyatlariga oid barcha maʼlumotlarini raqamlashtirib, tekshirib borishlari tavsiya etiladi.

🟢Shuningdek, hozirda ishlamayotgan fuqarolar mehnat daftarchalaridagi maʼlumotlarni tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilgan holda bepul raqamlashtirib olishlari mumkin.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍303👏3
#Buxoro

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov
Buxoro viloyatida tashkil etilgan "Aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish" mavzusidagi ko'rgazmali seminarda ishtirok etib, ayni yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔴Seminar ishtirokchilari dastlab Peshku tumanida boʻlib, dehqonchilik qilish istagida boʻlgan aholiga ajratib berilgan yer maydonlari va u yerda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🥒Romitanlik tadbirkor Azim Rustamov tomonidan 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda sabzavot va poliz ekinlarining koʻchatlari hamda pomidor, bodring yetishtirilmoqda. Issiqxonada 12 nafar ishchining doimiy bandligi taʼminlangan.

Ishtirokchilar Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” qoʻshma korxonasida ham bo‘ldi. Bu yerda qishloq xoʻjaligi texnikalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, koʻchatlar, kambagʻal oilalarga uzoq muddatli kredit asosida beriladigan mahsulotlar taqdimoti oʻtkazildi.

Seminar doirasida hududlardagi loyihalarni o'rganish jarayonlari davom etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda loyihalar yarmarkasi hamda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📍Andijon shahar hokimligida loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank raisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

📢 Yarmarka doirasida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi. Shuningdek, mikroloyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi, ishtirokchilarga imtiyozli kreditlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

▪️Uchrashuv aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida tashkil etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqot Marhamat tumanida tashkil etildi.

🟢Tadbir avvalida mikroloyihalar taqdimoti o‘tkazilib, unda tadbirkorlar imtiyozli kredit va qo‘shimcha imkoniyatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

🟢Shundan so'ng aholi va tadbirkorlarning ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi taklif va muammolari tinglandi.

🟢Ishchi guruh a'zolari mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15😇31💯1
Huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari muhokama qilindi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda 2024-yil davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, kiberxavfsizlik yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlar holati muhokama qilindi.

🔹Unda Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ullarining axborotlari tinglandi.

🔹Muhokama jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi yo‘nalishida muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Ma'lumot uchun:

🔸2024-yil davomida Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan mehnatga layoqatli shaxslarning 1 759 nafari ishga joylashtirildi.

🔸Shuningdek, profilaktik hisobda turgan 9 848 nafar xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashildi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍15😇3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ish faoliyatingiz davomida mehnat huquqlaringiz buzilyaptimi, qayerda kasb-hunar oʻrganishni bilmayapsizmi, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar sizga qiziqmi?

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi shu va shu kabi yoʻnalishlar boʻyicha sizga koʻmak berishga tayyor!

☎️Bizga qoʻngʻiroq qiling (71) 200-06-00

Dam olish kunlarisiz, tunu kun biz sizlarni murojaatlaringizni tinglash va uni ijobiy hal etishga tayyormiz!


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍31👏3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Jamiyatni qayta tikladingiz. Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!
Bu rostdan ham mo‘jiza. Chunki, bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim.


Shahboz Sharif,
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍33😇7🔥2👏2👌2🏆21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahrida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

📌Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 210 ta salohiyatli ish beruvchilar 2,7 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Yarmarkada 700 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning 200 nafari oʻzlariga maʼqul boʻlgan ish oʻrinlariga joylashdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥4
2025/08/24 14:35:37
Back to Top
HTML Embed Code: