Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
Photo
Kogon tumanida paxta defolatsiyasi bo‘yicha seminar bo'lib o'tdi
Kogon tumani B. Naqshband mahallasi hududidagi “Shaxzod Bigland” fermer xo‘jaligining paxta maydonida paxta defolatsiyasi masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i O. Muxtorov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari U.Baymuratov ishtirok etdilar.
Seminarda Buxoro viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, paxta defolatsiyasi jarayonining kechiktirib bo‘lmas muhim agrotexnik chora-tadbir ekanini ta’kidlab, defolyant vositalarining ta’sir mexanizmlari, qo‘llash me’yorlari va xavfsizlik qoidalari, xo‘jaliklarda defolatsiya tadbirlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda mavjud texnika va agregatlarni to‘liq shay holatga keltirish zarurligi yuzasidan tushuntirish berildi.
Seminarda soha mutaxassislari va fermerlar tomonidan berilgan savollarga “Mobetco” kompaniyasi mutaxassislari hamda mas'ul vakillar tomonidan atroflicha javob berilib, dori vositalarining xususiyatlari, qo‘llash texnologiyasi va kutiladigan agronomik samaralar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida paxta defolatsiyasini o‘z vaqtida, meteorologik sharoit va dalalarning fenologik holatini inobatga olgan holda tashkil etish, himoya vositalarini texnik reglamentlarga muvofiq qo‘llash hamda texnikalarni uzluksiz ishlashga tayyor holatda saqlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi. Ishtirokchilarga uslubiy tavsiyalar hamda defolyantlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha eslatmalar tarqatildi. Tadbir yakunlari bo‘yicha monitoring va amaliy ko‘mak ishlari davom ettirilishi ma’lum qilindi.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram | facebook | Youtube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining Kogon tuman bosqichi yakunlandi
Kogon tumanida “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda yosh oilalar kitobxonlik, madaniyat va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi bilim hamda mahoratlarini namoyish etdilar.
Natijalar:
🥇 1-o‘rin — “Sarayon” MFY
🥈 2-o‘rin — “Xo‘ja-Yakshaba” MFY
🥉 3-o‘rin — “Navro‘z” MFY
Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovning asosiy maqsadi yosh oilalarda kitobxonlikni keng targ‘ib etish va ma’naviy-intellektual salohiyatni yuksaltirishdan iboratdir.