Telegram Group Search
📰📰📰📰📰📰📰

✈️ O‘zbekistonda Xitoyning Yinghua xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro maktab ochiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Yinghua Academy Group xalqaro ta’lim tashkiloti rahbari Lin Xiangyang bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta'lim hamkorligini rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Xitoy ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Ikki tomonlama uchrashuvlarda Vuqing tuman hokimi Xu Yingvu so’zga chiqib o'zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.

📊 Ma’lumot uchun: tomonlar mazkur hamkorlik natijasida O‘zbekiston ta'lim muassasalarida ishlash uchun malakali xitoylik pedagoglar va tarbiyachilarni jalb qilishga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Xitoy

O‘zbekiston – Xitoy: yoshlar ta’limi va bandligida yangi bosqich


Pekindagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Yilu madaniy hamda texnologik tajriba akademiyasi o‘rtasida strategik hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Mazkur hujjat o‘zbekistonlik yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlar, xalqaro ta’lim va Xitoy kompaniyalarida istiqbolli bandlik imkoniyatlari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Hamkorlik doirasidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
➡️ Ta’lim dasturlari: 9–11-sinflar uchun kasbga yo‘naltirilgan maxsus dasturlar, ta’lim almashinuvlari, yozgi kasbiy lagerlar va xitoy tilini kasbiy terminologiya bilan o‘rgatish.
➡️ Kasbiy ta’lim: qo‘shma o‘quv dasturlari, ikki diplomli ta’lim tizimi, Xitoydagi professional muassasalarda o‘qish imkoniyatlari, stipendiya va grantlar.
➡️ Bandlik: Xitoy kompaniyalari uchun vakansiyalar bazasi, mehnat yarmarkalari, ishchi vizalarni rasmiylashtirishda ko‘mak, amaliyot va stajirovkalar.
➡️ Malaka oshirish: o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish kurslari, seminar va treninglar, masofaviy ta’lim dasturlari.

❗️Memorandumni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzilib, hamkorlik tizimli ravishda davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni

18-noyabr yurtimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan, milliy g‘urur va umumxalq birligini ifoda etuvchi muqaddas sana hisoblanadi. Aynan shu kuni davlatimiz mustaqilligi, milliy o‘zligi va taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy intilishlarni mujassam etgan Davlat bayrog‘imiz qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i — xalqimizning asriy tarixi, yurtimizning irodasi va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi intilishlarini o‘zida aks ettirgan ulug‘ ramzdir. U mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlik timsoli sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning ajralmas qismidir.

Agentlik jamoasi ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etadi. Davlat ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat har birimizda Vatanga sadoqat, yoshlarda esa barkamol avlod bo‘lib voyaga yetish uchun mas’uliyat va faxr tuyg‘usini mustahkamlaydi.

Ushbu dorilfurug‘ kunda bayrog‘imiz doimo yurt osmonlarida barqaror hilpirab turishini, mamlakatimizga tinchlik, farovonlik va yangi yutuqlar olib kelishini tilaymiz.

🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, Vatanga sadoqat ramzi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab — o‘quvchilar uchun qulay sharoit va yangi imkoniyatlar eshigi


Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhiti yaratilmoqda. Maktabning o‘quv xonalari, laboratoriyalari va infratuzilmasi bugungi talablarga mos ravishda jihozlanib, har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini erkin namoyon qilishi uchun sharoitlar ta’minlangan.

Ta’lim jarayoni chuqurlashtirilgan dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy loyihalar bilan boyitilgan. O‘quvchilar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha puxta bilim olish, yangi ko‘nikmalarni egallash hamda mustaqil fikrlash va tashabbuskorlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MBZUAI — global AI ta’limi markazida xalqaro uchrashuv

Muhammad bin Zayed Sun’iy Intellekt Universiteti (MBZUAI) joriy hafta o‘zining xalqaro “Counselors Weekend” tadbirini o‘tkazdi. Ikki kun davom etgan ushbu nufuzli anjuman dunyo bo‘ylab maktab va kollej maslahatchilarini bir platformada jamlab, universitetning yangi bakalavriat dasturi — BSc in Artificial Intelligence haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etdi.

🚀 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Jamshid Yusupov ushbu xalqaro anjumanda qatnashdi.

Tashrif doirasida quyidagi maqsadlar belgilandi:

➡️ MBZUAI faoliyati, AI yo‘nalishidagi ta’lim yondashuvlari va global hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishish;
➡️ Universitet rahbariyati, xalqaro bo‘limlar va turli davlatlardan tashrif buyurgan ta’lim mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
➡️ O‘zbekiston iqtidorli o‘quvchilari uchun xalqaro ta’lim yo‘nalishlarida yangi hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tadbir davomida ishtirokchilar MBZUAI kampusidagi ilg‘or AI laboratoriyalari, o‘quv dasturlari, talabalarning ilmiy loyihalari va texnologik muhit bilan yaqindan tanishdilar. “Future of College Counseling with AI” mavzusidagi sessiyalar, texnologiya namoyishlari va kampus ekskursiyalari sun’iy intellekt ta’limining global tendensiyalarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.

Dunyoning Top-10 AI universitetlari qatoriga kirgan MBZUAI 2025-yildan boshlab 3+1 modeli asosidagi “Bachelor of Science in Artificial Intelligence” dasturini yo‘lga qo‘ymoqda. Dastur nafaqat AI va kompyuter fanlarini, balki biznes, yetakchilik va ilmiy tadqiqotlarni birlashtiradi. Qabul ko‘rsatkichining 5% dan kam bo‘lishi esa dasturning yuqori talablari va eksklyuzivligini yanada namoyon etadi.

“Counselors Weekend” — MBZUAI’ning global ta’lim hamkorligini kengaytirish va kelajak yosh avlod uchun xalqaro ta’lim yo‘llarini ochib berishga xizmat qiladigan muhim tashabbus bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan “Yaqin Sharqning Stanfordi” sifatida e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Xitoy

O‘zbekiston–Xitoy: Yoshlar uchun kengaytirilgan imkoniyatlar

Pekindagi O‘zbekiston Elchixonasida ta’lim sohasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi vakillari ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.

✔️Ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi:
Xitoylik o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars beradi
Xitoydan malakali pedagoglar yurtimizdagi xitoy tili o‘qitiladigan maktablarga yuboriladi.
O‘zbek o‘qituvchilari uchun zamonaviy treninglar
STEAM, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim platformalari bo‘yicha malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
O‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi
Xitoy tili bo‘yicha qo‘shma loyihalar, almashinuv dasturlari, yangi imkoniyatlar — barchasi yoshlarimiz uchun.
Talabalarga 100+ ta qo‘shimcha kvota
O‘zbekistonlik yoshlar XXR universitetlarida tahsil olish uchun kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Yana bir qator istiqbolli yo‘nalishlar
Ta’limni modernizatsiya qilish, qo‘shma dasturlar yaratish va innovatsion metodikalarni joriy etish.

🌏 Bu kelishuvlar O‘zbekiston–Xitoy ta’lim hamkorligini yangi marraga olib chiqib, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrog’i” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📰📰📰📰📰📰📰
#Xitoy

Bugun Pekinda muhim hujjat — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Xitoyning “Country-Bridge” kompaniyasi o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Pedagoglar tayyorlash markazi — ingliz va xitoy tillarida o‘qituvchilar malakasini oshiradigan zamonaviy ta’lim makoni.
Kasb-hunar ta’limi — Xitoy tajribasi asosidagi texnik o‘quv bazalari, o‘zbek talabalari uchun yangi imkoniyatlar.
Akademik va madaniy almashinuvlar — o‘zaro tashriflar, ilmiy loyihalar, madaniy rishtalarni mustahkamlash.
Innovatsion loyihalar — ilg‘or ta’lim texnologiyalari va yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish.

🗓 Memorandum 5 yil davomida amalga oshiriladigan keng qamrovli loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Bu tarixiy qadam ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni yanada kuchaytirib, O‘zbekiston yoshlari uchun global maydonda yangi eshiklarni ochadi❗️

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/19 02:24:42
Back to Top
HTML Embed Code: