Telegram Group Search
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

Toshkent viloyati bo`yicha 2025-yil yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 8 008 ta korxonalar tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilib, 131,2 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

➡️Batafsil

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling.

😎Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yo'ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo'ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-313-son 21.10.2025-yil.

2026-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga o'rta va past orbitali yo'ldosh aloqa tarmoqlarini O'zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan loyihalar doirasida:

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatilgan xizmatlar QQSdan ozod qilinadi;

🔹markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo'ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig'i va yer solig'idan ozod etiladi;

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatgan xizmatlari uchun foyda solig'idan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari
__________
#новое_в_законодательстве

Операторам спутниковой связи на 5 лет предоставляются налоговые льготы

Принято Постановление Президента "О мерах по внедрению технологий спутниковой связи для расширения охвата связью в отдаленных районах республики".
👉№ПП-313 от 21.10.2025 г.

С 1 января 2026 года сроком на 5 лет в рамках проектов, связанных с организацией средне- и низкоорбитальных спутниковых сетей связи через центральную земную станцию на территории Узбекистана:

🔹услуги, предоставленные операторами сетей спутниковой связи через систему спутниковой связи, освобождаются от НДС;

🔹сооружения телекоммуникаций и их земельные участки, на которых размещены центральные земные станции, терминалы и другие активные устройства инфраструктуры спутниковой связи, освобождаются от налога на имущество и земельного налога;

🔹операторы сетей спутниковой связи освобождаются от налога на прибыль за услуги, оказанные через созданную систему спутниковой связи.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Imkoniyatlar kengaydi: barqarorlik reytingida 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan mezon


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
👉 VMQ-662-son 21.10.2025-yil

Yangi mezonlar:

🔹Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliq summasi soha, hudud, tadbirkorlik toifasi o‘rtachasidan oshishi – 10 ball
🔹Raqamli markirovkalash qoidalariga (ONKM, 2D-skanerlar) rioya etilishi – 5 ball
🔹Dala cheti mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlar ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «e-Fito.uz» tizimiga kiritilgan va samarali deb baholangan bo‘lsa — 10 ball
🔹Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega bo‘lsa — 2 ball
🔹Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortig‘ini o‘rnatganda – 5 ball

Qayta tiklanuvchi energiya samaradorligi:
▫️50 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 5 ball;
▫️30–50 foizgacha bo‘lsa – 3 ball;
▫️10–30 foizgacha bo‘lsa – 1 ball beriladi.

👉 Batafsil

Endilikda, qonunlarga rioya etib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari jami 147 balldan (asosiy mezonlar 100 ball, qo‘shimcha 47 ball) 96 ballni qo'lga kiritib, AAA reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish imkoniyati oshdi.

Ma'lumot uchun. Reyting ma’lumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


O‘ZBEK TILI BAYRAMI


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram |🗳 Facebook |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏓STOL TENNISI BO‘YICHA U-17 O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📆2025-yil 17–22 oktabr kunlari O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi markaziy sport zalida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

🇺🇿Musobaqa davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan yosh sportchilar o‘z mahoratlari, iroda va qat’iyatlarini namoyish etdilar.

1️⃣Natijada Toshkent viloyati jamoasi sportchilari yuqori mahorat va jamoaviy ruhni namoyish etib, har ikki — qizlar hamda o‘g‘il bolalar yo‘nalishida ham munosib natijalarga erishdilar va U-17 O‘zbekiston kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

🏆 Taqdirlash marosimida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bosh kotibi Gavhar Muqaddasova ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga medallar, , esdalik sovg‘alar hamda kuboklarni tantanali ravishda topshirdi.

📈 Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va iqtidorli sportchilar safini kengaytirishga xizmat qildi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram |🗳 Facebook |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi

🔎Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 156-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi

🛫2025- yil 1- sentyabr holatiga Toshkent viloyati bo‘yicha 2025- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 34 715,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ga o‘sdi.

⚡️Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 28 244,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 9,3 % ga to‘g‘ri keldi.

📈Toshkent viloyatining jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 81,4 % ni tashkil qildi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Tadbirkorlar endi mavsumiy faoliyat uchun tutash yer uchastkalarini E-ijara tizimi orqali ijaraga olishlari mumkin


🛫2025-yil 1-oktabrdan boshlab, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun umumiy foydalanishga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha yangi tizim joriy etildi.
🔗VMQ-478-son, 31.07.2025-yil.

Batafsil..

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Kameral tekshiruvi soliq to‘lovchilarning 7,3%ida o‘tkazilgan

2025-yil yanvar-sentabr oylarida davomida Toshkent viloyatida 3 345 ta soliq to‘lovchiga nisbatan o`tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasida 2 947,3 mlrd. so`m tafovut aniqlangan.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi

Ulgurji savdo korxonasi transportsiz avtokran va yuklash xizmati koʻrsatmoqda

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2024-yil iyun oyida yog‘och, qurilish materiallari va sanitariya uskunalari ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Gumbaz” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 785 mln so‘mni tashkil etib, uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatmasdan 2025-yil oktabr oyida rahbarini o'zgartirgan holda, juda qisqa vaqt ichida, ishchilar va transport vositalariga ega bo‘lmasdan 71,9 mlrd so‘m (shundan, QQS — 7,7 mlrd. so‘m) miqdorida transport xizmatlari (avtokran, yuklash xizmatlari) hamda turli mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Предприятие оптовой торговли оказывает услуги автокрана и погрузки, не имея транспортных средств

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Гумбаз" (название изменено) создано в июне 2024 года для деятельности в сфере оптовой торговли древесиной, стройматериалами и сантехническим оборудованием с уставным капиталом 785 млн сумов. Долгое время фактически не осуществляя деятельность, в октябре 2025 года после смены руководителя, при отсутствии работников и транспортных средств, юрлицом оформило ЭСФ на общую сумму 71,9 млрд сумов (в том числе НДС – 7,7 млрд сумов), за оказание транспортных услуг (автокран, погрузочные работы) и реализацию различных товаров.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#hayat_majlisi

Ochiqlik, xolislik va halollik har bir xodimning bosh maqsadi boʻlishi shart

Soliq qoʻmitasi Hayʼatining navbatdagi kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi. Videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda soliq xizmati organlari hamda tizim tarkibidagi tashkilotlar shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yigʻilishda soliq tizimida qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlar oʻrtasida qatʼiy tartib-intizomga rioya etish masalalari tanqidiy tahlil qilinib, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishda soliq organlari faoliyatida qonun ustuvorligini taʼminlash, ochiqlik va halollik tamoyillarini hayotga tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

— “Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda ochiqlik, xolislik va halollik har bir xodimning bosh maqsadi boʻlishi shart. Bu — faqat shior emas, balki faoliyatimiz asosiy mezonidir,” — dedi qoʻmita Raisi SH.Kudbiyev.


Shu bilan birga, soʻnggi oylarda ayrim hududlarda, jumladan, Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida sodir etilgan qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari keskin tanqid qilindi. Bu kabi holatlar tizimning obroʻsiga putur yetkazishi, jamoat ishonchini susaytirishi taʼkidlandi.

Yigʻilishda “Soliq hamkor” axborot moduli orqali kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va qonuniy koʻrib chiqish, ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qonun talablariga amal qilmaslik yoki sustkashlikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar koʻrilishi yuzasidan rasman ogohlantirildi.

"Korxonabay" va "mahallabay" ishlash tizimining samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirish borasida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, ayrim hududiy soliq organlari tomonidan ayni yoʻnalishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani, xususan, xodimlar salohiyatini inobatga olish, adolat va tenglikni taʼminlashdagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, jamoada qatʼiy tartib-intizomga rioya etish, markaziy apparatdan boshlab, joylardagi rahbarlargacha bu boradagi ishlar susaytirib yuborilgani tahlil qilinib, amalga oshirilishi kerak boʻlgan qatʼiy choralar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida qoʻmita raisi oʻrinbosarlari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo inspeksiyasi hamda hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun bir qator mutasaddilarga intizomiy choralar koʻrilib, jiddiy kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
2025/10/25 02:31:27
Back to Top
HTML Embed Code: