Telegram Group & Telegram Channel
#Rasmiy_munosabat

⚡️ Internet tarmog‘ida xorijda go‘yoki “rasmiy diniy ta’lim” olish haqidagi e’lonlarga MUNOSABAT

💻 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarimizni diniy ta’lim olish uchun chet elga chaqirish holatlari kuzatilmoqda.

📲 Xususan, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardagi diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga borishga da’vat etuvchi chaqiriqlar va reklama e’lonlari keng tarqatilayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu e’lonlarda ta’lim maskanlari go‘yoki “qonuniy” yoki “rasmiy” sifatida ko‘rsatilsa-da, amalda ular O‘zbekiston Respublikasi tegishli idoralari tomonidan tan olinmagan hamda o‘sha mamlakatlardagi noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yurituvchi o‘quv markazlari hisoblanadi. Bu o‘rinda “rasmiy diniy ta’lim” iborasidan asosan ko‘proq talabgorlarni jalb etish maqsadida foydalanilmoqda.

❗️ Xavotirli jihati shundaki, bunday chaqiriqlar, ko‘pincha, diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarini singdirish, yoshlarimizni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini o‘zida mujassam etadi.

‼️ Shu sababli, ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotganiga, internetda qanday ma’lumotlarni o‘qiyotganiga va qanday takliflarga javob berayotganiga e’tiborli bo‘lishlari shart!
Shundan kelib chiqib, fuqarolarga rasmiy diniy ta’lim faqatgina O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimdagi ta’lim muassasalarida berilishi, turli shaxslarning targ‘ibotiga uchmaslikni eslatgan holda, diniy bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini ushbu ta’lim muassasalari imkoniyatlari orqali qondirishni tavsiya etib qolamiz.

🔰 Hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida 4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga, 2018-yildan buyon hududlardagi 28 ta “Qur’on va tajvid” kurslarida 77 mingga yaqin fuqaro ta’lim oldi.

📱 Diniy idoraning muslim.tvinternet platformasida barcha yosh toifalari uchun mo‘ljallangan onlayn Qur’oni tajvidi darslari tashkil etilgan.

Shu o‘rnida ta’kidlash lozimki, xorijiy diniy ta’lim muassasalari diplomlari O‘zbekiston hududida diniy sohada faoliyat yuritish uchun asos bo‘lmasligi, ta’limdan so‘ng ishga joylashishda noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

📌 Aziz ota-onalar! Farzandingiz taqdiriga befarq bo‘lmang. Ularga ma’naviy sog‘lom muhitda, mamlakatimizda mavjud xavfsiz ta’lim maskanlarida ilm-u ma’rifat berish — farzandlar kelajagini asrashning eng to‘g‘ri va ishonchli yo‘lidir!

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

😎 www.group-telegram.com/us/oliymahad.comдиний-маърифий канал!

🕸 Oliymahad.uz 😎 Youtube 😎 Facebook 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍7👏4🏆21💯1

group-telegram.com/oliymahad/37392
Create:
Last Update:

BY Олий Маъҳад | Расмий

Share with your friend now:
group-telegram.com/oliymahad/37392

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Although some channels have been removed, the curation process is considered opaque and insufficient by analysts. "This time we received the coordinates of enemy vehicles marked 'V' in Kyiv region," it added. Groups are also not fully encrypted, end-to-end. This includes private groups. Private groups cannot be seen by other Telegram users, but Telegram itself can see the groups and all of the communications that you have in them. All of the same risks and warnings about channels can be applied to groups. The fake Zelenskiy account reached 20,000 followers on Telegram before it was shut down, a remedial action that experts say is all too rare. The SC urges the public to refer to the SC’s I nvestor Alert List before investing. The list contains details of unauthorised websites, investment products, companies and individuals. Members of the public who suspect that they have been approached by unauthorised firms or individuals offering schemes that promise unrealistic returns
from us

Telegram Олий Маъҳад | Расмий
FROM American