Telegram Group Search
#dual_ta’lim

Energota’mir sohasida dual ta’lim tizimi joriy etiladi

“O‘zbekenergota’mir” AJ hamda Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazi o‘rtasida ishlab chiqarish sohalarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, energetika tizimida mehnat faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan ta’lim oluvchilar sohaga oid nazariy bilimlarni kasbiy ko‘nikmalar markazlarida, amaliy jihatdan esa bevosita ishlab chiqarish korxonalarida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlari bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini energota’mir sohasiga joriy etish — malakali kadrlar tayyorlashning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tizim yosh mutaxassislarga kelajakdagi ish joyida haqiqiy ishlab chiqarish tajribasini orttirish, korxonalarga esa o‘z ishiga sadoqatli, kasbiy jihatdan tayyor xodimlarni tanlab olish imkonini yaratadi. Natijada, energetika sohasidagi ta’mirlash ishlarining samaradorligi va sifati yanada oshadi.

Dual ta’lim tizimining joriy etilishi yoshlarni ishlab chiqarish muhitiga tez moslashishiga, korxonaning o‘ziga xos ish jarayonlari, texnikasi va korporativ madaniyatini chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ta’lim oluvchilar malakali ustalar (ustoz-trenerlar) rahbarligida, amaliyot o‘tish uchun maxsus jihozlangan o‘quv maydonchalarida haqiqiy ta’mirlash jarayonlarida ishtirok etadilar. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkonini beradi.

Korxona o‘z navbatida o‘quv dasturlarini shakllantirishda faol ishtirok etib, ta’lim mazmunining energota’mir tizimiga zarur bo‘lgan amaliy talab va standartlarga mos kelishini ta’minlaydi. Talabalarning amaliy ko‘nikmalar kundaliklari hamda o‘quv jarayonidagi yutuqlari markaz va korxona mutaxassislari tomonidan muntazam nazorat qilinadi.


TDTU va bir qator energetika korxonalarida dual ta’lim tizimi joriy qilingan.

—————
#дуальное_образование

В сфере энергоремонта будет внедрена система дуального образования

Между АО «Узбекэнерготаъмир» и Республиканским центром профессиональных навыков подписан меморандум о сотрудничестве в целях широкой пропаганды производственных профессий среди молодежи.

Согласно документу, обучающиеся, желающие продолжить трудовую деятельность в энергетической системе, получат возможность изучать теоретические знания в центрах профессиональных навыков, а практические навыки осваивать непосредственно на производственных предприятиях.

Одним из наиболее перспективных направлений подготовки квалифицированных кадров является внедрение системы дуального образования в сфере энергоремонта в сотрудничестве с центрами профессиональных навыков. Эта система позволит молодым специалистам получить реальный производственный опыт на будущем рабочем месте, а предприятиям — выбрать преданных своему делу, профессионально подготовленных сотрудников.

В результате повысится эффективность и качество ремонтных работ в энергетическом секторе.

Внедрение системы дуального образования способствует быстрой адаптации молодежи к производственной среде, глубокому освоению специфических рабочих процессов, техники и корпоративной культуры предприятия.

Кроме того, обучающиеся принимают участие в реальных ремонтных процессах на специально оборудованных учебных площадках под руководством квалифицированных мастеров (наставников-тренеров). Это позволяет им превращать свои теоретические знания в практические навыки.

Предприятие, в свою очередь, принимает активное участие в разработке учебных программ и обеспечивает соответствие содержания образования практическим требованиям и стандартам, необходимым для системы энергоремонта. Дневники практических навыков студентов и их достижения в учебном процессе регулярно контролируются специалистами центра и предприятия.


В ТГТУ и ряде энергетических предприятий внедрена система дуального образования.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elektr_energiyasi

“Aqlli” elektr hisoblagichlar hech qachon xato hisoblamaydi — HET

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#noqonuniy_holat

Asaka tumanida 1,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, “Oʻzenergoinspeksiya” va huquq-tartibot organlari hamkorligida Andijon viloyatining Asaka tumanida oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Xususan, Asaka tumanining “Amir Temur” MFY hududidagi “V. Y. T.” MCHJ binosida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, korxona egasi A. D. gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, rezina shlang orqali oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan tijorat maqsadida foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzildi va 1 milliard 419 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Jarayonga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#rasmiy_xabar

Elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Bugun, soat 18:13 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Dok-1” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan birga!

Yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlarida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 11-noyabri — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan birga” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Ushbu sana — mehnatkashlar manfaatini himoya qilib, xalq bilan birga 120 yil davomida fidokorona faoliyat yuritib kelayotgan kasaba uyushmalari harakatining yuksak qadriyatlarini ifoda etadi.

🔹 Mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya etishda kasaba uyushmalarining rolini yuksaltirish;
🔹 Ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash;
🔹 Fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — ana shu maqsadlarda o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar jamoalarda mehnatga hurmat, birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va a’zolariga tabrigi

—————

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева активистам и членам профсоюзов Узбекистана

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#tabrik

Hurmatli yoqilg‘i-energetika sohasi kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!


Sizlarni kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, eng ezgu niyatlarimni bildiraman.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan o‘tkazgan uchrashuvda “Kasaba uyushmalari tizimi — mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat va turmush sharoiti, huquq va imkoniyatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi”, deya alohida ta’kidlagan edilar.

Oxirgi yillarda yurtimizda hurmatli prezidentimiz boshchiliklarida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish, kafolatlangan ijtimoiy himoyani ta’minlash bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar yaratildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning, Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi to‘g‘risida” va “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi bu sohada muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti standartlarini qabul qilayotgan eng faol davlatlar safidan joy oldi. O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan hujjatlar soni hozirgi kunda 25 taga yetdi.

Kasaba uyushmalarining ko‘magi bilan jamoalarda mehnat intizomini mustahkamlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish va ishchi-xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga erishilmoqda.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari tashkilotlari sohadagi barqarorlikni ta’minlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning mehnat faoliyati uchun munosib shart-sharoit yaratishda alohida o‘rin tutadi.

Xususan, bugungi kunda O‘zbekiston energetika, neft-gaz hamda geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimida 320 dan ortiq boshlang‘ich tashkilot o‘z safida 200 ming nafardan ziyod a’zoni birlashtirib, ularning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy, huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida ish beruvchilar bilan samarali hamkorlik olib boryapti.
 
Sizlarning fidoyiligingiz, ishga mas’uliyat bilan yondashishingiz, jamoalarda hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz yuksak tahsinga loyiq.

Ishonchim komilki, kasaba uyushmalari faollari va tarmoq tashkilotlari kelgusida ham davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda, mehnatkashlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda va ularning hayot sifatini oshirishda faol ishtirok etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, mehnat faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 
Jo‘rabek Mirzamahmudov,
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vaziri


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik

Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE - School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.


—————
#энергосбережение

Сегодня 11 ноября – Международный день энергосбережения

По инициативе международной экологической сети «Проектная школа по использованию ресурсов и энергии» (SPARE - School Project for Application of Recourses and Energy) 11 ноября объявлен Международным днём энергосбережения.

С целью обозначения этой даты в апреле 2008 года в Казахстане на международном собрании координаторов SPARE было принято соответствующее решение.

В ноябре 2008 года впервые был отмечен День энергосбережения, и этот праздник получил международный статус, поскольку в данном проекте приняли участие около 20 стран.

Основная цель праздника — привлечь внимание общественности к вопросам рационального использования ресурсов и развития возобновляемых источников энергии. Вопрос энергосбережения, имеющий гораздо более глубокий смысл, подразумевает под собой также снижение выбросов в окружающую среду.


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

👎Chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr ta’minotidan uzilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Musordan qarzi borlar elektrdan uzilyapti” sarlavhali xabar e’lon qilinmoqda. Tarmoqlardagi ushbu sarlavha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilib yozilgan.

Avval xabar berganimizdek, chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr ta’minotidan uzilmaydi. Aksincha, chiqindidan qarzdor iste’molchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.

Iste’molchi tomonidan chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq vaqtinchalik cheklov darhol yechiladi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

Parkent tumanidagi gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi natijasida ayrim iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi yuqori bosimli gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada tumanning “Yoshlik”, “Markaziy”, “Guliston” va “Oq tepa” MFYlaridagi 2415 ta aholi va 56 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya-toklash brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik #moddiy_yordam

Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.

💵 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.

🤝 Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

🇺🇿🇨🇳 Energetika vazirligida Xitoyning “China Datang” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoyning “China Datang” kompaniyasi partiya qo‘mitasi kotibi va direktorlar kengashi raisi Lyu Jun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “China Datang” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirayotgani alohida ta’kidlandi.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 263 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu “yashil” stansiya bugungi kunda barqaror energiya ishlab chiqarmoqda. Mazkur loyiha orqali yiliga 575 mln kVt·soat elektr energiya ishlab chiqarilib, 154 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistonda kadrlar malakasini oshirish, energetika sohasida joriy etilayotgan eng ilg‘or tajribalarni mahalliy mutaxassislarga o‘rgatishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, Bo‘ka tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qoshida “Energetika sohasida innovasion texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etilmoqda.

Uchrashuv doirasida Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

—————
#Сотрудничество

🇺🇿🇨🇳 В Министерстве энергетики состоялась встреча с китайской компанией «China Datang»

В Министерстве энергетики Республики Узбекистан состоялась встреча с членами делегации во главе с секретарём партийного комитета и председателем совета директоров китайской компании «China Datang» Люй Цзюнем.

Было особо отмечено, что в сотрудничестве с компанией «China Datang» в Узбекистане реализуются крупные проекты по развитию возобновляемых источников энергии.

В частности, в Букинском районе Ташкентской области введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 263 МВт. Эта «зелёная» станция в настоящее время стабильно производит электроэнергию. Реализация проекта позволит ежегодно вырабатывать 575 млн кВт·ч электроэнергии и экономить 154 млн кубометров природного газа.

Кроме того, компания вносит весомый вклад в повышение квалификации кадров и обучение местных специалистов передовому опыту, применяемому в энергетическом секторе Узбекистана. В частности, при солнечной фотоэлектрической станции в Букинском районе создаётся Совместный научно-исследовательский центр по инновационным технологиям в энергетике.

В рамках встречи были подписаны соглашения о строительстве солнечной фотоэлектрической станции и системы хранения энергии в Букинском районе.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
2025/11/12 02:11:22
Back to Top
HTML Embed Code: