Telegram Group Search
📚 “Til — millatning ko‘zgusi”

🔥Bugun, 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti va Ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

💥Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Yahyo Tog‘a hamda Nurulloh Ostonov mehmon sifatida ishtirok etdilar. Ular o‘z ijodiy faoliyatlari va hayotiy tajribalari haqida talabalar bilan samimiy suhbatlashdilar.

⚡️ Tadbir yakunida mehmonlarga tashakkurnoma topshirildi.

🔥 Shuningdek, talabalar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ona tilimizning bebaho qadriyati, uni asrab-avaylash va rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
1
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🇺🇿21-oktyabr — Davlat tili kuni !

☑️Bugun biz uchun faxrli va tarixiy sana — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun !

🔥Bu kun faqat kalendar sanasi emas, balki millat o‘zligini, madaniyatini, va g‘ururini ifoda etuvchi muhim ramzdir.

Ona tilimiz — ajdodlar merosi, yuragimizdagi iftixor va kelajak avlodlarga eng buyuk boylikdir.
Har bir “salom”, har bir “rahmat”, har bir o‘zbekcha so‘z — bu bizning milliy ruhiymizning nidosidir.


🔘Keling, bugun va har kuni o‘zbek tilida so‘zlashishdan faxrlanaylik. Til — millatning ruhi, millat ruhi esa bizning yuragimizda.

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “Til — millatning ko‘zgusi” tadbirdan videolavhalar

📅 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Raqamli iqtisodiyot fakultetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavhalar.

🌟 Mehmonlar: shoir Yahyo Tog‘a va Nurulloh Ostonov.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
2🔥21
📣 E’tibor, ijodkor va faol talabalar!

⚡️Respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etish uchun jamoamizga ijtimoiy tarmoqlar faol talabalar to'planmoqda.

Agar sizning YouTube, Instagram yoki Facebook sahifangizda ko‘p obunachilar bo‘lsa — demak, aynan siz bizga kerak ekansiz! 💥

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda faolmisiz?
Unda imkoniyatni boy bermang!

👉 Ism, familiya, telefon raqam, ijtimoiy tarmoq nomi, akkaunt nomi va obunachilar soni ushbu malumotlarni
@med1a_work ga yuborishingiz so'rab qolinadi.

🔥 Eng faol ishtirokchilar Respublika bosqichida o‘z iste’dodini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
1
📚 Ochiq dars – innovatsion g‘oyalar maydoni! 🌟

💥Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Majidova tomonidan “Создание проекта и цифрового стартапа” fanidan ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida AT-01 va RI-01 guruh talabalari “Маркетинг и PR в цифровом стартап-проекте” mavzusi asosida “Уникальное торговое предложение” nomli loyihalarini taqdim etib, o‘z startap g‘oyalarini himoya qildilar.

👩‍🏫 Tadbirda “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, talabalar ishlariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🔥 Bunday darslar yoshlarning innovatsion fikrlashini shakllantirish va kelajak startapchilarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
5🤔2
🔥 2025-yil 22-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

⚡️Tadbir tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tyutorlari Sh. Zufarova, S. Ahmedov, R. Xatamov, G. Xolmirzayeva, N. Vohidova, D. Musayeva, U. Abdurahimov hamda AT-51, 52, 54, 55, 56-guruh talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

💥Ma’ruza davomida “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Y. Ilhomova, kafedra professori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi A. Abidov, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor N. Abdurahmonova so‘zga chiqib, davlat tili va milliy qadriyatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, tilimizning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
1
2025/10/23 02:56:35
Back to Top
HTML Embed Code: