Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari – 120-yil xalq bilan” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi rahbariyati hamda viloyat bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat kasaba uyushmasi rahbariyati soʻnggi yillarda viloyat bojxona boshqarmasi va viloyat kasaba kengashi hamkorligida xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida samarali ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Tarixiy sanalar arafasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi” esdalik koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻasi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Yakub Mirzaraximovga topshirildi.

👏5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!
👉 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Kuryerlik joʻnatmalari orqali 1 kg.ga yaqin "gashish" giyohvandlik vositasi yuborilgani fosh qilindi!
Dunyo boʻylab elektron tijoratning ommalashayotgani xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining salmogʻini ham oshirmoqda. Joriy yilning oʻzida respublikamiz bojxonachilari salkam 13 ming tonna joʻnatmalarni bojxona nazoratidan oʻtkazishgan.
Afsuski, joʻnatmalar orqali yuborilayotgan buyumlar va mahsulotlar orasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni joʻnatishga urinishlar ham koʻzga tashlanmoqda.
Eʼtiboringizni Bojxona qoʻmitasining Kontranbandaga qarshi kurashish boshqarmasi, “Toshkent-AERO” IBK tezkor tuzilmalari va “Elektron tijorat” bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan koʻp bosqichli tezkor tadbir tafsilotlariga qaratamiz.
Joriy yilning 30-oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida 31 yoshli fuqaro oʻzining nomiga xorijdan yuborilgan kuryerlik joʻnatmasini qabul qilib olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi. Bu esa bejiz emas edi. Hujjatlarga koʻra, goʻyoki shirinliklar yuborilgani maʼlum qilingan ushbu joʻnatmada aslida 414 gr. ogʻirlikdagi gashish giyohvandlik vositasi yashirilgan edi.
Tezkor tadbir davomida ushbu giyohvandilk vositalarini qabul qilib olishni rejalashtirgan 33 yoshli yana bir fuqaro ham protsessual tartibda ushlandi. Ushbu shaxs istiqomat qilayotgan xonadon va unga tegishli “Spark” avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, bu yerda 47 dona oʻramda 45 gramm “mefedron” giyohvandlik vositasi qonunga xilof tarzda saqlanayotgani maʼlum boʻldi.
Tezkor tadbir davomida Sergeli tumanida ushbu shaxs turli manzillarga muqaddam yashirib chiqqan 10 dona oʻramda jami ogʻirligi 10 gr. “mefedron” yashirilgan joylaridan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
2025-yilning 11-noyabr kuni tezkor tadbirning keyingi bosqichi amalga oshirildi. Bu gal ham Tailanddan goʻyoki shirinliklar yuborilgan kuryerlik joʻnatmasining ichidan 490.5 gr. ogʻirlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi chiqdi.
Mazkur joʻnatmani olib ketishga kelgan 32 yoshli shaxs pochta boʻlimining oʻzida qoʻlga olindi. Tezkor tadbirda mazkur narkotik moddalarni ushbu shaxsdan Sergeli tumanida qabul qilib olayotgan 26 yoshli yana bir fuqaro ham qoʻlga olindi.
Yuqoridagi holatlarni birlashtirib turuvchi umumiylik shundaki - har ikkala holatda ham “gashish” giyohvandlik vositasini internetdagi narkodoʻkonlardan birining kuratori va hozirda Tailandda istiqomat qilayotgan 32 yoshli fuqaro tomonidan joʻnatilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.
Raqamlarga eʼtibor qaratilsa, “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari 2023-2025-yillar davomida aniqlangan 73 ta holatda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali 14 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari, 150 kg.dan ziyod psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olib oʻtishga urinishlarga chek qoʻyishdi.

Bugun Bojxona qo‘mitasida navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan ishchi yig‘ilishda berilgan vazifa va topshiriqlarga qaratildi.
Ta’kidlanganidek, narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-arog‘ aylanmasiga qarshi kurashish qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladi.
Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida bojxona organlari tomonidan 1,6 tonna giyohvandlik vositalari aniqlanib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.
Shuningdek, hisobot davrida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 barobarga ko‘proq, ya’ni 1 tonna psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar aniqlangan.
Qo‘mita Raisi giyohvandlik vositalarini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tanqidiy tahlil qilar ekan, yuqorida keltirilgan raqamlar bilan kifoyalanishga hech qaysi bojxona xodimining haqqi yo‘qligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda Prezidentimizning “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” joriy yil 3 noyabrdagi PF-207-son Farmoni va mazkur hujjat bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi”ning istiqboldagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Mas’ullarga narkolaboratoriyalarni aniqlash ishlarini kuchaytirish, xorijiy tuzilmalar bilan transchegaraviy jinoyatlar, xususan giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish yuzasidan hamkorlikdagi ishlarni jonlantirish hamda narkotik moddalarning internet va ijtimoiy tarmoqlardagi noqonuniy savdosiga qarshi kurashish, bunda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga aloqador barcha shaxslarni (zanjirni) ushlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi bojxona maʼmuriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish va tizimda korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga chek qoʻyishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam davom ettirmoqda!
Agar Siz bojxona organlari faoliyatida korrupsiya yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga duch kelsangiz, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining (66) 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling!
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Ishonch telefonlari” orqali qabul qilish haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida uzluksiz amalga oshiriladi. Bunda murojaat qilgan shaxsning anonimligi kafolatlanadi!
Korrupsiyaga birgalikda chek qoʻyamiz!